Format | Mohirdev
262 subscribers
108 photos
15 videos
3 files
34 links
Mohirdev’dan maktablar uchun Kompyuter savodxonligi fani

🧾 Demo darslar: @format_demo
📞 97 485 40 30
📩 @Format_Admin
🌐 instagram.com/format.mohirdev
Download Telegram
🤔 Maktab deganda xayolingizga nima keladi? Katta ehtimol bilan maktab binosi, sinflar, doska …

Lekin ochiq tabiatda dars oʻtilsa-chi? 🏕

@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍7
🤫 Sholgʻom yeyish sirlari

Qanchalik foydali ekanligni uqtirishmasin, hammamiz bolaligimizda ovqatdan chiqqan sholgʻomni ajratib qoʻyganmiz. 😬

Bolalarning shuncha foydali mashgʻulotlar turib, telefonga koʻp vaqt sarflashlari ham shunga oʻxshaydi. Majburlashning foydasi yoʻq. Ularni rasmlardagidek qiziqtirish kerak. ☝️

@format_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥15😁4👍3
🌵 ⚡️ 💻 Kaktus kompyuterga qarshi

Kaktus kompyuter oldida turib nurlanishni kamaytirishi haqida gap bor. Ammo bu maʼlumot toʻliq isbotlanmagan. Hatto himoya koʻzoynaklarining ham foyda berishi shubha ostida. 🔽

Lekin kompyuterdan foydalanuvchilarni koʻzga bogʻliq muammolardan haqiqatan ham asraydigan tavsiyalar mavjud:

🖥 20-20-20 qoidasi:
Kompyuterdan har 20 daqiqada koʻzni uzib, 20 soniya 20 qadam uzoqdagi narsaga (balki shu narsa kaktus boʻlar) qarash kerak. Bu koʻzni uzoq vaqt monitorga qaragandagi zoʻriqishini kamaytiradi.

💡 Chiroqning pulini vaqtida toʻlang:
Agar chiroqni oʻchirib qoʻyishsa, qorongʻida yorugʻ ekranga tikilib turishga majbur boʻlasiz. Kompyuter nurini xona yorugʻligidan farq qilishi esa koʻzni qattiq toliqtiradi. Shuning uchun ekran nurini doim xonaga moslang.

👀 Koʻzni namlab turing:
Koʻzga suv quyish shart emas, kompyuter bilan ovora boʻlib kiprik qoqishni kamaytirmasangiz boʻlgani. Koʻz ochib yopilganda oʻzini oʻzi namlay oladi.

Sizda ham biror tavsiya boʻlsa, izohlarda yozmang. Uni ham oʻqishga koʻz nuri ketadi. 😉

@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥8
Informatika darsida barcha chiroqlar oʻchiriladi 💡. Doskada tortdagi shamlarni oʻchirayotgan bola surati turibdi. Surat bolaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidan skrinshot qilib olingan. Oʻquvchilar oldidagi topshiriq esa oʻsha bolaning akkaunt parolini topishdir. Hamma bahsga kirishadi.


🤔 Juda qiziq, toʻgʻrimi? Bu Disraptiv dars oʻtish usuli. Unda oʻquvchilar anʼanaviy darslardan tubdan farq qilgan yoʻnalishda oʻrganishadi.

Bu uslub oʻqituvchining kreativligiga qarab turlicha boʻlishi mumkin. Masalan, yana informatika darsi misolida oladigan boʻlsak, uy vazifasini shifrlangan koʻrinishda berish yoki Google xarita yordamida xona koordinatasini topish boʻlishi mumkin. 🗺

Bunday darsdagi bilimlar emotsional xotiraga muhrlanib qoladi, jismoniy faollikni oshiradi, jamoaviy ishlash va moslashuvchanlikni oʻrgatadi.

Yuqoridagi topshiriqning javobini va dars maqsadini esa izohlarda qoldiring 💬

@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍3😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚫️ Motivatsiya — bu illyuziya

💪Siz bir ish boshlashdan oldin motivatsiya izlaysiz. Lekin bu foydasiz. Ishonmasangiz yangi yilda oldingizga motivatsiya bilan qoʻygan “vazifalaringizni” eslang. Oʻshalarni bajaryapsizmi? Necha marta yangi til oʻrganishni boshlagansiz yoki ertalab yugurishga odatlanmoqchi boʻlgansiz?

Shunaqa! Lekin intizom hammasini hal qiladi.

Albatta, yozni ham katta maqsadlar bilan boshlaganingiz aniq. Faqat endi motivatsiyani kutmang, davomiylikka — intizomga urgʻu bering. Qoʻygan maqsadingizni eslang, uni kichik qismlarga boʻlib chiqing va bajarganingizda oʻzingizni mukofotlang. Yaqinlaringizga maqsadlaringizni aytib, masʼuliyatni oshiring.

👏Hurmatli bitta ham postni qoldirmay, intizom bilan layk bosib chiqayotgan obunachilarimiz, bu gap sizlarga tegishli emas.

@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17😁4🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👩‍🏫👨‍🏫 Hamma pedagog boʻlishi kerak!

👊 Aksariyat tushunmovchiliklar bir-birini toʻliq anglay olmaslikdan kelib chiqadi. Buning oldini olish uchun tushuntirish qoidalarini — pedagogikani har bir kishi qisman boʻlsa ham bilishi kerak. Shu orqali ota-ona va farzand, ustoz va oʻquvchi, doʻstlar, qoʻshnilar, xullas hammaning oʻrtasidagi munosabatlar yaxshilanadi. Chunki endi ular bir-birlarini toʻgʻri tushunishadi-da!

Bunday yaxshi munosabatlarni yoʻlga qoʻyish uchun quyidagi 3️⃣ tavsiyani yodda tutish kerak:

Monosillabizm leksemasidan foydalaning
Shunaqa qiyin atamalarni ishlatmang. Ular siz tushuntirmoqchi boʻlgan fikrni yanada murakkablashtiradi.
Gapiring yetarlicha tartibli tushunishmaydi boʻlmasa
Tepadagidek bogʻdan-togʻdan gapirmang. Fikrlaringizni boshlanishi, oʻrtasi va oxirini tartib bilan izohlang.

Alla aytmang
Faqat siz gapirsangiz, tinglovchini diqqati chalgʻishi mumkin. Ora-orada savol yoki fikr soʻrab turing.


Qisqa qilib aytganda, mana shunaqa ☝️ tushuntiring!

@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12👍8😁2👎1
🤔 Nimaga "katta-katta" odamlar koʻproq kambagʻal oilalardan yoki ogʻir paytlarda chiqadi?

Sabablaridan biri bu — ular hali koʻp narsaga ershishi kerakligi. Hamma sharoiti zoʻr bola esa nimaga intiladi?

Shunda oʻquvchilarni oʻqitish uchun sunʼiy qiyinchiliklar yaratish kerakmi?


🙅‍♂️ Yoʻq, albatta. Bor imkoniyatlardan foydalangan maʼqul. Yaxshisi bir-ikkita vazifalar bilan ularga oʻrganish mashaqqatini eslatib turish kerak.

Masalan,
🟡uzoq vaqt talab qiluvchi loyihalar;
🟡maʼlumot kam mavzularda izlanishlar;
🟡qiyin tushunchalarni yoritish kabi topshiriqlar yengil tizimga oʻrganib qolgan oʻquvchilar “qulogʻini choʻzib qoʻyishi mumkin.”

Natijada oʻquvchilar muammolarga yechim izlab komfort zonasidan chiqishga majbur boʻlishadi.

🤔 Oxirida bitta savol: oramizda oʻquvchi taltayib ketmasligi uchun urib turish kerak, degan fikrda yurganlar bormi?👊


@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥15👍3
🤔 Faqat “a” va “b” sinflarni solishtiraveramizmi?

👀 Bugun bir katta-katta davlatlarning maktablari bilan oʻzimizdagilarni taqqoslaylik.

@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥13