GITA - Kuchli ustozlar, baxtli kelajak!
3.05K subscribers
482 photos
209 videos
8 files
710 links
GITA - Mobil Dasturchilar Akademiyasi

Qayerda muvaffaqiyat bo'lsa, o'sha yerda ustoz bor!

🧑‍💻Administrator: @Gitaadmin
📞Telefon: +998-90-808-37-38

👉 @gitarasmlar

Manzil: Toshkent sh. Yunusobod tumani, Anor Plaza 4-qavat.
Mo'ljal: Shaxriston metrosi
Download Telegram
☪️ Assalomu alaykum bo’lajak dasturchilar!

Men Qudrat Abdurahimov 1997 yildan beri dasturlash bilan shug'ullanaman.

✳️ 2006 yil “Dasturchiga qo’llanma” nomi kitobcha yozganman. 2009 yilda esa 2 qisimdan iborat “Pascal va Delphi'da dasturlash asoslari” nomli video kurs ishlab chiqdim.

✳️ Dasturlashga qiziquvchilar dastur.uz sayti orqali bu video kursni xarid qilib o’rganishgan. Xozirgi kungacha bu video kurs 120 000 so’mdan sotilayotgan edi.

Coronavirus sababli yurtimizda vaqtinchalik karantin e’lon qilindi. Shunday sinovli davrda bir – birimizga yelkadosh bo’lish maqsadida, jamoamiz bilan kelishgan holda, “Pascal va Delphi'da dasturlash asoslari” video kursini MUTLAQO BEPUL tarqatishga qaror qildik.

✳️ Shu maqsadda, ijtimoiy tarmoqlarda o'z sahifa va kanallarimizni yo'lga qo'yib, ular orqali o'zimizda bor bilim va tajribamizni sizlar bilan baham ko'rmoqchimiz.

@pascal_delphi
👍101🔥1
💟 Aziz ustozlar sizning yordamingizga muhtojmiz!

Kanalim orqali siz aziz o'quvchilarimizga dasturlash va informatika sohasida foydali darslar va ma'lumotlarni tashkil qilish niyyatidamiz. Aslida bu ishni o’zimiz amalga oshirishimiz imkonsiz. Bu borada, barcha informatika o’qituvchilari va dasturchilarni hamkorlikka chaqirib qolamiz.

✳️Zar qadrini zargar biladi” degan gap bejizga emas. Ya'ni, dasturlash o'zi nima? Dasturlashni o’rganish nima uchun kerak? Bugungi kunda dasturlashning ahamiyati qanday ekanligini, yoshlarimizga tushuntirishda informatika fani o’qituvchilarining xizmati juda katta bo’ladi.

✳️ Shuni e'tiborga olib, informatika fani o’qituvchilarimizni, IT sohasi haqida qiziqarli maqola va fikr mulohazalarini ham ushbu kanallar orqali berib, borishni rejalashtirdik.

✳️ Bundan tashqari, dasturlash sohasida yaxshi natijalarga erishgan yoshlarimizning yutuqlari haqida ham ma'lumot berib borish niyatidamiz.

PS: O’zbekiston kelajagi buyuk davlat, inshaAlloh bu kelajakni birgalikda quramiz.

@pascal_delphi | Biz bilan aloqa!
3👍2🔥1
💟 Yosh programmistlarni qiziqtiradigan ko'p savollarga javobni "Dasturchi bo'lishni xohlaysizmi?" nomli maqolalar jamlangan elektron dasturda o'qishingiz mumkin.

✳️ Bu maqolalar quyidagi mavzularni o'z ichiga oladi:

1. Dasturchi bo'lishni xohlaysizmi?
1.1. Dasturlash bilan shug'ullanishdan oldin nimalarni bilish kerak?
1.2. Qaysi dasturlash tilini o'rgansam ekan?
1.3. Faqat Universitetda o'qigan talabalar dasturchi bo'lishadimi?
1.4. Dasturlashni kimdan va qayerda o'rgansa bo'ladi?
2. Qudrat Abdurahimov va uning loyihalari
3. Dunyodagi eng boy odamlar
4. Ideal ish nima?
5. Talabalarim ishlaridan namunalar
6. Siz dasturchi bola olasizmi?
7. Muvaffaqiyatga erishish sirlari
8. Talimda muvaffaqiyat

⬇️ Elektron maqola dasturini ko'chirib oling: https://bit.ly/2UMWZ8z

@pascal_delphi
👍4🔥1