Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.97K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Otam pensioner, yashab turgan hovlimiz ularning nomida, mol-mulk va yer soliqlaridan qanday imtiyoz bor?

Soliq kodeksiga ko‘ra, pensioner bo‘lgan jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi.

Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha esa imtiyoz faqat yolg‘iz pensionerlarga tatbiq etiladi. Ular yer solig‘idan butunlay ozod etilgan.

Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogironligi bo‘lgan bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi.

Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi, shuningdek fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

#savol_javob #yer_soligi #mol_mulk_soligi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM