Format | Mohirdev
262 subscribers
108 photos
15 videos
3 files
34 links
Mohirdev’dan maktablar uchun Kompyuter savodxonligi fani

🧾 Demo darslar: @format_demo
📞 97 485 40 30
📩 @Format_Admin
🌐 instagram.com/format.mohirdev
Download Telegram
😂 Siz ham shunaqa erta xursand boʻlganmidingiz?

@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁12🔥3
😱 Jarrohlik yoʻli bilan boshni koʻchirib oʻtkazish, hech qanday harakatlarsiz, faqat miyadagi mikrochip orqali gaplashish va gadjetlarni boshqarish, sayohat uchun kosmosga chiqish, genlarga oʻzgartirish kiritish, tana aʼzolarini printerdan chiqarish …

🤨 Bilasizmi, bu nima degani? Texnologiyalarning karrasiga rivojlanishi tufayli siz va farzandlaringiz yoki oʻquvchilaringiz oʻrtasidagi masofa keragidan ortiq uzayib ketadi. Kattalar kichkinalarning dunyosini borgan sari tushunmay boraveradi.

👎 Oqibatda ustozlar oʻquvchilar bilan til topishishi, ota-onalar farzandlariga yaqinlashishi qiyinlashadi. Lekin bunga jim qarab turmaysiz-ku, toʻgʻrimi?

🙅‍♂️ “Qani hamma telefoniga PUBG oʻrnatsin” demaymiz, hech boʻlmasa zamonaviy dunyo yutuqlari va ularning kelib chiqishidan xabar olib turing. Quyida oʻzbek va ingliz tillarida resurslar qoldiramiz:

🇬🇧 Ingliz tilida:
TechCrunch
The Verge
CNET
Ars Technica
Engadget
🇺🇿 Oʻzbek tilida:
Technoman.uz
Mohirdev

Afsuski, boshqa yoʻq. Topsangiz, izohlarda qoldiring 💬


@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍3🤷‍♀1
🤔 Agar bir dars uchun emas, oʻtgan oʻquv yili uchun va oʻquvchilarni emas, oʻzingizni baholaganingizda necha qoʻyardingiz?

🗓 Yil sarhisobi juda muhim. Siz xodim va oddiy inson sifatida bosib oʻtgan yoʻlingizni tahlil qilasiz. Shunda xatolaringizni anglaysiz hamda yangi oʻquv yilida ularni takrorlamaslikka harakat qilasiz.

3️⃣Quyida esa oʻzingizga baho berishning 3 ta mezonini keltiramiz.

Qamrov: qancha oʻquvchini faningizga qiziqtira oldingiz, qanchasi shu sohani egallamoqchi, nechtasi darsdan keyin ham shugʻullanyapti va hokazo. Masalan, informatika ustozi – Samandardan soʻraganimizda deyarli hamma uning faniga qiziqib qolgani, lekin hech kimda darsdan tashqari shugʻullanishga xohish yoʻqligini aytdi. Demak, u kelgusi yili fan olimpiadalari uchun qoʻshimcha tayyorlanishga ilhomlantirishi kerak.

Rejalar: yil boshidagi rejalarning qanchasi oʻzini oqladi? Salimov ustozdan natijalari haqida qiziqqanimizda, boshida chorakni kamida 90% oʻquvchi 5 bahoga yakunlashini rejalashtirganini aytdi. Lekin chorak oxirida bor-yoʻgʻi 30% oʻquvchigina natija koʻrsata olganini aytdi. Xulosa shuki, maqsad real boʻlishi lozim. Aks holda sizda oʻzidan qoniqmaslik hissi ortib ketadi.
Muvozanat: ish va shaxsiy hayotdagi muvozanatni saqlash. Bu boradagi koʻrsatkichlaringizni vazningiz, sogʻligʻingiz, yaqinlar oʻrtasidagi munosabatlarning qaysi tomonga oʻzgarishi belgilaydi. Bu haqida Nigina ustozdan soʻraganimizda koʻrishi oldingidan sustlashganini aytdi. U ana shu muvozanatni saqlashda xatoga yoʻl qoʻygan. Endi esa kelasi safar vaqtni toʻgʻri taqsimlab, oilasi va sogʻligʻiga ham meʼyorida eʼtibor qaratishni rejalashtiryapti.


Shu uch tomondan oʻzingizni baholang va kelgusi yilda natijalarni koʻtarishga harakat qiling.

💬Soʻnggi oʻquv yili uchun  oʻzingizga necha baho qoʻyganingizni izohlarda yozing (3 ta mezon uchun alohida). Kelasi yil shu paytda bu mavzuni qayta ochamiz va siz bir yil oldingi izohlaringizga qarab oʻzgarishlarni sezasiz.

@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9🤷‍♀2
🤔 Sizga oʻyinlar nima yomonlik qildi?

😏 Odatda oʻyin oʻynayotgan oʻquvchilarga quloqsiz, kelajagi yoʻq boladay qarashadi va mensishmaydi. Ularga pastki tabaqadek muomala qilishadi. Xuddi ular maqsadsiz, zararli va hatto mavjudligi xatodek.

Aslida esa bu oʻyinlar aksariyat maktablar yoki oilalardan koʻra yaxshiroq muhit yaratadi. Ijtimoiy tarmoqlarning ham zararidan tashqari butun jamiyat taʼminlolmayotgan xususiyatlari bor.

💬 Keyingi postlar oʻyin va tarmoqlarning foydasi haqida boʻladi. Ungacha sizda ularni qoralash uchun biror asos boʻlsa, izohlarda yozing (har biriga javob beramiz ✍️)

@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🤷‍♀2
🙁 Hammasiga biz aybdormiz

Bu kichik bahsda biz oʻyin oʻynaydigan va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadigan oʻquvchilarni oqlagan edik. Buning sabablari bor. Avvalo, ulardan ham maʼlum foydalar olinadi. Yana oʻquvchilarning muhtojligi koʻpincha bizning aybimiz tufayli hosil boʻladi.

Aynan qanday foydalar?
Oʻyinlar ijtimoiylashuvning zamonaviy koʻrinishi. Ular bilan doʻstlar orttirishingiz, jamoaviy harakatlanishingiz, gʻalaba, raqobat, ekstremallikni his qilishingiz mumkin. Bu bilan topqirlik, tez qaror qabul qilish, muammoga yechim izlash qobiliyatlarini shakllantiriladi.
Ijtimoiy tarmoqlar dunyoqarashni kengaytiradi. Turli madaniyat va dunyoqarash bilan har xil yoʻnalishlarda tayyorlangan kontentlar kengroq fikrlashga undaydi. Qoʻshimchasiga, aksariyat tarmoq foydalanuvchilari qaysidir muvaffaqiyatli insonni kuzatadi. Shu orqali oʻquvchilar oʻz sevimlilariga ergashib, harakatni boshlaydi.

Bu ikkalasining ham muqobili boʻlsa-da, aynan ularni tanlashiga biz aybdormiz.
Ota-onalar farzandlari bilan kam suhbatlashadi va fikrlarini nazarga ilishmaydi. Eʼtiborsiz qoldirilgan farzandlar esa bu hissiy boʻshliqni toʻldirish uchun oʻyin va tarmoqlardan foydalanadi. Jangari oʻyinlar va izohlarda bor qahrlarini toʻkib soladi, shu orqali eʼtibor ham jalb qiladi. Oʻzlari joylagan kontent evaziga layk va izoh yigʻib eʼtirof qilinganlik hissini oladi.


💬 Bori shu yoki siz boshqa fikrdamisiz? Izohlardagi eng muhim fikrlarni alohida post qilib yoritishimiz mumkin!

@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8
❗️ Hamjamiyat bu — maʼlum bir qiziqish yoki manfaat yoʻlida birlashgan guruh. Masalan, AQShda juda yirik Milliy Taʼlim Assotsiatsiyasi bor va u butun Amerikaning taʼlim sohasi xodimlarini birlashtiradi.

Bizning ustozlarga ham bunday guruhlar juda zarur. Ular maʼlum vaqt oraligʻida uchrashib turishi, treninglar tashkillashtirishi, oʻz ustida ishlashi mumkin.

Biroq bu hamjamiyat biz oʻrgangan odatiy guruhlardan emas. Chunki

💲 Pensiyaga taʼsiri yoʻq
Lekin hamkasblardan eng zoʻr, sinalgan resurs va texnikalarni oʻrganish mumkin.


⬆️ Yuqoridan buyruq kelmaydi
Lekin stressni yoʻqotish uchun yaxshi muhit boʻlishi, bir xil kasb va ogʻriq egalari bir-birini ruhan qoʻllashi mumkin.


🗓 Doimiy majlislar oʻtkazilmaydi
Lekin har koʻrishganda ustozlarni qiynayotgan koʻp muammolarga turli rakurslardan qarab, birga yechim topish mumkin.


👷🏻 Obodonlashtirishga birgalikda chiqilmaydi
Lekin muhim masalalar muhokama qilinishi mumkin. Natijada uslublar va natijalar yaxshilanadi.

Foydalanilgan manbalar: SpringerLink, ERIC.


Shunaqa hamjamiyat boʻlganda nomi nima boʻlardi? 💬

@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍2😱2
Hech rasmdagi holatga tushganmisiz?

👀 Baʼzida qaysidir buyumni qancha qidirsangiz ham, topa olmaysiz, yoningizdagilardan soʻraganingizda esa tezda topiladi. Manzilda adashganda ham atrofdagilardan bir ogʻiz soʻrab, toʻgʻri yoʻlni topish mumkin.

🙂 Chunki biz muammoga faqat bir tarafdan qaraymiz va kamiga unga birinchi bor duch kelgan boʻlamiz. Shunda yaqinlarning koʻmagi ishni yengillashtiradi. Ular masalaga boshqa burchakdan qaragan yoki boshidan oʻtkazgan boʻladi.

Masalan, bir tajribada qatnashchilar 2 guruhga boʻlinadi:
• jamoaviy ishlovchilar
• yolgʻiz harakat qiluvchilar

Ularga bir xil vazifa beriladi. Kuzatuvlar birinchi guruh ikkinchisiga qaraganda 40% maroqliroq vaqt oʻtkazganini koʻrsatadi. Topshiriq baholanganda ham jamoaviy ishlovchilar yolgʻiz harakat qiluvchilardan 25% ga yaxshiroq edi.


🤝 Yaʼni hamkorlik qilish sizni zeriktirmaydi va koʻrsatkichlaringiz ham yolgʻiz ishlagandan samaraliroq boʻladi. Shuning uchun har bir kasb egasi hamkasblar jamoasini shakllantirishi kerak. Ayniqsa, oʻqituvchilar uchun bunday qoʻllab-quvvatlovchi muhit juda zarur (sababi oldingi postda).

🪞 Aylanib, yana oʻsha mavzuga qaytdik. Bizda ustozlar hamjamiyati boʻlishini xohlaysizmi? 💬

@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍5😁1