Grantlar.uz
83.6K subscribers
7.49K photos
47 videos
14 files
6.18K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
AQSHning nufuzli Fulbright Student Program dasturi g’olibi bilan suhbat

Navbatdagi suhbatimiz mehmoni — Abduaziz Isakulov.

Abduaziz Isakulov Fulbright Foreign Student Program dasturi bo’yicha AQSHda magistraturani xalqaro huquq sohasida yakunlagan. Shundan so’ng AQSH, Shveysariya, Germaniya kabi davlatlarda o’z ish tajribasini orttirib, hozirda AQSHning Nyu-York shahrida Cardozo School of Law oliygohi doktorantura bosqichida o’z ilmiy ishi bilan shug’ullanmoqdalar.

Suhbatimiz davomida AQSHda o’qish, Fulbright Foreign Student Program dasturi, unga ariza topshirish bosqichlari ham dastur imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lamiz.

Suhbat vaqti: 2023-yil 4-sentyabr 21:00
Suhbat manzili: @Grantlar_namuna telegram kanali

Suhbatimiz yakunida tinglovchilar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin bo’ladi.

@grantlar_namuna
Weidenfeld-Hoffmann Scholarships and Leadership Programme: Oksford universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Bu dastur rivojlanayotgan davlatlardan boʻlgan nomzodlarga Oksford universitetining 41 ta magistrlik kursida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli to’liq qoplanadi.
– Yiliga kamida 18 662 funt-sterling miqdoridagi stipendiya beriladi.

Arizalar 2023-yil dekabr oyi oʻrtalari yoki 2024-yil 5-yanvargacha qabul qilinadi (qabul muddati yoʻnalishga qarab farq qiladi).

Maʼlumot uchun: THE reytingiga koʻra, Oksford universiteti 2023-yilda dunyoning eng nufuzli oliygohlari roʻyxatida 1-oʻrinni egallab turibdi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/weidenfeld-hoffmann-scholarships-and-leadership-programme/

@grantlar
Dunyoning eng nufuzli universitetlarida oʻqish uchun qabul ochiq grantlar

1. Calerdon fondi granti.
Bu dastur har yili 200 nafardan ortiq talabaga Oksford universitetining istalgan magistratura yoki doktorantura dasturida oʻqish uchun toʻliq grant va 18 ming funt-sterling ajratadi.

Oksford universiteti 2023-yil 4-sentabr holatiga koʻra, dunyoda 1-raqamli oliygoh (THE reytingi boʻyicha).

Dasturga arizalar 2024-yil yanvar oyi boshlarigacha qabul qilinadi.

👉 Calerdon granti haqida batafsil

2. Weidenfeld-Hoffmann Scholarships and Leadership Programme dasturi. Bu dastur Oksford universitetidagi (Britaniya) muayyan magistrlik kurslarida toʻliq grant va yillik 16 622 funt-sterling stipendiya asosida oʻqish imkonini beradi.

Oksford universiteti 2023-yil 4-sentabr holatiga koʻra, dunyoda 1-raqamli oliygoh (THE reytingi boʻyicha).

Dasturga arizalar 2024-yil yanvar oyi boshlarigacha qabul qilinadi.

👉 Weidenfeld-Hoffmann Scholarships and Leadership Programme haqida batafsil

3. Gates Cambridge Scholarships dasturi. Dastur Kembrij universitetida (Britaniya) magistratura yoki PhD bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant ajratadi.

Dastur boʻyicha bu yil 80 nafar talabaga grant ajratish rejalashtirilgan.

Kembrij universiteti 2023-yil 4-sentabr holatiga koʻra, dunyoda 2-raqamli oliygoh (QS reytingi boʻyicha).

Qabul 2023-yil yanvar oyi boshlarigacha davom etadi.

👉 Gates Cambridge Scholarships haqida batafsil

4. Knight-Hennessy Scholars dasturi. Dastur mashhur Stenford universitetidagi (AQSH) magistratura va PhD kurslarida grant asosida oʻqish imkonini beradi. Grant kontrakt pulini qoplaydi, oylik stipendiya, borish-kelish uchun aviachipta bilan taʼminlaydi.

Dastur doirasida yiliga 100 nafargacha talabaga grant ajratiladi.

Stenford universiteti 2023-yil 4-sentabr holatiga koʻra, dunyoda 3-raqamli oliygoh (QS reytingi boʻyicha).

Qabul 2023-yil 11-oktabrgacha davom etadi.

👉 Knight-Hennessy Scholars haqida batafsil

5. Princeton universitetining moliyaviy yordam dasturi. Princeton universiteti (AQSH) bakalavriatga topshiruvchi barcha nomzodlarga ularning moliyaviy holatiga qarab, moliyaviy yordam dasturini taklif qiladi.

Oilaviy daromadi 100 ming dollardan kam boʻlgan talabalar oʻqish pulidan ozod qilinadi, bepul turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.

Princeton universiteti 2024-yil 4-sentabr holatiga koʻra, dunyoda 7-raqamli oliygoh (THE reytinggi boʻyicha).

Qabul uchun 2 ta dedlayn mavjud:
– 2023-yil 1-noyabr
– 2024-yll 1-yanvar

👉 Princeton universitetining moliyaviy yordam dasturi

6. KAIST International Student Undergraduate Scholarships dasturi. Dastur Janubiy Koreyadagi KAIST oliygohida bakalavriatda oʻqish imkonini beradi.

Bu grant gʻoliblari kontrakt summasidan ozod qilinadi, oylik stipendiya oladi va tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.

KAIST oliygohi 2023-yil 4-sentabr holatiga koʻra, dunyoda 56-raqamli oliygoh (QS reytingi boʻyicha).

2023-yil 5-sentabrda boshlanadigan qabul 2023-yil 20-oktabrda yakunlanadi.

👉 KAIST International Student Undergraduate Scholarships haqida batafsil

7. Stenford universitetining moliyaviy yordam dasturi. Bu yordam bakalavriat bosqichida oʻqimochi boʻlganlarga moʻljallangan.

Oilaviy daromadi 75 ming AQSH dollaridan kam boʻlgan talaba kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi, bepul turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.

Qabul har yili 1-noyabr yoki 5-yanvargacha davom etadi.

Stenford universiteti 2023-yil 4-sentabr holatiga koʻra, dunyoda 3-raqamli oliygoh (THE reytingi boʻyicha).

👉 Stenford universitetining moliyaviy yordam dasturi haqida batafsil

8. Schwarzman Scholars dasturi. Dastur Xitoyning Tsinghua universitetining magistratura kurslarida grant asosida oʻqish imkonini beradi. Grant Xitoyga borish va kelish, oʻqish, yashash va boshqa xarajatlarni toʻliq qoplaydi.

Dastur doirasida har yili 200 tagacha talabaga grant ajratiladi.

Tsinghua universiteti 2023-yil 4-sentabr holatiga koʻra, dunyoda 16-raqamli oliygoh (THE reytingi boʻyicha).

Qabul 2023-yil 19-sentabrgacha davom etadi.

👉 Schwarzman Scholars haqida batafsil

@grantlar
Erasmus Mundus grantiga topshirmoqchi boʻlganlar (topshirayotganlar) uchun maxsus!

@Grantlar_namuna loyihasi Erasmus Mundus boʻyicha toʻliq tartibli mentorlik kursini eʼlon qiladi.

Kursning asosiy jihatlari:
1. Grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi.
2. Hujjatlarni (motivatsiya xati, CV va h.k.) tayyorlashda bevosita maslahat va yordam koʻrsatiladi.
3. Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
4. Suhbatga alohida tayyorgarlik.
6. Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Maʼlumot uchun: Erasmus Mundus dasturi magistraturani Yevropa davlatlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi (oylik stipendiya 1400 yevro, borish-kelish, sugʻurta va boshqa xarajatlar qoplanadi).

Kursni kim olib boradi?

Dastur Erasmus Mundus granti gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
“Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
“Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
“The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).

Dastur mashgʻulotlari Zoom/telegram konferensiyalar, telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Dasturga qatnashish uchun imkon qadar ertaroq roʻyxatdan oʻtish lozim.

Bakalavriatni bitirganlar yoki hozirda bakalavriatning oxirgi bosqichida o'qiyotganlar qatnashishi mumkin.

Oʻqish uchun deyarli barcha sohalar mavjud.

Kurs, uning haqi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @abdulaziz_murtozaev

@grantlar_namuna
Bugundan qabul boshlandi

Janubiy Koreya: Dunyoning 56-raqamli oliygohida oʻqish uchun toʻliq grant!

Koreyadagi KAIST oliygohi bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga KAIST International Student Undergraduate Scholarships grantini taklif qiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 260 AQSH dollari stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

KAISTga yiliga 2 marta qabul boʻladi. 2024-yilda oʻqishni boshlash uchun qabul muddatlari:
– Erta qabul – 2023-yil 5-sentabrdan 20-oktyabrgacha (oʻqish 2024-yil bahor yoki kuzdan);
– Odatiy qabul – 2023-yil 7-noyabrdan 2024-yil 13-yanvargacha (oʻqish 2024-yil kuzdan);

Grant haqida batafsil👇
https://grantlar.uz/kaist-bakalavr-kursi/

👉 Shu grant g'olibi bilan matnli suhbat

👉 Shu grant g'olibi bilan ovozli suhbat

@grantlar
Ocean Awareness Contest: 11-18 yoshli maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun ijodiy ishlar tanlovi!

Tanlov 6 nominatsiya boʻyicha oʻtkaziladi: vizual san’at asarlari, sheʼriyat, ijodiy yozma ish, video (film), musiqa va raqs, interaktiv va multimedia ishlari.

Tanlovga ishlar 2 kategoriya boʻyicha qabul qilinadi:
– Junior divison – 11-14 yoshlilar kategoriyasi.
– Senior division – 15-18 yoshlilari kategoriyasi.

Mukofot: Har ikkala kategoriyada 6 nominatsiya boʻyicha 5 ta sovrinli oʻrin mavjud boʻlib, gʻoliblar 100 dollardan 1000 dollargacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlovga ishlar 2024-yil 10-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-ocean-awareness-contest-18-yoshgacha-bolgan/

@grantlar
Reagan-Fascell Democracy Fellows Program: AQSHda demokratiyani rivojlantirish boʻyicha 5 oylik amaliyot dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturga demokratiya faollari, jurnalistlar, fuqarolik jamiyati yetakchilari va olimlar (tadqiqotchilar) ariza topshirish mumkin.

Nomzodlardan:
– ish tajribasi yoki
– doktorlik, fan nomzodi yoki shunga teng daraja hamda
– ingliz tilini bilish talab etiladi.

Nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dastur imkoniyatlari:
– Seminar, joylarga safarlar, mashgʻulotlar xarajati qoplanadi
– Yashash, oziq-ovqat, AQSHga borish-kelish xarajati qoplanadi
– Demokratik manbalar markazidan foydalanish imkoni beriladi

Arizalar 2023-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/reagan-fascell-democracy-fellows-program/

@grantlar
📣 Janubiy Koreyaning KONGJU  MILLIY UNIVERSITETIGA 2023-24 yillari uchun qabul e'lon qilindi!

Suhbat asosida talaba bo'ling!

Qabul 2023-yil 12-sentabr 16:00 gacha davom etadi.

📊 VIZA CHIQISH HOLATI: YUQORI

Talablar:
KNU D-4 (koreys til kursi)  2023-yil qishki qabul uchun TOPIK 1/2 va undan yuqori
KNU D-2  Bakalavr, Magistr & PhD yo'nalishlariga 2024-yil bahorgi qabul uchun TOPIK 3/IELTS 5.5 va undan yuqori daraja

Yo’nalishlar:
- Bakalavriat uchun IELTS bilan faqatgina "International Trade" yo’nalishi ochiq.
- Magistr va PhD uchun barcha yo'nalishlar ochiq, ammo darslar 100% ingiliz tilida bo'lmaydi (50/50 ingliz va koreys tilida)

❗️ KNU professorlari quyidagi sanalar bo'yicha viloyatlarga tashrif buyurib, talabalarni suhbat orqali qabul qiladi:

- 2023/09/13:  Samarqand
- 2023/09/14-15: Toshkent

📍Universitet manzili: Kongju shahri

😉 Shoshiling! Vaqt kam qoldi.

Batafsil ma'lumot:
             
📱@silk_road_academy
   
☎️ +998952620505
☎️ +998902839806
        
https://t.iss.one/SilkRoad_Academy5
Germaniya: Musiqa yoʻnalishida magistratura yoki malaka oshirish kurslari uchun stipendiya!

