#qonunchilikdagi_yangiliklar
Sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi qarorlari ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga shikoyat qilish mumkin
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan Soliq kodeksiga o‘zgartirish kiritildi.
👉 O‘RQ-910 20.02.2024
Unga muvofiq, soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlari ustidan tadbirkorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga shikoyat qilishiga doir cheklovlar bekor qilindi hamda sudga shikoyat qilish imkoniyatlari kengaytirildi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-911-son, 21.02.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Qonun bilan Fuqarolik kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, jismoniy shaxs pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlarning talablarini toʻla hajmda qanoatlantirishga yoki soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlmasa, sud tomonidan toʻlovga qobiliyatsiz deb topilishi mumkin.
Soliq kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv jarayonida yuzaga keladigan barcha turdagi joriy soliq toʻlovlarini toʻlash, sud ajrimi asosida joriy etilgan sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomilining muddatida toʻxtatib turiladi. (bundan mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomalar boʻyicha olingan daromadlar soligʻi, shuningdek ijtimoiy soliq mustasno)
Bu holda sud sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining yoki tashqi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlagan va toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish yuritishni tugatish haqida ajrim chiqargan sanadan eʼtiboran mazkur soliq qarzlari 6 oy ichida teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlanadi.
Shuningdek, bankrot deb topilgan qarzdor yuridik va jismoniy shaxslarning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning mol-mulkini sotishdan tushgan mablagʻlarining qarzni toʻlashga yoʻnaltirilgan qismi daromad sifatida hisobga olinmasligi belgilandi.
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, sud boshqaruvchisi toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish jarayonida oʻz huquq va majburiyatlarini amalga oshirishi uchun daʼvo arizalar hamda boshqa arizalar bilan davlat bojini toʻlamasdan sudga murojaat qilishi mumkin boʻldi.
📌Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

#barqarorlik_reytingi
❓Barqarorlik reytingida soliq hisobotlarining taqdim etilishi qanday tartibda baholanadi?
✅"Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida"gi nizomga muvofiq, soliq hisobotlarining belgilangan muddatlarda taqdim etilishi soliq turlari bo‘yicha soliq hisobotlari belgilangan muddatlarda taqdim etilganligidan kelib chiqib, quyidagicha baholanadi:
👉 soliq turlari bo‘yicha hisobotlar belgilangan muddatlarda taqdim etilganda — 10 ball beriladi;
👉 hisobot kechiktirib taqdim etilganda yoki taqdim etilmaganda —ball berilmaydi.
❗️Mazkur ko‘rsatkichni baholashda kalendar oyda hisobot topshirish muddati kelgan barcha soliq turlari hisobga olinadi.
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
❓Barqarorlik reytingida soliq hisobotlarining taqdim etilishi qanday tartibda baholanadi?
✅"Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida"gi nizomga muvofiq, soliq hisobotlarining belgilangan muddatlarda taqdim etilishi soliq turlari bo‘yicha soliq hisobotlari belgilangan muddatlarda taqdim etilganligidan kelib chiqib, quyidagicha baholanadi:
👉 soliq turlari bo‘yicha hisobotlar belgilangan muddatlarda taqdim etilganda — 10 ball beriladi;
👉 hisobot kechiktirib taqdim etilganda yoki taqdim etilmaganda —
❗️Mazkur ko‘rsatkichni baholashda kalendar oyda hisobot topshirish muddati kelgan barcha soliq turlari hisobga olinadi.
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi
🗓 Eslatma ❗️2024-yil 23-fevral
fevral oyi uchun:
- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).

#bilasizmi #onlayn_NKM
Naqd pul yoki plastik kartaga savdo qilishingizdan qat'iy nazar QR-kodli xarid cheki berilishi shart❗️
📃Prezidentning PF-5813-son Farmoniga asosan, onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanishga o‘tgan tadbirkorlik subyektlari tovar (ish, xizmat)lar uchun to‘lov naqd pul yoki plastik karta orqali amalga oshirilishidan qat’iy nazar, xaridorlarga QR-kodli chek berishi shart.
❗️Mazkur normaga rioya qilmaslik, nazorat-kassa mashinasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik besh million so‘m miqdorida jarima qo‘llashga sabab bo‘ladi.
👉Soliq kodeksining 221-moddasi

Mahallaga biriktirilgan soliq inspektorlari faoliyati o‘rganilmoqda
Mahallani joylarda muammoni hal qiladigan institutga aylantirish maqsadida “mahalla yettiligi” faoliyatini yo‘lga qo‘yildi, xususan, tadbirkorlarning soliq ma’muriyatchiligi bilan bog‘liq muammolarini o‘rganish va joyida hal qilish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ish o‘rinlarini legallashtirish, pirovardda esa soliq bazasini kengaytirish maqsadida har bir mahallaga soliq inspektorlari biriktirildi.
Boshqarma rahbariyati mahallaga biriktirilgan inspektorlar ish jarayoni bilan tanishish, zarur ko‘rsatmalar berish maqsadida hududlarga tashrif buyurmoqda. Xususan, Farg‘ona shahar hududida bo‘lgan Shodiyona MFYga biriktirilgan inspektor faoliyati o‘rganildi. Ish jarayonini “mahalla yettiligi” bilan birgalikda tashkillash yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, jarayonning o‘zida 4-sektor hududidagi fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi hamda ularning murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Telegram I Facebook I Instagram I

#antikorrupsiya #uchrashuv
Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar
Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari tomonidan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Marg‘ilon shahri, Dang‘ara, Yozyovon, Farg‘ona va O‘zbekiston tumanlari soliq inspeksiyalarida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda so‘zga chiqqanlar tomonidan korrupsiya va uning mohiyati, oqibatlari, shuningdek, soliq xodimlarining yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etishlari hamda har qanday ko‘rinishdagi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Xodimlar soliq to‘lovchilar bilan muloqot davomida xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish, shaxsiy manfaatni davlat manfaatidan ustun qo‘ymaslik, mansab va vakolatini suiisteʻmol qilmaslik ahamiyati ta'kidlab o‘tildi.