Format | Mohirdev
262 subscribers
108 photos
15 videos
3 files
34 links
Mohirdev’dan maktablar uchun Kompyuter savodxonligi fani

🧾 Demo darslar: @format_demo
📞 97 485 40 30
📩 @Format_Admin
🌐 instagram.com/format.mohirdev
Download Telegram
📺 Multfilmlar orqali doʻstlashing!

Oʻqituvchilar va ota-onalarga bolalar bilan doʻst tutinish tavsiya qilinadi. Odatda, buning uchun ular birga qayergadir borishadi yoki suhbatlashishadi.

Har ikki holatda ham kattalar yoʻlboshchi yoki maslahat beruvchi rolida. Oʻrtada doʻstlardek munosabat oʻrnatish uchun yuqoridagi multfilmlarning birini tomosha qilishni tavsiya qilamiz. 🔼

🦸‍♂️ Ekrandagi qahramonlarga bolalarcha qaygʻurish, sarguzashtlardan zavq olish, birga kulishish va oxiridagi qizgʻin tahlillar munosabatlarni iliqlashtiradi. Voqealar yuzasidan fikrlar bildirish, ijobiy va salbiy qahramonlarning harakatlarini birgalikda muhokama qilish bolada doʻstlar davrasidagi kabi taassurotlarni uygʻotadi.

🏰 Demak, chiroqlarni oʻchiring, yeguliklarni tayyorlang, multfilm boshlanyapti.

@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥5😱2😁1
🥊 Bola boʻgandan keyin urishadi, yarashadi*

😠 Agressiv bolalar kelajakda ham shunday boʻlib qolmaydi. Siz bolada koʻrayotgan agressiya muloqotni oʻrganishning ilk bosqichlaridandir. Kichik yoshda emotsiyalarni boshqarish toʻliq oʻrganilmagan boʻladi. Ularda vaziyatga xolis baho berish qobiliyati ham hali shakllanib ulgurmagan hisoblanadi. Ular odatda oʻzlarini haq deb bilishadi va ularga nisbatan adolatsizlik boʻlayotgandek his qilishadi.

🗣 Siz ham katta ehtimol bilan “Birinchi oʻzi boshladi” degan gapni eshitgansiz yoki bir paytlar aytgansiz. Chunki har bir bola masalani yoshi va xarakteriga qarab, turli nuqtalardan koʻradi. Masalan, yoshi kattaroq bola uchun shunchaki hazil hisoblangan soʻz kichikroq bola uchun oʻgir botishi mumkin. Bunda koʻpincha ular qizishib, urishib ketishadi. Bu jarayonda ular nizoni hal qilishni oʻrganishadi. Oʻrganish, ayniqsa, urishish foydasizligini bilgandan soʻng tezlashadi. Shunday qilib, bolalar ulgʻaygan sari oldingi kelishmovchiliklardan xulosa chiqarib, “quyilib” qolishadi.

Ha, bu tabiiy jarayon: bola qoqilib, qoqilib “odam” boʻladi. Ammo muomalada agressiya shakllanishida ham, buning teskarisi uchun ham muhitning roli katta. Tushuntiribroq aytadigan boʻlsak, qush inida koʻrganini qiladi. Yaʼni bola uchun har qanday narsada oila aʼzolari oʻrnakdir, jumladan muloqotda ham. Ukangiz, singlingiz yoki farzandingizga kelishmovchiliklarni pozitiv yoʻl bilan hal qilishni oʻrgatish uchun siz oʻzingiz shunday qilishingiz kerak.

Agar siz
• bosiq boʻlsangiz,
• oldingizdagilarni tinglasangiz,
• ayblashdan oldin ishonch hosil qilsangiz,
• urishish emas kelishish yoʻllarini izlasangiz,
• tez qizishmasdan oʻylab, ish qilsangiz,
bola ham shunday qiladi.

Aksincha, urushqoq xulq ham sizdan oʻzlashtiriladi. Agar siz
• qoʻpol boʻlsangiz,
• tez agressiya koʻrsatsangiz,
• sizga kerakligini urishish bilan olsangiz,
farzandingiz yoki uka-singillaringiz ham shunaqa boʻlib oʻsadi.

📹 Zoʻravonlik sahnalari boʻlgan multfilm, kino, oʻyinlar va qandaydir vitaminlar yetishmovchiligi tufayli hosil boʻladigan agressivlik haqida toʻxtalmadik (qiziq boʻlsa, izohlarda bildiring).

Demak, agar siz bolalaringiz, kichik uka-singillaringiz yoki oʻquvchilaringizning agressivligini yoʻqotishda qiynalsangiz, bilingki, siz yolgʻiz emassiz. Shunchaki kuting, oʻz xulqingizni tuzating, bola atrofidagi agressiya chorlovchilarni uzoqlashtiring. Agar jarayon qiyin kechsa, psixolog va pediatrlarga murojaat qilishingiz mumkin.


Xullas, xavotirlanmang, axir baʼzida biz kattalar uchun ham masalani tinchlik bilan hal qilish oson emas, endi bolalarni tasavvur qilavering.

Sarlavhadagi matn nutqqa moslab atay xato yozildi*

@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍5😱2🤷‍♀1😁1😇1
🧠 Barcha aʼzolar kabi bola miyasi ham parvarishga muhtoj: u ham oziqlanishi, shugʻullanishi va dam olishi zarur.

👉 Ushbu maqola ham aynan qanday yoʻllar bilan bola miyasini va u orqali xotirasini yaxshilash mumkinligi haqida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3😱1
😭 Bizga bildirgan ishonchingiz uchun rahmat! Format endi yoʻq

🤡 Topdingiz, bu 1-aprel hazili edi. Siz-ku rostni yolgʻondan ajrata olgandirsiz, maktab bolalar-chi?

1-aprel — hazil kunida ayrim bolalar yayrasa, ayrimlari xavotirda yuradi (xuddi hozir sarlavhani oʻqib, qoʻrqib ketganingizdek). Hazillar baʼzida meʼyoridan oshib, zoʻravonlikka tutashib ketadi.

😈 Hazil kunida bunday holatlarning koʻpayishiga sabab esa Domino effektidir. Yomon tomoni buning markazida buyumlari yashirib qoʻyilgan, stuliga saqich yopishtirilgan va sinfda eng ojiz sanalgan bola turishi mumkin.

Siz maktabingizda bunday noxush holatlarning oldini oling. Oʻquvchilarga aslida hazil kuni quvonchli kun ekanligini tushuntiring. Ular bir-birlariga sezdirmay yaxshilik qilib, quvonishlari mumkinligiga ishontiring. Sumkasidan shokolad topib olgan, ruchkasi ikkita boʻlib qolganini koʻrib hayron qolgan, rasm daftari orasida sevimli multqahramonlarining suratlarini koʻrib, quvongan bolani chetdan kuzatish qanchalik zavqli ekanligini taʼriflang.

Bunday ajoyib hazil kunini oʻzingiz boshlang: hoziroq bolalarga yaxshilik qilib, darsdan javob bering.

Yana hazil edi) 1-aprel muborak! 😉
@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁12👎9👍5🔥4😱1😇1
👨‍🍳 Oramizda “degustatorlar” bormi?

Oldin ham bir aytgan edik: bizda Demo kanal bor. Unda Format oʻquv dasturidagi materiallardan namunalar oʻzbek va rus tillarida berilgan. Bir “tatib koʻring-chi”, sizga yoqarmikan? @format_demo

Fikrlarni boʻlishish esdan chiqmasin! 💬
🔥9👍1
📣 17 yoshli 10 yil tajribaga ega dasturchi kerak

Shunaqasi bor! Amerikalik Avi Shiffmen dasturlashni taxminan 7 yoshda boshlagan. U oʻsha paytda kod yozib, videooʻyinlar, veb-sayt va mobil ilovalar yaratib, xakatonlarda qatnashgan.

😷 Avi 2019-yilda pandemiya statistikalarini koʻrsatuvchi sayt yaratadi. 1 yildan koʻproq vaqtda sayt foydalanuvchilari milliarddan oshadi. U sahifalarga xalaqit bermasligi uchun umumiy 8 million dollarlik reklama takliflarini qaytaradi.

Avi 2020-yilda Vebbi Evords tomonidan Yil Odami mukofotini qoʻlga kiritadi va hozir u Garvard universiteti talabasi.

17 yoshda bunday natijalarga erishish uchun Avidek 7 yoshdan dasturlashni boshlash kerak. Format oʻquv dasturida ham boshlangʻich sinflar uchun Scratch dasturlash tili oʻrgatiladi.


Qiziqmi? Bizga yozing @format_admin, sizga ushbu darslardan namunalar yuboramiz. 😉

‼️ Bu darslar Demo kanalda yoʻq!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥3😱2
Ramazon hayiti muborak boʻlsin!

Kunlaringiz bir xil formatda oʻtmasin, har kun har xil xursandchilik koʻring.

Sizdagi yagona Format biz boʻlaylik.😉
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13😁6🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Formatchilar nima qilib yuribdi ekan?” deydiganlar uchun #kadr_orti_jarayonlari | 2-qism 👆

@format_mohirdev
🔥12😇2😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤕 Samandar, Salimov va Niginaning maktablarida ham shu muammo ogʻriqlar bor.

Ular kim? Qanaqa muammo?

Videoni koʻring👆, bilib olasiz (yechimini ham)!

Bexijolat murojaat uchun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍4😁2👎1
🏕 Mana bu rasmlarda bizdan ziyon koʻrmagan “uyimiz” rasmlarini koʻrishingiz mumkin.

📺 Ushbu filmda esa biz qabul qilgan ayrim qarorlarning natijalari koʻrsatilgan. Uni farzandlar yoki oʻquvchilaringiz bilan birga koʻring, muhokama qiling va taassurotlaringizni boʻlishing.

Nima deb oʻylaysiz, keyingi avlod va sayyoramizni yana nimalar kutmoqda? 🤔

Oʻzi bu post nimaga yozildi? 💬

@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍4😇1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤯 Aqlga sigʻmaydi

🤖 OpenAI taqdim qilgan sunʼiy intellektga asoslangan robot tabiiy harakatlanadi va soʻzlashadi. Shunchalik tabiiyki, bu sizning aqlingizga sigʻmasligi mumkin.

😉 Lekin farzandingiz yoki oʻquvchingiz oson tushuna oladi, agar ular bizda oʻqisa. Format oʻquv dasturida sunʼiy intellektni oʻrganishga qaratilgan darslar mavjud.

Toʻliqroq maʼlumot uchun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8😱6👍3😇1
✌️Bitta yaxshi, bitta yomon yangiligimiz bor!

💀 Yomoni shuki, xakerlar telegram akkauntingizni oʻgʻirlashning yana yangi usulini oʻylab topishibdi (toʻliq maqola).

Yaxshisi esa kelajakda bu usullar ish bermay qoʻyadi.
Agar, oʻquvchilar Format oʻquv dasturining maktablar uchun moʻljallangan informatika darslarini oʻqishsa.

🔐 Chunki unda Telegram asoslari va xavfsizlik qoidalari oʻrgatiladi. Bir koʻring.

Oʻquvchilar munosib himoyalanishi uchun biz bilan bogʻlaning 💬
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥11👍2😁2
🤔 Virtual odobli bolalar qanday boʻlishadi?

- Ular boshqalarning ishini hurmat qilishadi;
- Ruxsatsiz kimningdir rasm yoki videosidan foydalanishmaydi;
- Foydalansa, manba koʻrsatishadi;
- Va albatta Format oʻquv dasturida oʻqigan boʻlishadi.


📝 Biz darslarimizda oʻquvchilarga mualliflik huquqi haqida tushunchalar beramiz.

Murojaat uchun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍2😱2