Grantlar.uz
82.8K subscribers
7.7K photos
47 videos
14 files
6.39K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Gollandiyada magistraturada tahsil olish uchun to‘liq va qisman grantlar!

Gollandiyadagi Amsterdam ozod universiteti ingliz tilidagi magistrlik dasturlarida oʻqishni xohlovchi xorijlik talabalarga VU Fellowship Programme grant dasturini taklif etadi.

Nomzodlar quyidagilardan birini qoʻlga kiritishi mumkin:
– Kotrakt toʻlovidan toʻliq ozod etiladi va umumiy 5000-10 000 yevro stipendiya.
– Faqat kotrakt toʻlovidan toʻliq ozod etiladi.
– Faqat 5000-10 000 yevro stipendiya.

Arizalar 2023-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi (2024-yil sentabrdan oʻqishni boshlash uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/gollandiya-magistraturada-tahsil-olish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
​​Koreyada ingliz tili sohasida tahsil oling (magistratura)

Seul shahrida
(Janubiy Koreya) joylashgan IGSE oliygohi ingliz tiliga ixtisoslashgan quyidagi magistrlik dasturlarini taklif qiladi:
– MA in TESOL
– MA in ELT Contents Development

Oliygoh xalqaro talabalar uchun 2024-yil uchun qabul boʻyicha onlayn brifing tashkillashtirmoqda.

Qabul boʻyicha brifing (Zoom orqali):
– Kim uchun:
Seulda TESOL boʻyicha magistraturani oʻqishni xohlaganlar uchun
– Vaqti: 2023-yil 26-oktabr, 18:00 (Uzb vaqti bilan)
– Dastur tarkibi:
1) IGSE MA in TESOL dasturi oʻquv haqida maʼlumot
2) Ariza topshirish jarayoni va grantlar
3) Vizaga ariza topshirish
4) Savol-javoblar

☝️Brifingda qatnashish uchun BU YERDA oldindan roʻyxatdan oʻtish lozim (roʻyxatdan oʻtgach, Zoom havolasi email orqali yuboriladi).

Magistraturaga qabul jarayonlari 2023-yil 6-noyabrdan 22-noyabrgacha davom etadi.

Qabul jarayoni, kerakli hujjatlar, grantlar haqida QABUL YOʻRIQNOMASIDA ma'lumot olishingiz mumkin.

Oliygoh talabalari videolari:

👉
Oʻzbekistonlik talaba yigit videosi

👉 Oʻzbekist
onlik talaba qiz videosi

👉
Ugandalik talaba videosi

Universitet kontaktlari:
Email: [email protected]
Telefon: +82-2-6477-5114

Oliygoh veb-sayti l Qabul yoʻriqnomasi
O'qish bepul bo'lgan Berea kollejiga (AQSH) arizalar qabul qilinmoqda

Kollejda faqat bakalavriat dasturlari mavjud.

Kollejning iqtisodiy imtiyozlar:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi)
– 1-yilda bepul turar joy va oziq-ovqat xarajatlari toʻliq, keyingi yillarda qisman qoplanadi.
– Xorijiy talabalar haq toʻlanadigan ish bilan taʼminlandi.

Grantlar.uz jamoasi kollej bo'yicha quyidagi materiallarni tayyorlagan:

👉 Berea kolleji haqida batafsil matnli ma'lumot

👉 Berea kolleji haqida batafsil video ma'lumot

👉 Berea kollejida tahsil olgan o'zbek talaba bilan matnli suhbat

👉 Berea kollejida tahsil olgan o'zbek talaba bilan ovozli suhbat

Navbatdagi qabul 2024-yil 15-yanvargacha davom etadi.

@grantlar
AQSH: ayol-qizlarga bakalavriatda o'qish uchun to'liq grant, bepul turar joy va oziq-ovqat!

AQSHdagi Simmons universiteti bakalavriatda o'qishni xohlovchi nomzodlarga Kotzen Scholarship grantini taklif qiladi.

Bu universitetning bakalavriat kurslariga faqat ayol-qizlar qabul qilinadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt to'lovidan to'liq ozod qilinadi
– Bepul turar joy va oziq-ovqat ta'minlanadi
– O'qish, tadqiqot xarajatlari uchun 3000 dollar mablag'ajratiladi

2024-yil kuzgi semestrda o'qishni boshlash uchun arizalar 2023-yil 1-dekabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/simmons-university-aqsh-bakalavr-kursida-bepul-oqish-turar-joy-taminoti-oqish-xarajatlari-uchun-qoshimcha-3000-aqsh-dollari-miqdorida-yordam-puli/

@grantlar
International Merit Postgraduate Scholarship: Britaniyada magistraturani oʻqish uchun qisman grantlar; joy 125 ta!

Sheffild universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun qisman grantlar taklif etmoqda. Grantlar 2024-yil kuzgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun beriladi.

Grant imtiyozi: Grant kontrakt summasi uchun 5000 funt-sterling chegirma qiladi. Jami 125 nafar talaba ushbu grant bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2023-yil kuz fasli oxiridan 2024-yil 13-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-merit-postgraduate-scholarship-britaniyada-magistraturani-oqish-uchun-qisman-grantlar/

@grantlar
Kanada: Dunyoning 18-raqamli universitetida bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq grant; joy – 37 ta!

Kanadadagi Toronto universiteti tomonidan taklif etiladigan Lester B. Pearson International Scholarship granti ushbu universitetda mavjud istalgan bakalavrlik dasturida 2024-yil kuzgi semestrdan boshlab oʻqish uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi
– Kitoblar olish uchun ketadigan xarajatlar qoplanadi
– Tasodifiy xarajatlar qoplanadi
– 4 yil davomida turar joy xarajati qoplanadi

Arizalar qabuli 2023-yil 30-noyabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kanada-bakalavr-toliq-grant-stipendiya/

Maʼlumot uchun: Toronto universiteti nufuzi boʻyicha Kanadada 1-oʻrinni, dunyoda 18-oʻrinni egallab turibdi.

@grantlar
Dunyoning 7-raqamli universitetida to'liq grant asosida o'qish imkoniyati!

Princeton universiteti
(AQSH) bakalavriatga qabul qilingan va yillik oilaviy daromadi 100 000 AQSH dollaridan kam boʻlgan barcha talabalar toʻliq moliyaviy yordam ajratiladi. Bu yordam jami 1500 ta talabaga ajratiladi.

Oʻzbekistonda deyarli barcha oilaning yillik daromadi 100 000 dollardan kam. Bu Princeton universitetiga qabul qilingan har qanday oʻzbek talaba (bakalavr) toʻliq moliyaviy yordam olishi anglatadi.

Toʻliq moliyaviy yordam imkoniyatlari:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qiladi
– Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi
– Kitoblar va shaxsiy ehtiyojlar xarajati qoplanadi

Qabulning tugash sanalari:
- 2023-yil 1-noyabr
- 2024-yil 1-yanvar

Batafsil👇
https://grantlar.uz/princeton-university-dunyoning-eng-nufuzli-universitetlaridan-birida-bakalavriat-uchun-toliq-grant/

👉 Shu grant asosida o'qiyotgan o'zbek talaba bilan suhbat

@grantlar
Stenford universitetining bakalavriat talabalariga moliyaviy yordam dasturi

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridagi biri – Stenford uninversiteti (AQSH) bakalavriat kurslariga ariza topshirayotganlarga moliyaviy yordam dasturini taklif qiladi.

Moliyaviy yordam shakllari quyidagicha:

– Qabul qilingan talaba oilasining oilaviy daromadi 150 ming AQSH dollaridan kam boʻlsa, talaba kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi.

– Qabul qilingan talaba oilasining oilaviy daromadi 75 ming AQSH dollaridan kam boʻlsa, talaba kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi, bepul turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.

Arizalar qabuli uchun 2 ta dedlayn (qabul muddati) bor:
– Erta qabul: har yili 1-noyabr.
– Odatiy qabul: har yili 5-yanvar.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/stenford-universitetining-bakalavriat-talabalariga-moliyaviy-yordam-dasturi/

@grantlar
Barqaror rivojlanish sohasida yetakchilik boʻyicha bepul kurslar; joy – 500 ta, AQSHga bepul safar qilish imkoniyati!

UPG Sustainability Leadership dasturi insonlar va tashkilotlarni barqaror rivojlanish sohasida ijobiy yetakchilikka chaqiruvchi harakatdir.

Dastur 500 dan ortiq 18-35 yoshli yoshlarga barqaror rivojlanishdagi yetakchilik boʻyicha 2 oylik bepul onlayn kurslarni taklif etadi.

Datsur imkoniyatlari:
– 500 dan ortiq ishtirokchi bepul 2 oylik onlayn kursda ishtirok etadi.
– Ulardan 60 nafar eng munosiblari AQSHdagi 1 haftalik kursda qatnashadi: kursda qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajat qoplanadi.
– Kursni tamomlagan barcha 500 dan ortiq ishtirokchiga sertifikat beriladi.

Arizalar 2023-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/upg-sustainability-leadership-barqaror-rivojlanish-sohasida-yetakchilik-boyicha-bepul-kurslar/

@grantlar
Erasmus Mundus grantiga topshirmoqchi boʻlganlar (topshirayotganlar) uchun maxsus!

@Grantlar_namuna loyihasi Erasmus Mundus boʻyicha toʻliq tartibli mentorlik kursini eʼlon qiladi.

Kursning asosiy jihatlari:
1. Grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi.
2. Hujjatlarni (motivatsiya xati, CV va h.k.) tayyorlashda bevosita maslahat va yordam koʻrsatiladi.
3. Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
4. Suhbatga alohida tayyorgarlik.
6. Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Maʼlumot uchun: Erasmus Mundus dasturi magistraturani Yevropa davlatlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi (oylik stipendiya 1400 yevro, borish-kelish, sugʻurta va boshqa xarajatlar qoplanadi).

Kursni kim olib boradi?

Dastur Erasmus Mundus granti gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
“Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
“Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
“The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).

Dastur mashgʻulotlari Zoom/telegram konferensiyalar, telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Dasturga qatnashish uchun imkon qadar ertaroq roʻyxatdan oʻtish lozim.

Bakalavriatni bitirganlar yoki hozirda bakalavriatning oxirgi bosqichida o'qiyotganlar qatnashishi mumkin.

Oʻqish uchun deyarli barcha sohalar mavjud.

Kurs, uning haqi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @abdulaziz_murtozaev

@grantlar_namuna
Gates Cambridge Scholarships: Dunyoning 2-raqamli universitetida oʻqish uchun 80 ta toʻliq grant!

Bu grantga Kembrij universitetida PhD, magistratura (MLitt) bosqichi yoki 1 yillik aspirantura kurslarida oʻqimoqchi boʻlganlar topshira oladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
– Yillik stipendiya beriladi (12 oy uchun 20 000 funt-sterling).
– Borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi.
– Kiruvchi viza xarajatlari va immigratsion tibbiy yigʻim toʻlovi qoplanadi.
– Farzandi borlar yiliga 11 604 funt-sterling (1 nafar farzand uchun) yoki 16 548 funt-sterling (2 yoki undan koʻp farzand uchun) qoʻshimcha yordam mablagʻi ham olishi mumkin.

Arizalar qabuli 2023-yil 5-dekabr yoki 2024-yil 5-yanvarda tugaydi (qabulning oxirgi muddati dasturga qarab farq qiladi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/gates-cambridge-scholarships-university-of-cambridge/

@grantlar
Dunyoning 32-raqamli universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Britaniyadagi Manchester universiteti buxgalteriya va moliya hamda biznes va boshqaruvga oid 15 ta magistrlik kurslarida oʻqish uchun Alliance MBS grantini taqdim etadi.

Bu grant har yili kuzgi semestrdan oʻqish uchun taklif etiladi va tegishli magistrlik kurslariga ariza topshirganlar avtomatik tarzda ushbu grantda talabgor sifatida koʻrib chiqiladi.

Grant imkoniyati: Grantni qoʻlga kiritganlar kontrakt toʻlovini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi.

Navbatdagi eng yaqin qabul 2024-yil mart-aprel oylarida boshlanadi (2024-yil kuzidan boshlab oʻqish uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-manchester-magistratura-uchun-toliq-grant/

@grantlar
ClimateScience Olympiad 2023: 25 yoshgacha boʻlganlar uchun onlayn olimpiada: mukofot jamgʻarmasi 15 000 dollar; gʻoliblar Dubayga bepul safar qiladi!

Olimpiada onlayn shaklda, 13 ta tilda (ingliz, rus, fransuz, nemis tillari ham bor) boʻlib oʻtadi.

Ishtirokchilar quyidagi 3 kategoriya boʻyicha baholanadi:
– 16 yoshgach boʻlganlar.
– 17-20 yoshlilar.
– 21-25 yoshlilar.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 5000 dollar
– 2-oʻrin: 3000 dollar
– 3-oʻrin: 2000 dollar
– 4-7-oʻrinlarning har biri: 1000 dollar
– 8-10-oʻrinlarning har biri: 500 dollar
– Final bosqichi ishtirokchilari mos ravishda oltin, kumush va bronza medali bilan taqdirlanadi.
– Eng yaxshi 10 ta ishtirokchi Dubayda boʻlib oʻtadigan BMTning Iqlim sammitida qatnashadi.
– Olimpiadaning barcha ishtirokchilariga sertifikatlar beriladi.

Qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddatlari:
- 2023-yil 24-noyabr
- 2024-yil 10-iyun

Batafsil👇
https://grantlar.uz/climatescience-olympiad/

@grantlar
Dunyoning 1-raqamli universitetida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Calerdon Scholarship dasturi har yili 200 nafardan ortiq talabaga Oksford universitetining istalgan magistratura yoki doktorantura dasturida oʻqish uchun toʻliq grant ajratadi.

Grant quyidaglarni oʻz ichiga oladi:
– Kontrakt summasi toʻliq toʻlab beriladi.
– Yillik stipendiya (taxminan 18 000 funt-sterling mqidorida).

Arizalar qabuli 2023-yil dekabr yoki 2024-yil yanvar oyining oʻrtalarigacha davom etadi (dasturga qarab farq qiladi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/angliyada-magistratura-va-doktoranturada-bepul-oqish-uchun-grant-stipendiya-15-000-funt-sterlinggacha-joy-130-ta/

@grantlar
Barcha bosqich talabalari va yaqinda talaba boʻladiganlar uchun biznes rejalar tanlovi: mukofot 2000 Kanada dollari!

Tanlovda istalgan soha/mutaxassilik boʻyicha oʻqiyotgan talabalar va 2023-2024-yil oʻqishni boshlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Biznes reja ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 2000 Kanada dollari (taxminan 1500 AQSH dollari) miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2023-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/biznes-tadbirkorlik-sohasi-talabalari-uchun-tanlov-mukofot-2000-kanada-dollari/

@grantlar
Biopage Storytelling Writing Contest: ingliz tilida insho yozib, 300 dollargacha mukofot yutib oling!

Navbatdagi Storytelling Writing Contest qisqa insholar tanloviga ishlar qabul qilinmoqda.

Insholar ingliz tilida yozlishi va 1000 soʻzdan oshib ketmasligi kerak.

Tanlovda yoshi va davlatidan qatʼi nazar, barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosi gʻolib – 300 dollar;
– Yana 5 nafar eng yaxshi insho mualliflariga 100 dollardan.

Insholar 2024-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/insholar-tanlovi-karantindagi-hayot-haqida-insho-yozib-pul-mukofoti-yutib-oling/

@grantlar
Saudiya Arabistonida VSRP amaliyot dasturi – barcha xarajatlar qoplanadi; oylik stipendiya – 1000 AQSH dollari; joy – 130 ta!

Ushbu dasturga bakalavriatning kamida 3-bosqichida yoki magistraturada oʻqiyotgan talalablar va magistrlik darajasiga ega nomzodlar ariza topshira oladi.

Amaliyot ingliz tilida, 3-6 oy davomida olib boriladi.

Dastur imtiyozlari:
– Viza safar xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 1000 AQSH dollari stipendiya.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
Ijtimoiy va madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniyati.
– Laboratoriyalar va yirik tadqiqot hamda hamjamiyat muassasalaridan foydalanish imkoniyati.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vsrp-amaliyot-dasturi-barcha-xarajatlar-qoplanadi-oylik-stipendiya-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
Summer@EPFL: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada haq toʻlanadigan amaliyot dasturi!

Summer@EPFL dasturi bakalavriat va magistratura talabalariga yozgi taʼtilda Shveytsariyada 2-3 oy davomida amaliyot oʻtash imkonini beradi.

Dasturga qabul qilinganlarga beriladigan imtiyozlar:
– Oyiga 1600 CHF (taxminan 1773 AQSH dollari) miqdorida stipendiya beriladi.
– Safar xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlanadi.

Nomzodlar quyidagi sohalardan biri boʻyicha tahsil olayotgan boʻlishi kerak:
– Kompyuter fanlari
– Kompyuter injiniringi
– Telekommunikatsiyalar
– Elektrotexnika

Arizalar qabuli 2023-yil noyabrda boshlanadi va 2023-yil 4-dekabrgacha davom etadi (2024-yilgi yozgi amaliyot uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/summerepfl-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-uchun-shveytsariyada-xarajatlar-qoplanadigan-amaliyot/

@grantlar
International Excellence Scholarship Program (IES) - barcha yo'nalish va bosqich talabalari uchun Germaniyada almashinuv dasturi!

Dastur bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalariga Germaniyada 1 semestr davomida o'qish hamda amaliyot o'tash imkonini beradi.

Ishtirokchilar uchun 3 xil grant mavjud:
1. To'liq grant: Dasturda qatnashish bilan bog'liq deyarli barcha xarajat qoplanadi, faqat yo'l xarajati qoplanmaydi.
2. Qisman grant plus: Yo'l va sug'urta xarajatlaridan boshqa xarajatlar qoplanadi.
3. Qisman grant: Yo'l, sug'urta va turar joy xarajati qoplanmaydi.

Quyida dasturga oid manbalar bilan tanishishingiz mumkin:

👉 Dastur talablari, imkoniyatlari, hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ma'lumot

👉 Dastur g'olibi bilan ovozli suhbat

👉 Dastur g'olibi bilan matnli suhbat

Arizalar 2023-yil 30-dekabrgacha qabul qilinadi.

@grantlar
IES almashinuv dasturi boʻyicha toʻliq qoʻllanma

Grantlar.uz jamoasi Germaniyada 1 semestr oʻqish va amaliyot oʻtash imkonini beruvchi IES dasturi boʻyicha toʻliq qoʻllanma shakllantirgan.

Qo'llanma tarkibi:

👉 Dastur talablari, imkoniyatlari, hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ma'lumot

👉 Dastur g'olibi bilan ovozli suhbat

👉 Dastur g'olibi bilan matnli suhbat

Ariza topshirish jarayoni haqida video darslar:

👉 1-DARS

👉 2-DARS

Arizalar 2023-yil 30-dekabrgacha qabul qilinadi.

P.S. IESda ishtirokchilar uchun 3 xil grant mavjud:
1. To'liq grant: Dasturda qatnashish bilan bog'liq deyarli barcha xarajat qoplanadi, faqat yo'l xarajati qoplanmaydi.
2. Qisman grant plus: Yo'l va sug'urta xarajatlaridan boshqa xarajatlar qoplanadi.
3. Qisman grant: Yo'l, sug'urta va turar joy xarajati qoplanmaydi.

@grantlar
ECAMPUZ: Ispaniyada oziq-ovqat xavfsizligi va oziq-ovqat mikrobiologiyasi sohasida 2 haftalik oromgoh: xarajatlar qoplanadi!

Dasturda quyidagi universitetlardan birida oziq-ovqatga aloqador yo’nalishda tahsil olayotgan bakalavr, magistr yoki 1-yil tadqiqot olib borayotgan tayanch doktorantlar qatnashishi mumkin:
– Toshkent kimyo-texnologiya instituti
– O‘zbekiston Milliy universiteti
– Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
– Urganch davlat universiteti
– Andijon davlat universiteti

Oromgoh mashgʻulotlari (ingliz tilida) 2024-yil may/iyun oyida boshlanadi va 2 hafta davom etadi.

Manfaatli jihatlar:
– Qatnashish bepul
– Borish va kelish, turar joy va kunlik xarajatlar qoplanadi
– Kichik sayohatlar va koʻngilochar dasturlar
– Olimlar va tengdoshlar bilan tanishish imkoniyati

Arizalar 2023-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ispaniya-oziq-ovqat-xavfsizligi-va-oziq-ovqat-mikrobiologiyasi-sohasida-2-haftalik-oromgoh/

@grantlar