Format | Mohirdev
262 subscribers
108 photos
15 videos
3 files
34 links
Mohirdev’dan maktablar uchun Kompyuter savodxonligi fani

🧾 Demo darslar: @format_demo
📞 97 485 40 30
📩 @Format_Admin
🌐 instagram.com/format.mohirdev
Download Telegram
🔵 Format deganingiz nima oʻzi? Suvmi, okeanmi, shoʻrvami?

Format nimaligi haqida toʻliq fikr shakllantira oldingizmi? Sizga hozir shunday imkoniyatni taqdim qilamiz.

Format loyihasi maktablar uchun informatika oʻquv dasturlarini yaratadi. Ularda sohadagi aktual bilimlarni noodatiy yoʻllar bilan oʻrgatishga harakat qilamiz.

Sinab koʻrish uchun dasturni qisqa muddatga xarid qilish imkoniyati mavjud. Biroq yanada kengroq tasavvur hosil boʻlishi uchun Format Demo kanalini ishga tushirdik. ⬇️

Kanalda:

1. Darsda qoʻllaniladigan videolar
2. Prezentatsiyalar
3. Dars ssenariylari
4. Tarqatma materiallar


oʻzbek va rus tillarida mavjud.

Namunaviy materiallarimizni koʻrib, sizga yoqqan va tuzatishimiz mumkin boʻlgan jihatlarimizni izohlarda yozib qoldiring.
Bu yerga bosing 🔽
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19😁5🔥4
Forwarded from Sariq Dev
Mohirdevda ish jarayoni bilan tanishamiz.

Ushbu videoda taʼlim boʻlimi bilan tanishamiz. Bu boʻlimda 10 kishidan ortiq xodim doimiy ofisda, yana bir nechta mutaxassislarimiz masofadan ishlashadi.

Mohirdevda chiqayotgan har bir kurs malakali metodistlar tomonidan nazorat qilib boriladi. Oʻquv rejalar, kontent va materiallar, ekspertning darsga yondoshuvi, mavzuni toʻgʻri yetkazib berishi, barchasi nazorat qilib boriladi.

Bu Mohirdev uchun ham aslida yangi tajriba. Darslarimiz sifatini yanada oshirish uchun, ekspertlar bilan yelkama-yelka ishlayapmiz.

Yangi maxfiy kursimiz metodistlar nazorati ostida ishlandi va tez orada sizlarga taqdim qilinadi.

Videoda Mohirdevning yana bir sirli loyihasi — maktablar uchun informatika dasturi koʻrsatilgan.

Loyiha haqida koʻproq bilishni istasangiz postga 👍 bosing.
👍21🔥8😁1😱1
🫵 Tan oling bunday oʻqituvchilar sizning maktabingizda ham bor.

Ushbu maqolamizda “kulrang o‘qituvchilar” kimligini va ularni qanday qilib “rangli qilish” mumkinligi haqida maʼlumot berdik.

💬 Oʻqib boʻlgach fikrlaringizni izohlarda boʻlishishni unutmang.

Maqolani oʻqish
🔥10👍3😱3😇1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨‍🏫 👩‍🏫 Universal informatika oʻqituvchilari

Agar “Bizda informatika ustozi faqat dars beradi”, – desangiz ishonmayman.

😅 Izohda shunaqa koʻpfunksional informatika oʻqituvchilarini belgilab ketamiz.
@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁29👍3🔥3😱1
Shuncha beshlar qayerda qoldi?

"Sinfdoshim Behruz hozir AyTi biznesmen, kompaniyalar uchun sayt va ilovalar yasaydi, 30 tacha xodimi bor. Lekin u maktabda menchalik yaxshi oʻqimasdi.
Men esa aʼlochi boʻlganman. Shunday boʻlsa-da hozir sal yoʻlimni topishda qiynalib turibman."

🔼 Bunday holatlar koʻp uchraydi: maktabda nazarga ilinmagan bola kun kelib muvaffaqiyatli odamga aylanadi. Eng aʼlochi bolada esa buning teskarisi boʻlishi mumkin. Nega? Shuncha beshlar qayerda qoldi?

Chunki baʼzida tabaqalinish oshib, sinf ichida sinflar: “aʼlochilar” va “ikkichilar” paydo boʻladi. Oʻzlashtirishda ortda qolganganlar hayotning ilk ruhiy zarbalarini qabul qilib, kuchli boʻlib boradi. 💪 Bilimdonlarning esa boshi kitobdan va maqtovdan chiqmay, real hayotda uchrashi normal hisoblangan muvaffaqiyatsizliklarda sinib qolishga moyil boʻladi.

