Frontend
3.45K subscribers
382 photos
53 videos
23 files
364 links
Barchasi Frontend dasturlash haqida!

- So'nggi yangiliklar
- Eng yaxshi resurslar
- Intervyu savol - javoblar

Vakansiyalar: @frontendVacancy

Reklama va hamkorlik: @jaydariX
Download Telegram
Agar siz 2025-yilda Frontend Dasturchi bo'lishni maqsad qilgan bo'lsangiz, bu maslahatlar sizga ancha yordam beradi ๐Ÿค

- JavaScript, HTML va CSS ni o'rganish - bu web-dasturlashning asosiy texnologiyalari va bu sohaga aloqador so'nggi yangiliklardan xabardor boโ€™lib turing.

- React, Vue.js, Angular kabi zamonaviy frontend freymvorklari va kutubxonalari bilan tajriba orttirish. Murakkab, dinamik foydalanuvchi interfeyslarini yaratish uchun bu juda muhim.

- Testing, deployment va performance optimization ga oid ko'nikmalarni rivojlantirish. Bular hozirda murakkab ilovalar ishlab chiqarish uchun muhim omillar hisoblanadi.

- Frontend dasturlash ko'nikmalaringizni namoyish etadigan loyihalar portfelini yaratish. Bu ish topish uchun sizga ancha yordam beradi.

- Frontend sohasi bilan bog'liq yangi tendensiyalar va texnologiyalar haqida xabardor bo'lib turish. Ular tez-tez o'zgarib turadi, shuning uchun doimiy o'rganish va moslashish kerak bo'ladi.

Va albatta communitylarda faol bo'ling, bu sizga qo'shimcha tarzda soft skill larni oshirishga yordam beradi va o'rganishingizni tezlashtiradi.

@shahzodcodes
๐Ÿ”ฅ14๐Ÿ‘5
Frontend
@shahzodcodes
Sizlarga Uzum.uz kompaniyasining Frontend Team Lead lavozimida ishlovchi professional dasturchining Telegram kanalini tavsiya qilaman! ๐Ÿ˜

U yerda siz:
โœ… Frontend texnologiyalarining amaliy qo'llanmalari;
โœ… Zamonaviy freymvorklar va kutubxonalar (React, Vue.js, Angular) bo'yicha tajribalar;
โœ… Performance optimization, testing va deployment bo'yicha qimmatli maslahatlar;
โœ… Dasturlashda kerakli soft skill larni rivojlantirishga oid tavsiyalarni topasiz.

Kanal manzili ๐Ÿ‘‰ @shahzodcodes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ‘8๐Ÿ”ฅ8
#report #frontend


๐Ÿ“Š JetBrains 2024-yilgi dasturchilar ekotizimi hisobotini chiqardi.

23 000 dan ortiq dasturchilar ishtirok etgan ushbu tadqiqotda JavaScript eng ko'p qo'llaniladigan dasturlash tili sifatida qayd etildi. Shu bilan birga, TypeScriptning ommaviyligi 2017-yildagi 12% dan 2024-yilda 35% gacha oshdi.

Boshqa qiziq ma'lumotlar:
- Sun'iy intellektning dasturlashdagi o'rni oshmoqda: Dasturchilarning 18% o'z mahsulotlariga sun'iy intellekt integratsiyasini amalga oshirmoqda.

- AI vositalaridan foydalanish: Dasturchilarning 69% ChatGPT, 40% esa GitHub Copilot kabi AI vositalarini sinab ko'rgan; mos ravishda 49% va 26% muntazam foydalanadi.

- Ishlash platformalari: Dasturchilarning 58% brauzer, 53% ish stoli, 30% esa mobil platformalar uchun dasturlar ishlab chiqadi.

- Ma'lumotlar bazalari: MySQL, PostgreSQL, MongoDB, SQLite va Redis eng ommabop bo'lib qolmoqda.

- Rust tili: So'nggi besh yilda Rust foydalanuvchilari soni barqaror o'sib, C++ o'rnini egallashga intilmoqda.

- Go va Rust: Dasturchilar orasida eng ko'p o'zlashtirilayotgan tillar sifatida Go va Rust ajralib turadi.

- Ishlash muhiti: Dasturchilarning 8% VR qurilmalarda kod yozishni sinab ko'rgan, 50% esa bunga qiziqish bildirgan.


Batafsil o'qib chiqish.

@frontend | Happy Coding
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ‘10๐Ÿ”ฅ4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#animation #js #css #frontend


๐Ÿ“ JavaScript orqali, har bir harfni alohida animatsiyalash va sekinlik bilan paydo bo'lish effektini yaratish mumkin.

Kodlar izohda ๐Ÿ’ฌ

@frontend | Happy Coding
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ”ฅ17๐Ÿ‘5
#ai #vscode #frontend


๐Ÿ‘ฉโ€๐Ÿ’ป GitHub Copilot endi bepul!

GitHub Copilot endi Visual Studio va Visual Studio Code foydalanuvchilari uchun BEPUL taqdim etiladi.

Qanday foydalanishni boshlayman?
1. VS Code yoki Visual Studioโ€™ni yangilang.
2. GitHub akkauntingizni ulang.
3. Gazini bosing โ˜•๏ธ

Batafsil: GitHub Copilot blog posti

@frontend | Happy Coding
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ”ฅ16๐Ÿ‘7
Yaxshigina ustoz bo'la oladi ๐Ÿ˜Ž, qizig'i o'zbek tilida!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ”ฅ19๐Ÿ‘5
Frontend
GitHub Copilot endi bepul!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#vsCode #frontend


GitHub Copilot'dan bepul foydalanish imkoniyati quyidagilarni taqdim etadi:

- Oyiga 2 000 ta kodni to'ldirish
- Oyiga 50 ta chat xabari
- Claude 3.5 Sonnet yoki GPT-4o kabi modellardan foydalanish

@frontend | Happy Coding
๐Ÿ”ฅ10๐Ÿ‘4
#github #frontend


๐Ÿ‘จโ€๐Ÿ’ป GitHub'dagi yillik faoliyatingizni qiziqarli tarzda tahlil qilib, ko'rishga arziydigan hisobot shaklida taqdim etuvchi bepul vosita.

Siz ham sinab ko'rib, 2024-yildagi holatingizni izohlarda qoldiring )

Havola: https://git-wrapped.com

@frontend | Happy Coding
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ‘9๐Ÿ”ฅ8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#css #flexbox #frontend


๐Ÿ”ข Flexbox Labs - Praise ismli dasturchi tomonidan yaratilgan, animatsiyalar bilan Flexbox Playground. Loyiha CSS Flexbox yordamida maketlar yaratishingizga yordam beradigan vizual vositadir

React, TypeScript, Sass va Framer Motion texnologiyalari orqali ishlab chiqilgan.

Havola: demo

@frontend | Happy Coding
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ”ฅ13๐Ÿ‘2
#alert #frontend


๐Ÿ—ฏ Top JavaScript bildirishnoma kutubxonalari

1. SweetAlert
2. React-Toastify
3. Toastr
4. Essential JS 2
5. chakra-ui/alert
6. Vue Toastification
7. Sonner
8. Awesome Notifications

Siz qaysi biridan ko'proq foydalanasiz?

@frontend | Happy Coding
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ”ฅ8๐Ÿ‘3
#update #nuxt #frontend


๐Ÿ‘ฉโ€๐Ÿ’ป Nuxt 3.15 chiqdi!

๐Ÿ‘ฉโ€๐Ÿ’ป Vite 6 integratsiya:
Yangilanish Vite 6 bilan ishlaydi, bu esa server muhitini yaxshilashga yordam beradi.

๐ŸŒ Chromium devtools yaxshilanishlari:
Endi brauzer devtools'ida nuxt hook vaqtlarini ko'rish mumkin.

๐Ÿ—บ callOnce uchun navigatsiya rejimi:
Kodni har bir navigatsiyada bir marta ishlatish uchun yangi 'navigation' opsiyasi qo'shildi.

๐Ÿฅต Shablonlar, sahifalar va sahifa metama'lumotlari uchun HMR

๐Ÿ“„ Sahifa meta yaxshilanishlari:
definePageMeta ichida lokal funksiyalarni qo'llab-quvvatlash qo'shildi.

๐Ÿ”ฅ Ishlash samaradorligi oshirilgan:
Brauzer ilova manifestini oldindan yuklaydi va vue-router'ning hash rejimi tarixini paketdan chiqarib tashlaydi.

Yangilash uchun:

npx nuxi@latest upgrade --force


Batafsil o'qish: Nuxt blog

@frontend | Happy Coding
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ”ฅ12๐Ÿ‘8
#yilSarhisobi #frontend


YANGI YILDA YANGI YUTUQLAR!

2024-yilda @frontend kanali yutuqlari bilan bo'lishamiz!

2024 - yilda kanalimiz:
โž• 2,526 obunachiga yetdi!
๐Ÿ‘€ 0.5+ millon koโ€˜rishlar!
โญ๏ธ Eng mashhur post: 359 ta ulashish!
๐Ÿ” Umumiy 8.7k marta ulashishlar!

Bu yutuqlarni qoโ€˜lga kiritishda siz obunachilarning hissangiz katta ๐Ÿ˜€

๐ŸŽ„ Yangi yil muborak, Frontendchilar! Kodlaringiz faqat "success" boโ€˜lsin! โ˜•๏ธ

Hammangizga rahmat!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ”ฅ14๐Ÿ‘7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#react #frontend


โšก๏ธ React Bits โ€” React uchun animatsiyali komponentlar kutubxonasi

Havola: https://www.reactbits.dev

@frontend | Happy Coding
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ”ฅ15๐Ÿ‘7
#html #frontend


๐Ÿ‘ฉโ€๐Ÿ’ป Html <a> tagidagi rel="noopener noreferrer" atributi nima uchun kerak?

Web sahifadagi <a> havolasi orqali yangi sahifani (target="_blank") ochishda rel="noopener noreferrer" atributi xavfsizlikni ta'minlash uchun ishlatiladi.

โœ‹ noopener nima qiladi?
- Yangi oynani ochganda eski sahifani window.opener orqali boshqarishdan himoya qiladi. Bu esa saytlarni phishing yoki zararli skriptlar orqali nazorat qilishdan saqlaydi.

๐Ÿ‘ noreferrer nima qiladi?
- Havola bosilganda yo'naltiruvchi URL ma'lumotini yashiradi. Ya'ni, qaysi sahifadan o'tilganligi haqida ma'lumot uzatilmaydi.

Qachon ishlatiladi?
Agar siz tashqi saytga havola bersangiz va "_blank" orqali ochsangiz, xavfsizlikni oshirish uchun rel="noopener noreferrer" atributini qo'shish tavsiya etiladi.


@frontend | Happy Coding
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ”ฅ16๐Ÿ‘8
#htmx #frontend


HTMX: Frontend frameworkโ€™larga alternativ

HTMX โ€” bu HTML uchun kutubxona bo'lib, u veb-ilovalar uchun interaktiv va dinamik imkoniyatlar qo'shishga yordam beradi.

HTMX yordamida JavaScript kodini minimal darajada ishlatib, "SPA" (Single Page Application) uslubidagi ilovalarni yaratish mumkin. HTMX sizga HTML atributlari orqali server bilan bog'lanishni, AJAX so'rovlarini, WebSocket-larni va boshqalarni amalga oshirish imkonini beradi.

HTMXโ€™ning asosiy imkoniyatlari:

๐ŸŸก AJAX soโ€˜rovlari: HTML elementlariga maxsus atributlar yordamida serverga maโ€™lumot joโ€˜natish va natijani qaytarish.

๐ŸŸก Partial Update: Butun sahifani yangilamasdan faqat sahifaning ma'lum bir qismini yangilash.

๐ŸŸก WebSocket qoโ€˜llab-quvvatlashi: Veb-sahifani real vaqtda yangilash imkoniyati.

๐ŸŸก Server tomonidan boshqarish: Ma'lumotni qabul qilgan server tomonidan tegishli javobni HTML shaklida qaytarish.

HTMXโ€™ning aktualligi (dolzarbligi)

1. Monolit arxitekturaga qaytish tendensiyasi: Koโ€˜p yirik loyihalar va kichik startaplar "monolit+" arxitekturaga qaytmoqda, ya'ni front-end va back-end bir-biriga yaqinroq boโ€˜lgan arxitektura.

2. HTMX โ€” "Server Side Rendering" (SSR) va AJAX integratsiyasini sodda qilib beradi

3. Yangi backend frameworkโ€™lari bilan yaxshi moslashishi: HTMX Django, Flask, Spring Boot, Laravel kabi backend framework'lari , Node.js, FastAPI texnologiyalar bilan oson integratsiya boโ€˜ladi.

Misol:

<div id="natija"></div>


Foydali manbalar:
docs / video / HTMX for Beginners

@frontend | Happy Coding
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ‘13๐Ÿ”ฅ6
#sotiladi


๐Ÿ MacBook Air M3 โ€“ 2024

Display: 13.6 inch
RAM: 8 GB
SSD: 256GB
Rang: Midnight
Chip: Apple M3 โ€“ tezkor va quvvatni tejovchi.
Akkumulyator: 59 sikl, 100% yomkost
Ishlash davomiyligi: 15 - 18 soat

Qoโ€˜shimcha maโ€™lumotlar:
- Hech qanday nosozlik va nuqson yoโ€˜q.
- Original qutisi va quvvatlagichi mavjud.
- Frontend, UI/UX ishlarida foydalanilgan va sinovdan o'tgan.
- Bir qo'l ishlatilgan.
- Shoshilinch sotiladi, naxtga.
- Toshkent shahar

Narx: 870$ (oxirgi narx)
Aloqa: #sotildi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ”ฅ10๐Ÿ‘8