Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.98K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasida yangi funksiyalar

✏️“Raqamni almashtirish”

Ushbu menyu orqali ilovadagi maʼlumotlarni saqlab qolgan holda telefon raqamini oʻzgartirish mumkin.
Buning uchun “Sozlamalar” dan "Raqamni almashtirish" tanlanadi. Soʻngra yangi raqam kiritilib, FACE ID orqali oʻzgarish tasdiqlanadi.

📨“Yangiliklar va xabarnomalar”
Endilikda sohaga oid yangiliklar bilan ilovaning ayni nomdagi menyusi orqali tanishish mumkin. "Xabarnoma"da esa ilovaga oid qisqa xabarlar eʼlon qilib boriladi.

📊“Monitoring”
Endi foydalanuvchi ilovada bajarilgan barcha amaliyotlar tarixini koʻrishi mumkin.
“Monitoring” tugmasi bosilganda so‘nggi 1 oydagi amaliyotlar avtomatik shakllanadi.
Shuningdek, “Saralash” (filtr) tugmasi orqali istalgan vaqt oraligʻini belgilash mumkin.

📱“Qurilmalar”
Ushbu menyu orqali telefon raqamingiz biriktirilgan ilovalar qaysi qurilmalarga o‘rnatilganini ko‘rish mumkin.
“Sozlamalar”dan "Qurilmalar” tanlanganda ilova o‘rnatilgan qurilmalar roʻyxati paydo bo‘ladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Quvasoy shahar 4-sektor hududidagi ehtiyojmand oilalarga yordam ko‘rsatildi

Navro‘z bayrami arafasida aholi muammolarini uyma-uy yurib o‘rganish, yuzma-yuz suhbatlashish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati tomonidan Quvasoy shahar Xuvaydo, Navoiy, A.Temur mahallalarida sayyor qabul o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbirda asosiy e’tibor ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, xususan, ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan aholi muammolarini o‘rganishga qaratildi.

Xonadonbay kesimida o‘tkazilgan tadbirda moddiy yordamga muhtoj oilalarga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

#4_sektor

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma❗️2023-yil 15-mart

fevral oyi uchun:

- hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5 qismlar);

- aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-4 qismlar).
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya

Soliq deklaratsiyalarini yuborish boʻyicha videoqoʻllanma

💻 "Kontrakt"dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olish uchun soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatining yangi versiyasida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

♻️Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
▫️kontrakt;
▫️nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
▫️ipoteka kreditlari.

☝️Bu haqda batafsil videoqoʻllanmada tanishing

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

👉
Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt