GrantGO
41.9K subscribers
4.64K photos
141 videos
4 files
6.48K links
GrantGO.uz saytining telegram kanali

Taʼlim grantlari va boshqa imkoniyatlar haqida toʻliq va toʻgʻri maʼlumotlar.

Reklama: @grantgo_reklama

Mentorlik: @mentorgouz

Tadbirlar: @eventgouz
Download Telegram
Yoshlar ishlari agentligidan professional rivojlanishni istaganlar uchun 4 oylik yozgi amaliyot dasturi

Talablar
— Dasturda professional o'sishni istagan yoshlar qatnashishi mumkin;
— Nomzoddan faol, g'ayratli va tashabbuskor bo'lish hamda o'zgarishlar qilishga tayyorlik talab qilinadi.

Foydali tomonlari
— Dasturda bepul qatnashish mumkin;
— Real loyihalarda ishtirok etish;
— Tajribali mutaxassislar bilan yonma-yon ishlash;

Oxirgi muddat
Iloji boricha tez

Batafsil
https://grantgo.uz/go/33532

#amaliyotlar #bepul #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
👍31🔥1312😍4👎2🤩2
Yuqori sinf o'quvchilari va talabalar uchun ekstremizmga qarshi barcha xarajatlari qoplanadigan Youth Against Extremism (YAE) dasturi

Talablar
— Ingliz tilida o'qitiladigan maktab yuqori sinf o'quvchilari yoki universitet talabalari dasturda qatnashishlari mumkin;
— Nomzod ayni damda O'zbekistonda yashayotgan bo'lishi lozim;
— Ekstremizmga qarshi kurashish va bag'rikenglikni rivojlantirish qobiliyatini ko'rsata oladigan nomzodlarga saralash jarayonida ustunlik beriladi;

Foydali tomonlari
— Toshkentdan tashqari hududlardan keladigan nomzodlarning yo'l va turar-joy xarajatlari qoplanadi;
— Ekstremizmga qarshi mutaxassislar tomonidan o'tkaziladigan tanqidiy fikrlash, tinchlikni saqlash, bezorilikni va nafratli nutqlarni to'xtatish bo'yicha uch kunlik seminarlarda bepul qatnashish imkoniyati yaratiladi.

Oxirgi muddat
21.05.2025 22:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/28239

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #toʻliq_moliyalashtiriladi #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
👍157🔥6👎2🎉1🤝1
Bakalavr yoki magistratura talabalari uchun "Ijtimoiy taraqqiyot uchun" tadqiqot ishlari tanlovi

Talablar
— Nomzod O'zbekiston hududidagi oliy ta'lim muassasalaridan birining bakalavriat yoki magistratura bosqichining bitiruvchi talabasi bo'lish kerak;
— Tadqiqot ishi ijtimoiy himoya doirasida bo'lishi zarur.

Foydali tomonlari
— Birinchi o'rin: Noutbuk
— Ikkinchi o'rin: Plaud
— Uchinchi o'rin: Planshet

— Bundan tashqari, g‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarda amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Oxirgi muddat
15.05.2025

Batafsil
https://grantgo.uz/go/14288

#tanlovlar #mukofot #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
🔥12👍104🤩3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Teach for Uzbekistan — turli sоha vakillari uchun taʼlim sohasida ikki yillik professional rivojlanish imkoniyatini beruvchi dastur

Talablar
— Universitet bitiruvchilari bakalavr darajasiga ega bo‘lishi lozim, pedagogik ma’lumotga ega bo‘lish shart emas;
— O‘zbek/rus tilida ravon so‘zlasha olish. Ingliz tilini bilish afzallik beradi;
— Belgilangan maktabda 2 yil ishlay olish;
— 1-iyuldan boshlab 5 haftalik yozgi institutda qatnasha olish kerak.

Foydali tomonlari
— Loyiha davomida barqaror moliyaviy yordam (oylik+ $500 stipendiya);
— Mutaxassislar va metodistlar bilan birgalikda o‘z ta’lim loyihalaringizni yaratish imkoniyati;
— Rasmiy ishga joylashish imkoni;
— Toshkent Xalqaro Westminster Universiteti tomonidan pedagogik malaka oshirish sertifikati

Oxirgi muddat
20.05.2025

❗️ 17-may kuni 2-baholash markazi ish boshlaydi
Shoshiling va keyingi baholash markazi boshlanguncha hujjat topshirishga ulgurib qoling

Hujjat topshirish
https://www.teachforuzbekistan.org/uz/join

Batafsil

https://grantgo.uz/go/03620

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #grant #Oʻzbekiston

Telegram | Sayt
👍13🔥13🤩32🤝1
Qabul muddati uzaytirildi!

AQShning Toshkentdagi elchixonasidan IT sohasiga qiziqqan maktab o'quvchilari uchun xarajatlari qoplanadigan yozgi oromgoh

Talablar
— IT yoki tegishli sohalarga qiziqqan 9 yoki 10-sinf o'quvchilari qatnashishi mumkin;
— Nomzodlar hozirda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg'ona va Nukus shaharlarida istiqomat qilayotgan bo'lishi kerak;
— Yozma va og'zaki ingliz tilini yaxshi bilish lozim;

Foydali tomonlari
— Dastur davomidagi barcha xarajatlar qoplanadi;
— IT sohasi uchun ingliz tili ko'nikmalarini mustahkamlash;
— Kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirish va tengdoshlar bilan aloqa o'rnatish va b.