Aslida bola hayotida maktabning oʻrni biz tasavvur qilganimizdan muhimroq. Oʻquvchilar bu davrda fanlardan tashqari ijtimoiy koʻnikmalarni ham oʻrganishlari lozim.

Bola maktabda:
🫶 Har xil feʼl-atvorli sinfdoshlari bilan birga boʻlib bagʻrikenglikni,
Aldanib qolsa, ishonuvchan boʻlmaslikni,
🤝 Urishib qolsa, nizoni hal qilishni,
👌 Ayb qilib, dakki olsa, har bir ishiga javobgarlikni oʻrganadi.

⬆️ Yuqoridagilarning barchasi jamiyat meʼyorlaridir. Maktablar barchani birday koʻrib oʻqitsa, muloqotga chaqirsa, yumshoq koʻnikmalarni charxlashga undasa, shunda bolalar oʻz yoʻlini topa oladi.

Qoʻshilasizmi? 💬
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥87👍46😁4🤷‍♀3😱1
Eda Lovleys, sizni 8-mart bilan tabriklaymiz 🌹

“Eda Lovleys kim oʻzi 🤔 ” deb oʻylayapsimi?

Aslida Eda Lovleys 19-asrda yashagan va u paytda bunday bayram mavjud ham emas edi. Demak uni hozir tabriklash mantiqan notoʻgʻri. Lekin shoshilmang, biz aynan uni tabriklamadik.

Kimligiga toʻxtalsak,
Eda Lovleysni butun dunyo “birinchi dasturchi” deb taniydi. U yashagan davrda (1815-1852) bunday kasb boʻlmagan. Biroq Eda yozgan ishlaridan birida aynan ilk dasturlash algoritmi mavjud edi. Bu davrda qurilmalar faqat oddiy sonlar bilan amallar bajara olgan. Eda esa bunga kengroq qarab tanqidiy muammolar uchun ham yechim beradigan qurilma haqida bosh qotirgan. Sunʼiy intellekt haqida gap ham boʻlishi mumkin boʻlmagan paytda u inson miyasi ishlash tizimining matematik modelini yaratishga harakat qilgan. U sohada sezilarli izlanishlar qilgan.


Olimaning harakatlari AyTida ayol-qizlar erkaklardan hech ham qolishmasligini isbotladi. Biz esa yuqorida oramizdagi Eda Lovleyslar, ularning onalari, opalari, singillari hamda ustozlarini tabrikladik. 💐

Aziz ayol-qizlar, bayramingiz muborak boʻlsin. 🎉
FORMAT
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥3😇3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 Endi jamoamiz faoliyatidan lavhalar joylab boramiz. Biz aslida koʻpchilikmiz. Hali yana qiziq jarayonlarni ulashamiz. 😉
#kadr_orti_jarayonlari
@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥13👍8😇3👎2😁1
🥳 π kuni

Aniq fanlarga qiziquvchilarni PI(π) kuni bilan tabriklaymiz! 🎁

Eslatib oʻtamiz, Pi kuni aylana uzunligini uning diametriga* nisbatini anglatuvchi π harfi sharafiga nishonlanadi.

“Vay-voʻoʻ, unaqa harflar koʻp-ku. Unda alfa, betta, gamma kunlarini ham nishonlaylik” deyishga shoshilmang, u boshqa belgilarga oʻxshamaydi.


Ushbu harf hali toʻliq oʻrganilmagan sirli jumboqdir. Gap shundaki, istalgan aylana uzunligini uning diametriga boʻlsangiz, oxiri yoʻq va takrorlanmaydigan kasr son chiqadi (ishonmasangiz, sinab koʻring). Unga 3,14 qiymati berilsa-da, bu shunchaki qisqartirishdir, aslida u bunday: 3.14159265359……..

🚀 “Bitta songa shunchami?” deysizmi? Aytdik-ku shoshilmang deb. U shu qadar kerakli qiymatki, uni shar hajmidan tortib, kosmik kemalar trayektoriyalarini hisoblashgacha qoʻllashadi.

🤔 “Gap yoʻq, respect! Lekin nega aynan bugun nishonlanadi?” dedingizmi? Bilish uchun izohlarda bugungi sanani sonlarda (oy, kun koʻrinishida) yozing-chi.

😉 *Kimdir izohlarda diametr nimaligini ham aytib qolar deb umid qilamiz.
@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍5😱1
🔽 Nimani eslatyapti?

19-asr boshlari, Britaniya

Odamlar koʻchada matematik amallarni bajaruvchi qurilmalarga nisbatan norozilik bildirib, namoyishlar oʻtkazishmoqda. Ular kelajakda farzandlari ilmsiz, oʻzlari ishsiz boʻlib qolishlaridan xavotirdalar.


😈 Tanish holatmi? Bugun ham sunʼiy intellekt (SI) bolalarga berilgan vazifalarni bajarib, ularning bilimini zaiflashtirishi mumkinligi haqida farazlar bor. Oʻqituvchilar ham tez orada ishsiz qoladi degan fikrlar mavjud.

😊 Aslida esa bu qoʻrquvlar tufayli SIdan qochib, rivojlanishni sekinlashtirishdan koʻra, uning pozitiv tomonlarini toʻgʻri yoʻlda qoʻllash kerak.

Masalan, oʻquvchilar SI yordamida izlanishlar olib borishganda, yangidan-yangi maʼlumotlarni olishadi. Bu fikr doirasi kengayishi va chuqurroq bilim olish imkonini yaratadi. Topilgan manbalarning ishonchliligini tekshirish davomida esa bolalarda tahlil qilish va tanqidiy fikrlash koʻnikmalari rivojlanadi.

🧑‍🏫🤝🤖 Kelajakda SI integratsiyalangan robot oʻqituvchilarga kelsak, ular haqiqiy ustozlar oʻrnini egallamaydi. Aksincha ularga yordamchi boʻladi. Sababi sunʼiy ong boladagi kechinmalar, uning psixologik holatini his qilib, koʻmaklasha olmaydi. Biroq aynan maktab yoshidagi bolalar haqiqiy pedagoglar tomonidan emotsional qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻladilar. Shuning uchun har qanday holatda oʻqituvchilar oʻz ishida davom etadi. SI esa har bir oʻquvchi haqida maʼlumotlarni tahlil qilib, ular uchun individual metodlarni taklif qiladi yoki dars uchun materiallar tayyorlaydi. Undan tashqari, bunday texnologiyalar keng tarqalgan paytda haqiqiy oʻqituvchilarning qiymati qaytanga oshishi ham kutilmoqda.


SIga haddan ortiq bogʻlanib qolishning oldini olish uchun bolalarga shaxsiy fikr, tahlil va oʻrganishni talab qiladigan vazifalar yuklash kerak. Qoʻshimchasiga, oʻquvchilarni jiddiy oqibatlar haqida ogohlantirish lozim:
💀🧍‍♀️Bugungi kunda SI aksariyat kam aqliy mehnat va tahliliy-tanqidiy yondashuv talab qiladigan ishlarni oʻzi bajarmoqda. Hozirda maktabda oʻqiyotgan oʻquvchilar mehnatga yaroqli boʻlgan paytda uning qudrati yanada oshib, koʻproq vazifalarni bajarish qoʻlidan keladi. Shunda bugun oʻz ustida ishlamagan har qanday bolaning ishsiz va jamiyatda hech qanaqa oʻrinsiz qolib ketish ehtimoli mavjud.


Kalkulyator yaratilganda ham shunchaki sabr qilganlar emas, yangi masalalar ustida bosh qotirganlar yutishgan. Inson oʻz zehni bilan qadrli va u doim charxlanib turishi kerak. Maktablar ham sodda va koʻp vaqt talab qiluvchi yumushlarni sunʼiy intellektga qoldirib, muhimroq vazifalar bilan shugʻullanishi lozim.

@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥6
📺 Multfilmlar orqali doʻstlashing!

Oʻqituvchilar va ota-onalarga bolalar bilan doʻst tutinish tavsiya qilinadi. Odatda, buning uchun ular birga qayergadir borishadi yoki suhbatlashishadi.

Har ikki holatda ham kattalar yoʻlboshchi yoki maslahat beruvchi rolida. Oʻrtada doʻstlardek munosabat oʻrnatish uchun yuqoridagi multfilmlarning birini tomosha qilishni tavsiya qilamiz. 🔼

🦸‍♂️ Ekrandagi qahramonlarga bolalarcha qaygʻurish, sarguzashtlardan zavq olish, birga kulishish va oxiridagi qizgʻin tahlillar munosabatlarni iliqlashtiradi. Voqealar yuzasidan fikrlar bildirish, ijobiy va salbiy qahramonlarning harakatlarini birgalikda muhokama qilish bolada doʻstlar davrasidagi kabi taassurotlarni uygʻotadi.

🏰 Demak, chiroqlarni oʻchiring, yeguliklarni tayyorlang, multfilm boshlanyapti.

@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥5😱2😁1