Dastur Germaniya oliygohlarida musiqa yoʻnalishida bakalavriatdan keyingi bosqichlarda tahsil olish yoki malaka oshirish imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– 934 yevro oylik stipendiya
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ
– Oʻqish va tadqiqotlar uchun bir martalik mablagʻ
– Tibbiy sugʻurta

Arizalar 2023-yil 28-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-musiqa-yonalishida-magistratura-yoki-malaka-oshirish-kurslari-uchun-toliq-grant/

@grantlar
International Wildbird Photo Competition: Qushlarni suratga olib, 1500 yevrogacha mukofot yutib oling!

Tanlovda 15 yosh va undan katta barcha qatnashishi mumkin.

Tanlov quyidagi 2 kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:
– 15-17 yoshlilar
– 18 yosh va undan kattalar

Mukofotlar:
– Oliy oʻrin: 1500 yevro
– Har bir turkum gʻolibiga 800 yevrodan
– Yosh iqtidor turkumi gʻolibiga 800 yevro
– Jamoatchilik mukofoti: 500 yevro
– Gʻoliblarning barchasi Fransiyadagi taqdirlash marosimiga taklif etiladi xarajatlar qisman qoplanadi

Suratlar 2023-yil 4-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-wildbird-photo-competition/

@grantlar
Germaniya universitetlarida magistraturani oʻqish uchun DAAD grantlari

DAAD tomonidan taqdim etiladigan “Master Studies for All Academic Disciplines” grantlari deyarli barcha sohalar boʻyicha magistraturani Germaniyada oʻqish imkonini beradi (ingliz yoki nemis tilida oʻqish mumkin).

Universitetni bitirganiga 6 yildan oshmagan yoki 2024-yili bakalavriatni bitiruvchilar ariza berishi mumkin.

Grant imtiyozlari:
– Oyiga 934 yevro stipendiya
– Tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.
– Germaniyaga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
– Oʻqish va tadqiqot xarajatlari uchun bir martalik mablagʻ va boshqalar.

Arizalar 2023-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi. Oʻqish 2024-yil kuzidan boshlanadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniyada-oqish-uchun-daad-grantlari/

@grantlar
“EO Global Wildlife & Natural World Photography Competition” fototanlovida qatnashib, 500 dollargacha mukofot yutib oling!

Tanlovda butun dunyodan suratkashlikka qiziquvchi barcha qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Bosh sovrin – 500 dollar
– Yana 2 ta kategoriya boʻyicha gʻoliblarning har biriga 250 dollardan mukofot

Suratlar 2024-yil 26-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/eo-global-wildlife-natural-world-photography-competition/

@grantlar
University of Helsinki: magistraturada oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya!

Helsinki universiteti (TOP 101) magistraturada oʻqishni xohlaganlar uchun 2 xil grant taklif etadi:
1. Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi va umumiy 10 ming yevro stipendiya beriladi.
2. Faqat kontrakt summasi qoplanadi (50% dan 100% gacha).

Nomzodlar universitetdagi istalgan magistratura kursini tanlashi mumkin.

Universitetda tibbiyot, huquqshunoslik, taʼlim, biologiya, farmatsevtika va boshqa koʻplab yoʻnalishlar mavjud.

Hujjatlar qabuli 2023-yil 1-dekabrdan 2024-yil 3-yanvargacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-helsinki-magistraturada-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
Продолжается набор на 2023 год по льготной цене в Рижский технический университет

Oʼzbek tilida

📝Зачисление без IELTS, только в этом месяце!

Рижский технический университет - это:

• ДИПЛОМ ПРИЗНАН В УЗБЕКИСТАНЕ‼️
• ТОП 10% мира.
• Европейский диплом
• Возможность начать свой бизнес параллельно обучению
• Обучение на английском языке

Подать
заявку: @BC_Consultant
☎️Консультация по телефону: +998931801158
🟣 Директор центра
Grant yutish uchun personal statement’ni qanday yozish kerak?

Quyidagi maqolamizda bu masalani yaxshi va yomon misollar hamda ularga izohlar orqali muhokama qilingan.

Maqolani oʻqish👇
https://grantlar.uz/blog/grant-yutish-uchun-personal-statementni-qanday-yozish-kerak-yaxshi-va-yomon-misollar-va-ularga-izohlar/

@grantlar
SINGA: Singapurda PhD bosqichi uchun toʻliq grant!

Singapurda PhD bosqichida tahsil olish imkonini beruvchi eng nufuzli dastur – SINGA dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Oʻqish toʻliq ingliz tilida boʻladi.

Dastur imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Oyiga 2050 dollargacha stipendiya.
– Joylashib olish uchun bir martalik toʻlov (760 dollar).
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ (1140 dollar).

Arizalar 2023-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/singa-singapurda-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
Bilarmidingiz: deyarli barcha oʻzbek talabalari AQSHning TOP universitetlarida bakalavriatni BEPUL o'qish mumkin

AQSHning koʻplab TOP universitetlarida joriy etilgan moliyaviy yordam tizimi deyarli barcha oʻzbek talabalariga bakalavriatni bepul oʻqish imkonini beradi.

Bugungi postda shunday yordam taklif qiluvchi ayrim universitetlar bilan tanishasiz.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
Central European University: Magistratura kurslari uchun 100% gacha grant va oyiga 1000 yevrogacha stipendiya!

Avstriya va Vengriyada o'quv kampuslariga ega Markaziy Yevropa universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga bir nechta turdagi grantlarni taklif etadi.

Grantlar universitetda mavjud deyarli barcha magistrlik kurslari uchun taqdim etiladi.

Grant turlari va miqdorlari turlicha boʻlib, eng nufuzli grant quyidagi imtiyozlarni beradi:
– Kontrakt summasi uchun 100% gacha chegirma.
– Oyiga 1000 yervo stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/central-european-university-magistratura-kurslari-uchun-100-gacha-grant-va-oyiga-1000-yevrogacha-stipendiya/

@grantlar
Central European University: doktorantura uchun 100% grant va 1680 yevro oylik stipendiya!

Avstriya va Vengriyada o'quv kampuslariga ega Markaziy Yevropa universiteti doktorantura (PhD) bosqichida oʻqishni xohlovchilarga CEU Doctoral Scholarship grantlarni taklif etadi.

Grantlar universitetda mavjud barcha doktorantura kurslari uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 1680 yevro stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/central-european-university-doktorantura-uchun-100-grant-va-1350-yevrogacha-oylik-stipendiya//

@grantlar
Eslatma: FLEX dasturiga qabul 28-sentabrda tugaydi

Grantlar.uz jamoasi FLEX dasturiga ariza topshirayotganlar uchun zaruriy manbalarni tayyorlagan.

Ularni eʼtiboringizga havola qilamiz:

👉 FLEX dasturi haqida batafsil

👉 FLEX dasturiga topshirish bo'yicha qadamma-qadam qo'llanma (3 xil tilda)

👉 FLEX dasturiga oid muhim savollarga javoblar

👉 FLEX gʻolibi bilan ovozli suhbat

👉 FLEX dasturi boʻyicha savol-javob guruhi

Maʼlumot uchun: FLEX dasturi maktabning 9-10-sinf oʻquvchilari va kollej/litseyning 1-kurs oʻquvchilarga AQSHda 1 yil oʻqish imkonini beradi; dasturda qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar toʻliq qoplanadi.

@grantlar
Программа двойных дипломов совместно с Ташкентским транспортным университетом и Московским авиационным институтом!

Eʼlonni oʻzbek tilida oʻqish

📚Начало обучения: Октябрь

Направление «Авиастроение»✈️

👩🏻‍🎓Два документа об образовании: Диплом Ташкентского транспортного университета и диплом Московского авиационного института.

🎓Бакалавриат:
👩🏻‍💻Студенты данной программы будут обучаться 2 года в Ташкенте и 2 года в Москве; по окончанию обучения получат два диплома ведущих вузов России и Узбекистана
🏛Общежитие: предоставляется.
📚Экзамены: математика, физика (дистанционно);
русский язык (в тестовом центре в Ташкенте)

🎓Магистратура:
👩🏻‍💻Студенты данной программы будут обучаться 1 год в Ташкенте и 1 год в Москве; по окончанию обучения получат два диплома ведущих вузов России и Узбекистана
🏛Общежитие: предоставляется.
📚Экзамены: междисциплинарный экзамен (дистанционно)

❗️Приём документов осуществляется до 15 сентября!

Для бесплатной консультации и записи пишите: Telegram

priem.mai.ru | Telegram | Instagram