Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.91K subscribers
5.4K photos
595 videos
43 files
2.71K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Ishonch telefoni: 73 241 70 61
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
"Mahallabay" ishlash tizimi bo‘yicha viloyatda yuqori ko‘rsatkich qayd etgan xodimlar rag‘batlantirildi

2024-yil may oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida baholash natijalariga ko‘ra, viloyatimizdagi 1 063 ta mahallaga biriktirilgan 438 nafar soliq inspektorining samaradorlik ko‘rsatkichi (KPI) 93,5 ballni tashkil etdi.

Ta'kidlash joiz, mazkur oyda 240 nafar soliq inspektorining samaradorlik ko‘rsatkichi 90 balldan yuqori bo‘ldi. Albatta, qilingan mehnatning samarasi o‘laroq yuqori natija qayd etgan xodimlar ham moddiy, ham ma'naviy tomondan rag‘batlantirib borilmoqda.

Xususan, viloyatimizdagi yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan xodimlar👉

🔹Beshariq tumani Yangi Rapqon mahallasi soliq inspektori Abdullayev Ilyos (98,3 ball);

🔹Buvayda tumani Tog‘liq va Buyuk ipak yo‘li mahallalari soliq inspektori Ahmedova Dilafro‘z (96,6 ball)ga Soliq qo‘mitasi Raisining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

#mahallabay

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TTY

Biznes uchun jarayonlarni oson va qulay qilamiz

Elektron tovar-transport yuk xatini noto‘g‘ri to‘ldirganlik uchun chora qo‘llamaymiz.

Soliq mobil ilovasida "Soliq biznes" xizmati ishga tushiriladi. Bu faceID'dan o‘tgan foydalanuvchilar uchun elektron TTY to‘ldirish jarayonlari keskin soddalashadi.


Sherzod Kudbiyev, Soliq qo‘mitasi Raisi
——
#ТТН

Бизнес-процессы становятся проще и удобнее

За неправильное заполнение электронных товарно-транспортных накладных меры применяться не будут.

В приложении Soliq будет запущена услуга "Soliq biznes". Для прошедших Face ID, заполнение электронных ТТН будет упрощено.


Шерзод Кудбиев, Председатель Налогового комитета

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari So‘x tumanida o‘tkazildi

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari So‘x tumanida davom ettirildi.

Unda tuman markazida joylashgan dehqon bozori va chakana savdo shoxobchalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda tadbirkorlarning huquqlari hamda soliq majburiyatlarini bajarish chog‘ida kuzatilishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlar, bunday vaziyatda mas'ullarga xabar berish qulayliklari tushuntirildi va flayerlar tarqatildi.

#antikorrupsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#deklaratsiya

Endilikda fuqarolar deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘i haqida SMS orqali ma'lumot olmoqda

📝 Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlari to‘g‘risidagi jami yillik deklaratsiyani hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etishi va hisoblangan soliq summasini 1-iyunidan kechiktirmay to‘lashi belgilangan.

📩 Bugungi kunda soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, ularning uyali telefonlariga deklaratsiya asosida (mol-mulkini ijaraga berishdan, noturar obyektlari va 36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan hamda yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan hadya tartibida olgan daromadlari) hisoblangan daromad solig‘i to‘g‘risidagi maʼlumotlar SMS ko‘rinishida yuborilmoqda.

🔗 SMS ostida “Batafsil” hamda “To‘lash” yozuvi bor. “Batafsil” yozuvi orqali to‘lov xabarnomasi yuklab olinadi. To‘lov xabarnomasida fuqaroning olgan daromadi, daromad solig‘i qanday hisoblanganligi, soliq stavkasi, hisoblangan soliq summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar o‘rin olgan.

📲 “To‘lash” yozuvi bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylashgan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga o‘rnatilgan bo‘lsa, ilovaning “Soliqlarni to‘lash” oynasidan to‘lovni tez va oson amalga oshirish mumkin. O‘rnatilmagan bo‘lsa, platforma orqali yuklab olinadi.

📊 Agar soliq to‘lovchining daromad solig‘idan imtiyozi bo‘lsa, “my3.soliq.uz” sayti orqali imtiyozini ko‘rsatgan holda jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani qayta hisobot shaklida taqdim etishi mumkin.

❗️Eʼtibor bering: SMS Soliq_uz manzilidan (Perfectum abonentlariga 6079 raqamidan) yuborilmoqda. Boshqa manzildan yuborilgan SMSlar soliq organiga tegishli emas.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#EHF #QQS

Elektron hisobvaraq-fakturalarni oʻz vaqtida toʻldirish shart


Xoʻjalik subyektlari rasmiylashtirayotgan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ravishda monitoring qilib borilmoqda.

