Format | Mohirdev
252 subscribers
108 photos
15 videos
3 files
34 links
Mohirdev’dan maktablar uchun Kompyuter savodxonligi fani

🧾 Demo darslar: @format_demo
📞 97 485 40 30
📩 @Format_Admin
🌐 instagram.com/format.mohirdev
Download Telegram
❗️ Hamjamiyat bu — maʼlum bir qiziqish yoki manfaat yoʻlida birlashgan guruh. Masalan, AQShda juda yirik Milliy Taʼlim Assotsiatsiyasi bor va u butun Amerikaning taʼlim sohasi xodimlarini birlashtiradi.

Bizning ustozlarga ham bunday guruhlar juda zarur. Ular maʼlum vaqt oraligʻida uchrashib turishi, treninglar tashkillashtirishi, oʻz ustida ishlashi mumkin.

Biroq bu hamjamiyat biz oʻrgangan odatiy guruhlardan emas. Chunki

💲 Pensiyaga taʼsiri yoʻq
Lekin hamkasblardan eng zoʻr, sinalgan resurs va texnikalarni oʻrganish mumkin.


⬆️ Yuqoridan buyruq kelmaydi
Lekin stressni yoʻqotish uchun yaxshi muhit boʻlishi, bir xil kasb va ogʻriq egalari bir-birini ruhan qoʻllashi mumkin.


🗓 Doimiy majlislar oʻtkazilmaydi
Lekin har koʻrishganda ustozlarni qiynayotgan koʻp muammolarga turli rakurslardan qarab, birga yechim topish mumkin.


👷🏻 Obodonlashtirishga birgalikda chiqilmaydi
Lekin muhim masalalar muhokama qilinishi mumkin. Natijada uslublar va natijalar yaxshilanadi.

Foydalanilgan manbalar: SpringerLink, ERIC.


Shunaqa hamjamiyat boʻlganda nomi nima boʻlardi? 💬

@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍2😱2
Hech rasmdagi holatga tushganmisiz?

👀 Baʼzida qaysidir buyumni qancha qidirsangiz ham, topa olmaysiz, yoningizdagilardan soʻraganingizda esa tezda topiladi. Manzilda adashganda ham atrofdagilardan bir ogʻiz soʻrab, toʻgʻri yoʻlni topish mumkin.

🙂 Chunki biz muammoga faqat bir tarafdan qaraymiz va kamiga unga birinchi bor duch kelgan boʻlamiz. Shunda yaqinlarning koʻmagi ishni yengillashtiradi. Ular masalaga boshqa burchakdan qaragan yoki boshidan oʻtkazgan boʻladi.

Masalan, bir tajribada qatnashchilar 2 guruhga boʻlinadi:
• jamoaviy ishlovchilar
• yolgʻiz harakat qiluvchilar

Ularga bir xil vazifa beriladi. Kuzatuvlar birinchi guruh ikkinchisiga qaraganda 40% maroqliroq vaqt oʻtkazganini koʻrsatadi. Topshiriq baholanganda ham jamoaviy ishlovchilar yolgʻiz harakat qiluvchilardan 25% ga yaxshiroq edi.


🤝 Yaʼni hamkorlik qilish sizni zeriktirmaydi va koʻrsatkichlaringiz ham yolgʻiz ishlagandan samaraliroq boʻladi. Shuning uchun har bir kasb egasi hamkasblar jamoasini shakllantirishi kerak. Ayniqsa, oʻqituvchilar uchun bunday qoʻllab-quvvatlovchi muhit juda zarur (sababi oldingi postda).

🪞 Aylanib, yana oʻsha mavzuga qaytdik. Bizda ustozlar hamjamiyati boʻlishini xohlaysizmi? 💬

@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍5😁1