Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.88K subscribers
4.72K photos
524 videos
42 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar mohiyati tadbirkorlarga yetkazilmoqda

📍Farg‘ona shahar soliq inspeksiyasida 2024-yil 1-yanvardan boshlab soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar va ularning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.

Soliq boshqarmasi mas’ullari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda shahar hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari va inspeksiya xodimlari ishtirok etdilar.

Seminarda so‘zga chiqqanlar qonunchilikdagi muhim o‘zgarishlar, xususan, soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati 5 yildan 3 yilga qisqartirilganligi, foyda solig‘i bo‘yicha har oy bo‘nak to‘lovlari to‘lashi lozim bo‘lgan tadbirkorlar daromadining chegaraviy miqdori 10 mlrd so‘m etib belgilanganligi, shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga soliq solish tartibini takomillashtirish, QQS zanjirining uzluksizligini ta’minlash borasida kiritilgan o‘zgarishlarga to‘xtalib o‘tdilar.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Soliq xizmati xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Ayni kunlarda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona viloyati filiali tashabbusi bilan “Sog‘lom davlat xizmatchisi” shiori ostida davlat fuqarolik xizmatchilarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish oyligi o‘tkazilmoqda.

Mazkur oylik doirasida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi xodimlari ham shahardagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika shifokorlari tomonidan to‘liq chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tadbir davomida soliq xizmati xodimlari 10 dan ortiq birlamchi turdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kasallik aniqlanganda xodimlarga davolanishi uchun barcha zaruriy shart-sharoit yaratib berilishi tushuntirildi. Shuningdek, xodimlar sog‘lom turmush tarzi, sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha shifokorlar maslahatlarini oldilar.

Eslatib o‘tamiz, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” gi qonunda davlat fuqarolik xizmatchisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish kafolatlangan.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Sog‘lom davlat xizmatchisi” oyligi doirasida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasida o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#ijtimoiy_soliq #YTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliq miqdorlari

Ijtimoiy soliq quyidagi miqdorlarda to'lanadi:

🔹yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT)oyiga 340 000 so‘m;

🔹savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yurituvchi YTTlarning yollanma xodimlari uchun – oyiga 170 000 so‘m;

🔹boshqa YTTlarning yollanma xodimlari uchun – yiliga 340 000 so'm;

🔹oilaviy tadbirkorlar (yuridik shaxs tashkil etmagan):
▫️YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi – oyiga 340 000 so‘m;
▫️oilaning boshqa a’zolari (18 yoshga to‘lmaganlar bundan mustasno)oyiga 170 000 so‘m.
👉 Soliq kodeksi 408-modda

👉Bugun – YTT tomonidan yanvar oyi uchun ijtimoiy soliq to‘lashning oxirgi kuni

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#brifing

Mahallabay ishlash tizimi asosida amalga oshirilayotgan ishlar samarasi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mahallani joylarda muammoni hal qiladigan institutga aylantirish, amaldagi “beshlik”ka soliq va ijtimoiy himoya xodimlarini qo‘shib, birgalikda ishlaydigan “mahalla yettiligi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qator topshiriqlar berilgan.

Berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar haqida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Bakubayev ishtirokida brifing tashkil etildi.

👉Batafsil

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi joriy qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarning barqarorlik reytingini joriy qilish boʻyicha taqdimot bilan tanishdi.

Reytingi yuqori tadbirkorlar uchun barcha soliq tekshiruvlari bekor boʻladi, QQS summasi bir kunda va boshqa soliq turlari boʻyicha ortiqcha toʻlov uch kunda qaytarib beriladi.

Tovarlarni import qilishda va sotishda QQSni bojxona va soliq organlarida oʻzaro hisobga olish imkoniyati yaratiladi.

Auksionda olingan davlat aktivlari va yer uchastkalari qiymatini boʻlib toʻlash muddati 3 yildan 5 yilgacha uzaytiriladi. Bunda kamida 15 foiz miqdorida dastlabki toʻlovni biryoʻla amalga oshirganda, qolgan summaga yillik foizlar hisoblanmaydi.

Reytingda tadbirkorlar faoliyatiga elektron tizim baho beradi. Subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar berishda reyting inobatga olinadi.

Reyting tadbirkorlarga o‘z hamkorlari to‘g‘risida ishonchli ma’lumot beruvchi himoya tizimiga aylanadi. Ya’ni, shubhali shartnomalar va insofsiz raqobatga chek qo‘yilib, “yashirin” iqtisodiyot qisqaradi.

“Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” platformasi 1-martga qadar ishga tushirilishi belgilab olindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads