GrantGO
41.9K subscribers
4.65K photos
142 videos
4 files
6.51K links
GrantGO.uz saytining telegram kanali

Taʼlim grantlari va boshqa imkoniyatlar haqida toʻliq va toʻgʻri maʼlumotlar.

Reklama: @grantgo_reklama

Mentorlik: @mentorgouz

Tadbirlar: @eventgouz
Download Telegram
Talabalar uchun Yaponiyaning Tokio universitetida barcha xarajatlari qoplanadigan 8 haftalik UTokyo Amgen Scholars tadqiqot dasturi

Talablar
— Dasturda biologiya va shunga yaqin sohalardagi bakalavr talabalari qatnasha oladi;
— Nomzodlar yuqori akademik ko'rsatkichlariga ega bo'lishlari kerak va b.

Foydali tomonlari
— G'oliblar Tokio universiteti tomonidan Hongo Kampusiga yaqin joyda joylashgan bepul turarjoy bilan ta'minlanadi;
— 270,000 Yapon iyenasi miqdorida stipendiya beriladi;
— Ishtirokchilarga aviachipta olish uchun alohida mablag' ajratiladi.

Oxirgi muddat
01.02.2025

Batafsil
https://grantgo.uz/go/57994

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #toʻliq_moliyalashtiriladi #Yaponiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
👍1110🔥3🤩3🎉2
Barcha 18-26 yosh oraligʻidagilar uchun AQShda xarajatlari qoplanadigan trening dasturi — Young Leaders Fellowship 2025

Talablar
— Ishtirokchilar o'zlari yashayotgan jamiyatdagi ta'lim, sog'liq yoki iqtisodiy xavfsizlik masalalari bo'yicha muammolarni aniqlay olishi va tushunishi kerak;
— Nomzodlar dastur boshlanish davrida (2025-yil 1-iyun) 18-26 yosh oralig'ida bo'lishlari zarur;
— Ingliz tilida erkin yozish va gapira olish kerak.

Foydali tomonlari
— Xalqaro sayohat xarajatlari qoplab beriladi;
— Turarjoy va kunlik oziq-ovqat bilan ta'minlanadilar.

Oxirgi muddat
10.11.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/39416

#grantlar_va_stipendiyalar #grant #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
👍136🔥4🎉2🥰1
Qabul ochildi!

Bakalavr va magistratura talabalari uchun Shveysariyada barcha xarajatlari qoplanadigan 2 oylik yozgi amaliyot dasturi

Talablar
— Bakalavr yoki magistratura bosqichini kompyuter texnologiyasi yoki shunga yaqin sohada (masalan, elektr muhandisligi, matematika, fizika) o'qiyotgan bo'lishi;
— Kamida ikkinchi kursni tugatgan bakalavrlar qatnasha oladi. Oxirgi kursda o'qiyotgan yoki dastur boshlanishidan oldin o'qishni tugatadigan nomzodlar ishtirok eta olmaydilar.

Foydali tomonlari
— Ishtirokchilar 2 oy davomida yashashlari uchun yaxshi turar-joy bilan ta'minlanadi;
— Shveysariyaga borish va viza xarajatlari ham dastur ma'muriyati tomonidan to'liq qoplab beriladi;
— Har bir talabaga turar-joy va yashash xarajatlarini qoplash uchun stipendiya beriladi.

Oxirgi muddat
16.12.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/05491

#almashinuv_dasturlari #toʻliq_moliyalashtiriladi #Shveysariya

Telegram | YouTube | Mentorlik
👍146🔥1🤩1
Rivojlanayotgan davlatlarning iqtidorli yoshlari uchun Kectil Program dasturi

Talablar
— Eng kam rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardan 17 yoshdan 26 yoshgacha bo'lgan yuqori salohiyatli va yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar qatnashishi mumkin;
— Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim;
— Nomzodlar innovatsiyalarni yaratishga bo'lgan iqtidorini namoyon etgan bo'lishi kerak va b.

Foydali tomonlari
— Dasturda onlayn tarzda va bepul qatnashish mumkin;
— Dunyo bo'ylab iqtidorli yoshlar bilan tanishish va muloqot qilish imkoniyati;
— Mutaxassislar va asosiy yoshlar yetakchilari boshchiligida global miqyosda yoshlar duch keladigan dolzarb muammolarni hal qilish uchun murakkab topshiriqlarga ega bir necha haftalik modullar taqdim etiladi;

Oxirgi muddat
15.11.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/37614

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #mukofot #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
👍165🤩2🔥1
❗️Oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutlariga hujjat topshiruvchilarga:

stajyor-tadqiqotchilik uchun - 1 ta maqola va 2 ta tezis;
PhD uchun - 1 ta maqola va 2 ta tezis;
DSc uchun - 3 ta maqola, 2 ta tezis talab etiladi.
Mustaqil izlanuvchilikka ham ushbu xizmatlar.

⚡️Maqola va tezislar nashriga @scientific_servicess Sizga ko'maklashadi.

Shuningdek, oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutlariga KIRISH IMTIHONLARI fan dasturlarini olish uchun ham @scientific_servicess ga murojaat qilishingiz mumkin.
👍20🤝52👎2🔥2
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. Chevening granti — magistraturani Buyuk Britaniyaning istalgan universitetlaridan birida toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyati
👉 https://grantgo.uz/go/02251


5 kun qoldi:
1. Barcha 18-26 yosh oraligʻidagilar uchun AQShda xarajatlari qoplanadigan dastur — Young Leaders Fellowship 2025
👉 https://grantgo.uz/go/39416


10 kun qoldi:
1. AQShning Wake Forest universitetida bakalavr bosqichini bepul oʻqish imkoniyatini beruvchi The Guy T. Carswell Scholarship grant dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/41065

2. 3-4-kurs bakalavr/magistratura talabalari va bitiruvchilarga Indoneziyada amaliyot qilish imkoniyati — CSIS Internship program
👉 https://grantgo.uz/go/88296

3. 16-45 yosh oralig’idagilar uchun Indoneziyada xarajatlari toʻliq va qisman qoplanadigan forum - Young Economic Forum
👉 https://grantgo.uz/go/24320

4. Rivojlanayotgan davlatlarning iqtidorli yoshlari uchun Kectil Program — 2024 dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/37614

Telegram | YouTube | Mentorlik
👍185🔥1
Qabul boshlandi!

Bakalavr, magistratura va doktoranturani Vengriyada istalgan yo'nalishida to'la moliyalashtirilgan holda o'qish uchun Stipendium Hungaricum Scholarship dasturi

Talablar
— 18 yoshga to'lgan barcha O'zbekiston fuqarolari topshira oladi.

Foydali tomonlari
— O'quv-kontrakt to'lovidan ozod qilinadi;
— Oylik stipendiya: bakalavr, magistratura va darajasi dasturlar uchun €110 dan €450 gacha;
— Bepul yotoqxona yoki turarjoy ijarasi uchun oylik stipendiya beriladi
— Tibbiy sug’urta qoplanadi.

Oxirgi muddat
15.01.2025 18:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/07605

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Vengriya

Telegram | YouTube | Mentorlik
👍21🔥53🎉2🤩2
Markaziy Yevropa universitetida magistratura bosqichini bepul oʻqish va oylik stipendiyaga ega boʻlish imkoniyati — CEU Masterʼs Scholarships grant dasturi

Talablar
— Nomzod bakalavr bosqichini yakunlagan yoki dastur boshlangunga qadar bitiruvchi bo'lishi kerak;
— Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (IELTS 6.5).

Foydali tomonlari
— O'qish kontrakt to'lovi 100% moliyalashtiriladi;
— Tibbiy sug'urtaga ega bo'ladilar;
— Yashash xarajatlari uchun oylik stipendiya bilan ta'minlanadilar.

Oxirgi muddat
05.02.2025 03:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/24289

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Yevropa

Telegram | YouTube | Mentorlik
👍12🔥5🎉52
Talabalar va yaqinda o'qishni bitirganlar uchun yetakchilik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan Aspire Leaders Program dasturi

Talablar
— Butun dunyo bo'ylab talabalar va o'qishni bitirganiga 3 yildan oshmaganlar qatnashishi mumkin;
— Nomzodlar 18 yoshdan 29 yoshgacha bo'lishi hamda magistratura darajasini hali olmagan bo'lishi kerak;
— Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim (intermediate level).

Foydali tomonlari
— Dasturda bepul qatnashish mumkin;
— Barcha uchun 3 bosqichli interaktiv onlayn kurs taqdim etiladi;
— Global miqyosdagi guruhlar o'rtasi jonli muloqotlar o'tkaziladi.

Oxirgi muddat
04.12.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/36483

#onlayn_va_offlayn_kurslar #bepul #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
👍177🔥3👎1👏1
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. Yosh yetakchilar uchun Marokashda toʻliq moliyalashtiriladigan 4 kunlik sammit — Global Change Summit 2024
👉 https://grantgo.uz/go/09563


5 kun qoldi:
1. Germaniyada tasviriy sanʼat, dizayn, vizual aloqa va kino sohasi boʻyicha magistratura, PhD va qisqa muddatli kurslarda oʻqish uchun Study Scholarships (DAAD) grant dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/95788


10 kun qoldi:
1. Ayol-qizlar uchun istalgan yoʻnalish boʻyicha AQShda magistratura, doktorantura, postdoktorantura bosqichida oʻqish uchun grant — AAUW International Fellowships
👉 https://grantgo.uz/go/97885

Telegram | YouTube | Mentorlik
👍101🔥1
18-35 yosh oralig'idagi yetakchi yoshlar uchun xalqaro tanlov — BRICS and SCO Young Leaders Award

Talablar
— Dasturda 18-35 yosh oralig'idagi yetakchi yoshlar qatnashishi mumkin;
— Nomzodlar BRIKS yoki ShHT ga a’zo davlat fuqarosi bo'lishi shart (O'zbekiston ro'yxatda bor);
— Ishtirokchi o'z sohasi bo'yicha loyiha taqdim etishi kerak.

Foydali tomonlari
— Dasturda bepul qatnashish mumkin;
— G'oliblar statuetka, tashkilotchilar brendiga tegishli maxsus buyum (branded merch) va sertifikatlar bilan taqdirlanadi hamda Qozonda o'tkaziladigan taqdirlash marosimiga taklif etiladi.

Oxirgi muddat
15.11.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/99162

#tanlovlar #mukofot #Rossiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
👍204🔥4👏3
16 va undan yuqori yoshdagilar uchun AQShda xarajatlari to'liq va qisman qoplanadigan sammit — Global Business Symposium

Talablar
— 16 yosh va undan yuqori yoshdagi talabalar, biznes mutaxassislari, ijtimoiy rivojlanish sohalari va korporatsiyalarda ishlayotganlar hamda yosh tadbirkorlar qatnashishi mumkin;
— Ishtirokchilar yetakchilik va biznesni boshqaruvini o'rganishga qiziqishi lozim;
— Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim (til bilish sertifikati so'ralmaydi).

Foydali tomonlari
To’liq grant: aviachipta, turarjoy, ovqatlanish xarajatlari qoplanadi;
— Viza uchun maxsus taklifnoma va yordam ko'rsatiladi;
— Yetakchilik va biznes boshqaruvi bo'yicha sertifikat beriladi;
— Dunyoning eng yaxshi va yetakchi murabbiylaridan bilim o'rganish, muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan aloqa o'rnatish imkoniyati.

Oxirgi muddat
10.11.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/29665

#sammit_va_konferensiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
👍254🔥3👏1
Najot Taʼlimdan SMM sohasi bo'yicha 2 oylik kursda bepul o'qish imkoniyati

Talablar
— Dasturda 16-28 yosh oralig'idagi Xorazm, Farg'ona va Samarqand yoshlari qatnashishi mumkin;
— Nomzod Toshkentga kelib ta’lim olish imkoniyatiga ega bo'lishi lozim.

Foydali tomonlari
— G'oliblar Najot Ta’limning Chilonzor filialida 2 oy davomida bepul o'qish imkoniyatini qo'lga kiritadi;
— SMM sohasi bo'yicha chuqur bilimlar beriladi.

Oxirgi muddat
09.11.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/57856

#onlayn_va_offlayn_kurslar #bepul #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
👍29🔥7👎42🥰1
GrantGO
🇺🇸 UGRAD mentorlik kursi 3.0 📣 Ikki yildan beri muvaffaqiyatli tarzda tashkil qilinayotgan UGRAD mentorlik kursimizning yanayam yaxshilangan va individual yondashuvga asoslangan 3.0 mavsumiga start beramiz. 🔥 Kursda har bir o'quvchi imkoniyatlari va hujjatlari…
🔥 UGRAD mentorlik kursida yangilik

💬 Ko'plab qiziquvchilar so'rov va istaklarini hisobga olgan holda UGRAD mentorlik kursini uchun 2 xil paketda taqdim qilmoqchimiz

Essential paketi
— onlayn darslar va
— 4 tagacha individual yordam sessiyalari
— narxi: 749,000 so'm

Basic paketi
— onlayn darslar va
— 2 tagacha individual yordam sessiyalari
— narxi: 549,000 so'm

🤝 Ikkala paket to'lovini ham ikkiga bo'lib to'lash mumkin.

🏷 To'lov bittada qilinganda esa 50,000 so'm chegirma mavjud

Murojaat
💬 @grantgo_mentor

Kursga yozilishga shoshiling! Darslar 15-noyabrdan boshlanadi!

#mentorship #UGRAD #AQSh #exchange

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍198🔥1🤩1🤝1
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

3 kun qoldi:
1. Barcha 18-26 yosh oraligʻidagilar uchun AQShda xarajatlari qoplanadigan dastur — Young Leaders Fellowship 2025
👉 https://grantgo.uz/go/39416

2. 16 va undan yuqori yoshdagilar uchun AQShda xarajatlari to’liq va qisman qoplanadigan sammit — Global Business Symposium
👉 https://grantgo.uz/go/29665

Telegram | YouTube | Mentorlik
👍85🔥4
AQShning Maryville College oliygohida bakalavr bosqichini to'liq grant asosida o'qish imkoniyati — International Diversity Scholarship

Talablar
— Nomzod AQSh fuqarosi bo'lmasligi kerak;
— Universitetda bakalavr darajasida o'qish uchun to'liq arizani taqdim etgan va qabul qilingan bo'lishi kerak;
— Nomzod yuqori akademik yutuqlarga erishgan bo'lishi va kuchli xarakter, yetakchilik salohiyatiga ega bo'lishi kerak va b.

Foydali tomonlari
— Dastur g’olibi 4 yillik o'qish to'lovidan to'liq ozod etiladi.

Oxirgi muddat
15.01.2025

Batafsil
https://grantgo.uz/go/39494

#grantlar_va_stipendiyalar #kontrakt_puli_qoplanadi #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
🔥10👍94🎉3
Nufuzli Xitoy universiteti — Harbin Institute of Technologyda magistratura yoki doktorantura bosqichini to'liq grant asosida o'qish uchun Chinese Government Scholarship dasturi

Talablar
— Nomzod xitoy millatidan bo'lmasligi kerak;
— Magistraturada o'qish uchun bakalavr darajasiga ega bo'lish va 35 yoshdan oshmagan bo'lish; doktoranturada o'qish uchun magistratura darajasiga ega bo'lish va 40 yoshdan oshmagan bo'lish kerak;
— Akademik yuqori koʻrsatkichlarga ega boʻlish kerak va b.

