Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
18.9K subscribers
41.2K photos
891 videos
4 files
38.9K links
O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/

Tahririyat:
@GazetauzMuloqotBot
+998 78-333-10-15

Reklama:
@AfishaMedia_Alisher
+998 99-923-55-15

Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16

Kiril alifbosidagi kanal:
@gazetauz_uzb
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2024-yilgi saylovlar aralash saylov tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladi

Aralash saylov tizimi o‘zi nima ekani, bu yilgi saylovlar qanday o‘tkazilishini bilmoqchi boʻlsangiz, videoda batafsil ma’lumot olish mumkin.

Telegram | Instagram | Youtube

Reklama huquqlari asosida.
Chilonzor tumanidagi besh nafar shaxs “Oltin markazi” avtoturargoh nazorati xodimlari bilan janjallashdi. Ular protsessual tartibda ushlangan va jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/24/case/

Telegram | Instagram | YouTube
Automotive Exhibition 2024 — avtomobilsozlik tadbiri boʻlib, tadbirkorlar va biznes egalari uchun keng imkoniyatlarni taqdim etadi. Ushbu tadbirda 400 dan ortiq kompaniyalar 25 ming kv. m. maydonda so‘nggi mahsulot va xizmatlarni namoyish etadi.

Ko‘rgazma 23 va 25-sentabr kunlari “O‘zekspomarkaz”ida bo‘lib o‘tadi, u yer avtomobil egalari, tadbirkorlar-u avtoblogerlar bozor yetakchilari bilan uchrashadigan qimmatli netvorking maydoniga aylanadi. O'tgan yili ushbu tadbirga 18 ta mamlakatdan 12 mingga yaqin mehmon tashrif buyurgan, ijtimoiy tarmoqlarda esa 5 milliondan ortiq kishi qamrab olingan.

Joyni quyidagi telefon orqali band qilish mumkin: (+998) 55-515-01-01.

Reklama huquqlari asosida.
O‘zbekiston prezidenti mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/24/unvon/

Telegram | Instagram | YouTube
2−4-oktabr kunlari Toshkentda IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Uning mavzusi: “Inklyuziv kreativlik: o‘zgargan voqelik”. Kreativ iqtisodiyot sohasidagi vazirlar uchrashuvi, kreativ iqtisodiyotga bag‘ishlangan ko‘rgazma va boshqa bir qator tadbirlar rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/24/creative-economy/

Telegram | Instagram | YouTube
Telegram asoschisi Pavel Durov Parijdagi aeroportda hibsga olindi. Fransuz OAV u Telegramʻda yetarlicha moderatsiya yoʻqligi ortidan kelib chiqqan giyohvand moddalar savdosi, bolalarga qarshi jinoyatlar va firibgarlikda ayblanayotgani haqida yozmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/25/pavel-durov/

Telegram | Instagram | YouTube
O‘zbekistonning moliyaviy ko‘magida Mozori Sharifda ming talabaga mo‘ljallangan madrasa qurilishi boshlandi. Loyiha uchun 6 mln dollar ajratilgan bo‘lib, obyekt bir yil ichida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/25/madrasa/

Telegram | Instagram | YouTube
Yangiyo‘l tumanida ichimlik suvidan noqоnuniy foydalangan korxona rahbari 5 yil 1 oyga qamaldi. Uning firmasi tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulangani oqibatida davlatga 295 mln so‘m zarar yetgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/25/suv/

Telegram | Instagram | YouTube
Prezident Mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotladi. Ular orasida vazirlar, viloyat va tumanlar hokimlari, agentlik va aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlari hamda boshqa amaldorlar ham bor. Ro‘yxat.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/25/medal/

Telegram | Instagram | YouTube
Iyul oxirida Nukus tomon piyoda yo‘lga chiqqan oltinko‘llik Shohjahon O‘razaliyev o‘ziga xos shov-shuvga aylandi. U uch haftada Samarqandga yetib keldi, bu vaqt ichida undan ilhomlangan “piyoda sayohatchilar” paydo bo‘ldi, Instagram’idagi obunachilari esa 370 mingdan oshdi. “Gazeta.uz” uning hikoyasini havola qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/25/why-shoha/

Telegram | Instagram | YouTube
23−25-avgust kunlari Toshkent viloyatining Parkent tumanida “Uzum sayli” xalqaro festivali o‘tdi. 400 ming atrofida mahalliy va chet ellik sayyoh qatnashgani aytilayotgan tadbir qanday o‘tgani — “Gazeta.uz” fotoreportajida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/26/uzum-sayli/

Telegram | Instagram | YouTube
Prezident Mustaqillik kuni arafasida harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotladi. Ular orasida ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov va Oliy sud raisi Baxtiyar Islamov ham bor. To‘liq ro‘yxat.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/26/mukofot/

Telegram | Instagram | YouTube
Telegram Pavel Durovning Fransiyada hibsga olinishiga izoh berarkan, ushbu platformadagi suiiste’molliklar uchun platforma yoki uning egasi javobgar ekani haqidagi da’volarni absurd deb atadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/26/telegram/

Telegram | Instagram | YouTube
Rossiyaning Sankt-Peterburg, Moskva, Novosibirsk va Qozon shaharlarida qarovsiz qolib ketgan 31 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/26/children/

Telegram | Instagram | YouTube
Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun (31-avgust-3-sentabr) dam oladi. 4-sentabrdan barcha yana ishga qaytadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/26/dam-olish/

Telegram | Instagram | YouTube
Qozog‘istonda amakisi tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchragan 12 va 17 yoshli o‘zbekistonlik opa-singil vatanga qaytarildi. Qizlarning opasini ularga vasiy etib belgilash ishlari ketmoqda. Erkakka nisbatan dastlabki tergov tamomlanib, materiallar sudga yuborildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/26/violence/

Telegram | Instagram | YouTube
O‘zbekistonga hafta o‘rtasida nisbatan salqin havo kirib kelib, harorat 2−3 darajaga pasayadi: kunduzi +27…+30, janubda +35 darajagacha bo‘ladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Jumadan harorat asta-sekin ko‘tarilishni boshlaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/26/weather/

Telegram | Instagram | YouTube
Bo‘stonliq tumanidagi Katta Chimyon tog‘iga chiqib, yo‘ldan adashib qolgan uch nafar fuqaro FVV xodimlari tomonidan qutqarildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/26/lost/

Telegram | Instagram | YouTube
O‘zbekistonda Umra mavsumi 10-sentabrdan boshlanadi. Ziyoratchilar Madinada 3 kun, Makkada esa 7 kun bo‘ladi. Umra xizmatlari narxi bir kishi uchun 16,6 mln so‘m, biroq Haj-Umra markazi narxlar o‘zgarishi mumkinligini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/26/umra/

Telegram | Instagram | YouTube
O‘zbekiston parlament saylov uchastkalari 39 mamlakatda tashkil etiladi. Ulardan eng ko‘pi Rossiyada — yettita, Qozog‘iston va Xitoyda — uchtadan bo‘ladi. 7 mamlakatda ikkitadan, 29 mamlakatda bittadan uchastka ochiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/26/elections/

Telegram | Instagram | YouTube
O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Asialuxe Travel turoperatori chegirmalar bilan Antaliyaga arzon sayohatlarni taklif etadi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/26/asialuxe-travel/