Oxirgi muddat
15.05.2025

Batafsil
https://grantgo.uz/go/19949

#yozgi_va_qishki_maktablar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
👍1911🔥6😭3😍2
UZINFOCOM tomonidan IT sohasida tajribaga ega bo'lishni istagan ayol-qizlar uchun intensiv amaliyot dasturi

Talablar
— IT sohasiga qiziqqan talaba va bitiruvchi ayol-qizlar qatnashishi mumkin;
— Dasturda oflayn shaklda to'liq ishtirok etish talab qilinadi;
— Tegishli yo'nalish bo'yicha bilim va tajribaga ega bo'lish afzal ko'riladi.

Foydali tomonlari
— Dasturda bepul qatnashish mumkin;
— Yetakchi IT-kompaniya ish muhiti bilan tanishish;
— UZINFOCOM ning ilg'or loyihalarida haqiqiy tajriba o'tash;

Oxirgi muddat
Iloji boricha tez

Batafsil
https://grantgo.uz/go/54422

#amaliyotlar #bepul #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
👍1413🔥5😍4🤝2
IT bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining startap tanlovi — President Tech Award. Bosh sovrin $100 000!

Talablar
30 yoshgacha bo'lgan barcha O'zbekiston fuqarolari qatnasha oladi; jamoa a'zolari soni 3-8 kishi (asosiy yo'nalish uchun) va 3-5 kishi (maxsus yo'nalish uchun)dan iborat bo'lishi lozim.

Foydali tomonlari
— 1-o'rin uchun 100 000 AQSh dollari;
— 2-o'rin uchun 50 000 AQSh dollari;
— 3-o'rin uchun 30 000 AQSh dollari.

Oxirgi muddat
30.06.2025

Batafsil
https://grantgo.uz/go/47684

#tanlovlar #mukofot #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
👍208🔥5🤯5🎉1
Yuqori sinf o'quvchilari va talabalar uchun Toshkent shahrida barcha xarajatlari qoplanadigan munozara musobaqasi - Central Asian Youth Vision Debate Tournament

Talablar
— Tanlovda yuqori sinf (10-11-sinf) o'quvchilari hamda universitet talabalari ishtirok etishlari mumkin;
— O'zbekiston, Markaziy Osiyo davlatlari yoki Afg'oniston fuqarolari tanlovda qatnashishlari mumkin;
— Tanlovda juft, ya'ni ikki kishilik jamoada ishtirok etish lozim.

Foydali tomonlari
— Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikistondan kelgan ishtirokchilar;
— Toshkentdan tashqarida yashaydigan O'zbekiston fuqarolari;
— O'zbekistonda yashaydigan Afg'oniston va Turkmaniston fuqarolari.

Oxirgi muddat
24.05.2025 23:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/96146

#tanlovlar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
👍199🔥8😍2🎉1
16-22 yosh oralig'idagilar uchun media savodxonligini oshirish bo'yicha 3 oylik dastur — CAMLP 2025 program

Talablar
— Dasturda Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, O'zbekiston yoki Turkmanistondan 16-22 yosh oralig'idagi yoshlar qatnashishi mumkin;
— Iyul oyidagi 4 haftalik treninglarda, shuningdek, 2025-yil avgust va sentyabr oylaridagi uchrashuvlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo'lish lozim;
— Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish talab qilinadi;

Foydali tomonlari
— Dasturda bepul qatnashish mumkin;
— Qatnashganlik haqida sertifikat va tavsiyanoma (so'ralgan taqdirda) beriladi;
— Media savodxonligi, jurnalistika, mezinformatsiya va dezinformatsiya haqida bilim olish imkoniyati.

Oxirgi muddat
02.06.2025 08:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/62162

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #bepul #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
👍2617😍8🔥5👏2
Maktab o'quvchilari uchun amaliy fanlar bo'yicha yozgi oromgoh — Summer Science Camp 2025

Talablar
— Dasturda iqtidorli 5-, 6-, 7-. 8-, 9-sinf o'quvchilari qatnashishi mumkin;
— Ishtirokchilar matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi yo'nalishlar bo'yicha bilim olishga qiziqishi kerak.

Foydali tomonlari
— Tanlovdan muvaffaqiyatli o'tganlar dasturda bepul qatnashishi mumkin;
— Matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi yo'nalishlar bo'yicha chuqurlashtirilgan bilim va amaliy ko'nikmalarni egallash imkoniyati;
— Har bir ishtirokchiga sertifikat, esdalik sovg'alari va xalqaro tayyorgarlik uchun imkoniyat beriladi va b.

Oxirgi muddat
31.05.2025

Batafsil
https://grantgo.uz/go/82377

#yozgi_va_qishki_maktablar #bepul #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
16👍8🔥4😍1