Format | Mohirdev
262 subscribers
108 photos
15 videos
3 files
34 links
Mohirdev’dan maktablar uchun Kompyuter savodxonligi fani

🧾 Demo darslar: @format_demo
📞 97 485 40 30
📩 @Format_Admin
🌐 instagram.com/format.mohirdev
Download Telegram
Bir yordam qilinglar, mana karta raqami _______________________

🤐 Sezganingizdek, jimib ketdik. Hazil bilan qaytgan bo‘lsak ham, lekin u haqiqatga yaqin. Bizga yordamingiz kerak, faqat pul bilan emas.

Pastda bir nechta savol qoldiramiz, shularga javob berib, aynan siz uchun maxsus kontentni kutib turing. 😉


Karta masalasini esa yana bir oʻylab koʻramiz 🤡

@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁7🔥4👍2
Yoshingiz nechada?
Anonymous Poll
35%
16–20
35%
21–25
16%
26–30
15%
31–...
🤗 Soʻrov natijalariga koʻra siz eng yaxshi obunachi doʻst ekansiz!

Bizga esa sizga oʻxshagan doʻstlardan koʻproq kerak. Format oʻquv dasturi ekanligini hisobga olsak, maktablarga aloqasi bor doʻstlar boʻlsa, yana yaxshi. 😊


Shuning uchun izohlarda maktabdagilarni qayerdan topish mumkinligini yozing. Balki "oʻqituvchilar" yoki "direktorlar" degan guruhlarni bilarsiz, mabodo qarindoshlaringiz xususiy maktabda ishlasa, u ham boʻlaveradi (faqat oʻzidan ruxsat soʻrash esdan chiqmasin). 😉

Hammasini yozavering 💬

@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😇9🔥4😁1
🤔 Maktab deganda xayolingizga nima keladi? Katta ehtimol bilan maktab binosi, sinflar, doska …

Lekin ochiq tabiatda dars oʻtilsa-chi? 🏕

@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍7
🤫 Sholgʻom yeyish sirlari

Qanchalik foydali ekanligni uqtirishmasin, hammamiz bolaligimizda ovqatdan chiqqan sholgʻomni ajratib qoʻyganmiz. 😬

Bolalarning shuncha foydali mashgʻulotlar turib, telefonga koʻp vaqt sarflashlari ham shunga oʻxshaydi. Majburlashning foydasi yoʻq. Ularni rasmlardagidek qiziqtirish kerak. ☝️

@format_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥15😁4👍3
🌵 ⚡️ 💻 Kaktus kompyuterga qarshi

Kaktus kompyuter oldida turib nurlanishni kamaytirishi haqida gap bor. Ammo bu maʼlumot toʻliq isbotlanmagan. Hatto himoya koʻzoynaklarining ham foyda berishi shubha ostida. 🔽

Lekin kompyuterdan foydalanuvchilarni koʻzga bogʻliq muammolardan haqiqatan ham asraydigan tavsiyalar mavjud:

🖥 20-20-20 qoidasi:
Kompyuterdan har 20 daqiqada koʻzni uzib, 20 soniya 20 qadam uzoqdagi narsaga (balki shu narsa kaktus boʻlar) qarash kerak. Bu koʻzni uzoq vaqt monitorga qaragandagi zoʻriqishini kamaytiradi.

💡 Chiroqning pulini vaqtida toʻlang:
Agar chiroqni oʻchirib qoʻyishsa, qorongʻida yorugʻ ekranga tikilib turishga majbur boʻlasiz. Kompyuter nurini xona yorugʻligidan farq qilishi esa koʻzni qattiq toliqtiradi. Shuning uchun ekran nurini doim xonaga moslang.

👀 Koʻzni namlab turing:
Koʻzga suv quyish shart emas, kompyuter bilan ovora boʻlib kiprik qoqishni kamaytirmasangiz boʻlgani. Koʻz ochib yopilganda oʻzini oʻzi namlay oladi.

Sizda ham biror tavsiya boʻlsa, izohlarda yozmang. Uni ham oʻqishga koʻz nuri ketadi. 😉

@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥8
Informatika darsida barcha chiroqlar oʻchiriladi 💡. Doskada tortdagi shamlarni oʻchirayotgan bola surati turibdi. Surat bolaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidan skrinshot qilib olingan. Oʻquvchilar oldidagi topshiriq esa oʻsha bolaning akkaunt parolini topishdir. Hamma bahsga kirishadi.


🤔 Juda qiziq, toʻgʻrimi? Bu Disraptiv dars oʻtish usuli. Unda oʻquvchilar anʼanaviy darslardan tubdan farq qilgan yoʻnalishda oʻrganishadi.

Bu uslub oʻqituvchining kreativligiga qarab turlicha boʻlishi mumkin. Masalan, yana informatika darsi misolida oladigan boʻlsak, uy vazifasini shifrlangan koʻrinishda berish yoki Google xarita yordamida xona koordinatasini topish boʻlishi mumkin. 🗺

Bunday darsdagi bilimlar emotsional xotiraga muhrlanib qoladi, jismoniy faollikni oshiradi, jamoaviy ishlash va moslashuvchanlikni oʻrgatadi.

Yuqoridagi topshiriqning javobini va dars maqsadini esa izohlarda qoldiring 💬

@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍3😱1