Foydali tomonlari
— Grant sohibi ro'yxatdan o'tish badali, universitetda o'qish to'lovi va yotoqxona to'lovlaridan to'liq ozod etiladi;
— Tibbiy sug'urta uchun har yili $112 beriladi;
— Magistrantlar uchun $420; Doktorantlar uchun $490 oylik stipendiya.

Oxirgi muddat
31.12.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/29184

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Xitoy

Telegram | YouTube | Mentorlik
👍186🔥4🥰1👏1
AQShning Kolumbiya universitetida bir yil davomida toʻliq moliyalashtirilgan holda tadqiqot qilish imkoniyati — Obama Foundation Scholars Program

Talablar
— Nomzod o'z sohasi rivojiga katta hissa qo'shgan yetakchilardan biri bo'lishi lozim;
— O'z jamiyati/ishida yetakchilik o'rniga ega bo'lishi kerak;
— Ingliz tilida ravon so'zlash va yozish qobiliyatiga ega bo'lishi shart va b.

Foydali tomonlari
— AQShga borish-kelish va dastur davomidagi safar xarajatlari to'liq qoplanadi;
— Nyu-Yorkda yashash xarajatlari uchun oylik stipendiyaga hamda tibbiy sug'urtaga ega bo'ladi;
— Kolumbiya universitetining 4 tagacha kursida bepul ishtirok etish imkoniyati beriladi va b.

Oxirgi muddat
17.12.2024 01:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/54317

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #toʻliq_moliyalashtiriladi #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
👍143🔥3🤩2👏1
📢 Grant va Universitetlarga Qabul Bo‘lish Bo‘yicha Darslarga Taklif E’tamiz 📢

Xorijda o‘qish orzusidamisiz? Grant yoki stipendiya orqali ta’lim olishni xohlaysizmi? Bizning maxsus darslarimizga qo‘shiling va
UWC, FLEX, EYUF kabi nufuzli dasturlarga qanday qilib muvaffaqiyatli murojaat qilishni o‘rganing. Shuningdek, Evropa, AQSh va Avstraliya universitetlariga hujjat topshirishning asosiy qoidalarini bilib oling.

Dars davomiyligi: 1 oy
To‘lov: 200 000 so‘m

Siz uchun imkoniyatlar:
• Grant va stipendiyalarga ariza topshirish bo‘yicha to‘liq qo‘llab-quvvatlash
• Universitetlarga hujjat topshirish uchun bosqichma-bosqich yo‘l-yo‘riqlar
• Maxsus onlayn materiallar va foydali resurslar

Dars davomida zarur materiallar taqdim etiladi. O‘qish orzularingizni ro‘yobga chiqarish uchun ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

📲
Qo‘shilish yoki qo‘shimcha ma’lumot uchun bog‘laning: @Siddikov_Alisher
👍22🔥43🤔2🎉1
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. Najot Taʼlimdan SMM sohasi boʻyicha 2 oylik kursda bepul o’qish imkoniyati
👉 https://grantgo.uz/go/57856


3 kun qoldi:
1. Germaniyada tasviriy sanʼat, dizayn, vizual aloqa va kino sohasi boʻyicha magistratura, PhD va qisqa muddatli kurslarda oʻqish uchun Study Scholarships (DAAD) grant dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/95788


5 kun qoldi:
1. AQSHda to'la moliylashtirilgan holda 4 oylik amaliyot o'tash imkoniyatini beruvchi Community Solutions Program o‘quv va amaliyot dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/77854

2. Magistratura va PhD bosqichini oʻqish uchun Yaponiyaning mashhur APU universitetidan toʻliq moliyalashtiriladigan MEXT(UR) granti
👉 https://grantgo.uz/go/07262


10 kun qoldi:
1. Todai Fellowship — Tokio Universitetida doktorantura kurslarida oʻqish uchun oylik stipendiya toʻlanadigan grant dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/41900

Telegram | YouTube | Mentorlik
👍8🔥3🥰31