Format | Mohirdev
260 subscribers
108 photos
15 videos
3 files
34 links
Mohirdev’dan maktablar uchun Kompyuter savodxonligi fani

🧾 Demo darslar: @format_demo
📞 97 485 40 30
📩 @Format_Admin
🌐 instagram.com/format.mohirdev
Download Telegram
🤔 Sizga oʻyinlar nima yomonlik qildi?

😏 Odatda oʻyin oʻynayotgan oʻquvchilarga quloqsiz, kelajagi yoʻq boladay qarashadi va mensishmaydi. Ularga pastki tabaqadek muomala qilishadi. Xuddi ular maqsadsiz, zararli va hatto mavjudligi xatodek.

Aslida esa bu oʻyinlar aksariyat maktablar yoki oilalardan koʻra yaxshiroq muhit yaratadi. Ijtimoiy tarmoqlarning ham zararidan tashqari butun jamiyat taʼminlolmayotgan xususiyatlari bor.

💬 Keyingi postlar oʻyin va tarmoqlarning foydasi haqida boʻladi. Ungacha sizda ularni qoralash uchun biror asos boʻlsa, izohlarda yozing (har biriga javob beramiz ✍️)

@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🤷‍♀2
🙁 Hammasiga biz aybdormiz

Bu kichik bahsda biz oʻyin oʻynaydigan va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadigan oʻquvchilarni oqlagan edik. Buning sabablari bor. Avvalo, ulardan ham maʼlum foydalar olinadi. Yana oʻquvchilarning muhtojligi koʻpincha bizning aybimiz tufayli hosil boʻladi.

Aynan qanday foydalar?
Oʻyinlar ijtimoiylashuvning zamonaviy koʻrinishi. Ular bilan doʻstlar orttirishingiz, jamoaviy harakatlanishingiz, gʻalaba, raqobat, ekstremallikni his qilishingiz mumkin. Bu bilan topqirlik, tez qaror qabul qilish, muammoga yechim izlash qobiliyatlarini shakllantiriladi.
Ijtimoiy tarmoqlar dunyoqarashni kengaytiradi. Turli madaniyat va dunyoqarash bilan har xil yoʻnalishlarda tayyorlangan kontentlar kengroq fikrlashga undaydi. Qoʻshimchasiga, aksariyat tarmoq foydalanuvchilari qaysidir muvaffaqiyatli insonni kuzatadi. Shu orqali oʻquvchilar oʻz sevimlilariga ergashib, harakatni boshlaydi.

Bu ikkalasining ham muqobili boʻlsa-da, aynan ularni tanlashiga biz aybdormiz.
Ota-onalar farzandlari bilan kam suhbatlashadi va fikrlarini nazarga ilishmaydi. Eʼtiborsiz qoldirilgan farzandlar esa bu hissiy boʻshliqni toʻldirish uchun oʻyin va tarmoqlardan foydalanadi. Jangari oʻyinlar va izohlarda bor qahrlarini toʻkib soladi, shu orqali eʼtibor ham jalb qiladi. Oʻzlari joylagan kontent evaziga layk va izoh yigʻib eʼtirof qilinganlik hissini oladi.


💬 Bori shu yoki siz boshqa fikrdamisiz? Izohlardagi eng muhim fikrlarni alohida post qilib yoritishimiz mumkin!

@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8
❗️ Hamjamiyat bu — maʼlum bir qiziqish yoki manfaat yoʻlida birlashgan guruh. Masalan, AQShda juda yirik Milliy Taʼlim Assotsiatsiyasi bor va u butun Amerikaning taʼlim sohasi xodimlarini birlashtiradi.

Bizning ustozlarga ham bunday guruhlar juda zarur. Ular maʼlum vaqt oraligʻida uchrashib turishi, treninglar tashkillashtirishi, oʻz ustida ishlashi mumkin.

Biroq bu hamjamiyat biz oʻrgangan odatiy guruhlardan emas. Chunki

💲 Pensiyaga taʼsiri yoʻq
Lekin hamkasblardan eng zoʻr, sinalgan resurs va texnikalarni oʻrganish mumkin.


⬆️ Yuqoridan buyruq kelmaydi
Lekin stressni yoʻqotish uchun yaxshi muhit boʻlishi, bir xil kasb va ogʻriq egalari bir-birini ruhan qoʻllashi mumkin.


🗓 Doimiy majlislar oʻtkazilmaydi
Lekin har koʻrishganda ustozlarni qiynayotgan koʻp muammolarga turli rakurslardan qarab, birga yechim topish mumkin.


👷🏻 Obodonlashtirishga birgalikda chiqilmaydi
Lekin muhim masalalar muhokama qilinishi mumkin. Natijada uslublar va natijalar yaxshilanadi.

Foydalanilgan manbalar: SpringerLink, ERIC.


Shunaqa hamjamiyat boʻlganda nomi nima boʻlardi? 💬

@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍2😱2
Hech rasmdagi holatga tushganmisiz?

👀 Baʼzida qaysidir buyumni qancha qidirsangiz ham, topa olmaysiz, yoningizdagilardan soʻraganingizda esa tezda topiladi. Manzilda adashganda ham atrofdagilardan bir ogʻiz soʻrab, toʻgʻri yoʻlni topish mumkin.

🙂 Chunki biz muammoga faqat bir tarafdan qaraymiz va kamiga unga birinchi bor duch kelgan boʻlamiz. Shunda yaqinlarning koʻmagi ishni yengillashtiradi. Ular masalaga boshqa burchakdan qaragan yoki boshidan oʻtkazgan boʻladi.

Masalan, bir tajribada qatnashchilar 2 guruhga boʻlinadi:
• jamoaviy ishlovchilar
• yolgʻiz harakat qiluvchilar

Ularga bir xil vazifa beriladi. Kuzatuvlar birinchi guruh ikkinchisiga qaraganda 40% maroqliroq vaqt oʻtkazganini koʻrsatadi. Topshiriq baholanganda ham jamoaviy ishlovchilar yolgʻiz harakat qiluvchilardan 25% ga yaxshiroq edi.


🤝 Yaʼni hamkorlik qilish sizni zeriktirmaydi va koʻrsatkichlaringiz ham yolgʻiz ishlagandan samaraliroq boʻladi. Shuning uchun har bir kasb egasi hamkasblar jamoasini shakllantirishi kerak. Ayniqsa, oʻqituvchilar uchun bunday qoʻllab-quvvatlovchi muhit juda zarur (sababi oldingi postda).

🪞 Aylanib, yana oʻsha mavzuga qaytdik. Bizda ustozlar hamjamiyati boʻlishini xohlaysizmi? 💬

@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍5😁1