EHF tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilishi shart.
👉 VMQ-489-son 14.08.2020

EHF quyidagilar uchun kalendar oyning soʻnggi kuni bilan mazkur oy davomida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun bir marta taqdim etiladi:

🔸elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal va aloqa xizmatlari;
🔸temir yoʻlda tashish;
🔸transport-ekspeditorlik xizmatlari;
🔸quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar;
🔸tovar (xizmat)lar doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilinadigan boshqa hollarda tovarlar yetkazib berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan)da.


Bunda, EHF tovar (xizmat)lar realizatsiya qilingan oydan keyingi oyning 10-kuniga qadar, realizatsiya amalga oshirilgan oyning oxirgi sanasi bilan rasmiylashtiriladi.

❗️Agar realizatsiya qilingan mahsulot qiymati o‘zgarsa...

Qonunchilikka muvofiq, realizatsiya qilinayotgan tovarlar qiymati yoki miqdori oʻzgarganda qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHF taqdim etish mumkin.

Shuningdek, ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi oʻzgarganda soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritilishi va aniqlashtirilgan hisobot taqdim etilishi lozim.

Soliq organlarida mavjud maʼlumotlar tahlil qilinganda ayrim soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHFlar boʻyicha qayta soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi natijasida soliq hisoblanmaslik holatlari aniqlanmoqda.

❗️Soliq toʻlovchilarga qonunchilik talablariga rioya qilgan holda soliq hisobotlarini to‘g‘ri yuritish tavsiya etiladi. Aks holda qonunchilik hujjatlariga asosan belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rilishini eslatib oʻtamiz.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#markirovka

Tadbirkorlarga 2D-skanerlar xarid qilishda soliq imtiyozlari taqdim etiladi

Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan foydalanishi shart.

2027-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlari maxsus qurilmalarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasini, biroq BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda soligʻi yoki AOS yoxud YTTlar tomonidan toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalariga kamaytirish huquqi berildi (4 x 340 000 = 1 360 000 so‘m).

Avval ushbu imtiyoz 2023-yilning 1-yanvariga qadar berilgan edi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#bilasizmi

Soliq kodeksining 483-moddasiga asosan, quyidagi sohalarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari uchun 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz (amalda 12%) etib belgilangan:

🔹chakana savdo va umumiy ovqatlanish;
🔹mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari;
🔹avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish;
🔹avtotransport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
🔹kompyuter xizmatlari;
🔹maishiy texnikani ta’mirlash;
🔹agro va vetenariya xizmatlari;
🔹ko‘ngilochar maskanlarda xizmatlar ko‘rsatish.

📌Ushbu imtiyoz tadbirkorlik subyektlari tomonidan, agar ularning yuqoridagi faoliyat turlarini amalga oshirishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etsa, qo‘llaniladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videoqollanma

Soliq mobil ilovasidan yer va mol-mulk soliqlaridan qarzdorlik bor yoki yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani oson yuklab oling.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#xushxabar #chek_tahrirlash

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarga xatolarini tuzatish uchun imkoniyat beradi


Tadbirkorlarga 2023-yil 1-yanvardan chop etilgan onlayn-NKT va elektron cheklarda yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni tahrirlash imkoni beriladi.

Hozirda texnik imkoniyat yaratilmoqda, tadbirkorlarga ham tegishli tayyorgarlik choralarini ko'rish tavsiya etiladi.

To‘liq qo‘llanma qo‘shimcha ravishda e'lon qilinadi.
___________
#отличная_новость #корректировка_чека

Налоговый комитет предоставляет предпринимателям возможность исправить свои ошибки

Предпринимателям для корректировки чеков онлайн-ККТ и маркетплейсов, ошибочно пробитых с 1 января 2023 года, будет предоставлен доступ.

В настоящее время создается техническая возможность, предпринимателям рекомендуется принять соответствующие меры по подготовке.

Подробная инструкция будет объявлена дополнительно.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram | X|Threads
So‘x tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.

Binobarin, So‘x tumanida joylashgan chakana savdo shoxobchalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazildi hamda tadbirkorlarning soliq majburiyatlarini bajarish chog‘ida kuzatilishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlarning oldini olish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shu bilan birga, soliq organlari bilan bog‘liq salbiy holat yuz berganda mas'ullarga xabar berish imkoniyatlari tushuntirildi hamda flayerlar tarqatildi.

#antikorrupsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt