Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.99K subscribers
4.71K photos
519 videos
41 files
2.4K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#uchrashuv #fergana

DSQ rahbariyati ishtirokida Farg‘ona shahrida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xabaringiz bor, joriy yil 16-mart kuni Prezidentimiz Davlat soliq qo‘mitasiga tashrif buyurib, soliq sohasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Muloqot davomida soliq organlari tadbirkorlar bilan uchrashib ularni muammolarini tinglashi, soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni tushuntirishi, ularga ko‘makchi bo‘lishlari yuzasidan topshiriq bergan edi.

Mazkur topshiriq ijrosidan kelib chiqib, Farg‘ona shahrida Davlat soliq qo‘mitasi raisining 1-o‘rinbosari M.Mirzayev ishtirokida tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan zarur tushuntirishlar berish bilan birga tadbirkorlar savollariga batafsil javoblar berildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#uchrashuv #qoqon

Tadbirkorlar bilan uchrashuvlar Qo‘qon shahrida ham davom ettirildi

Prezidentimizning Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi doirasida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan hududlarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi tadbir Qo‘qon shahridagi “Tadbirkorlar uyi”da o‘tkazildi. Unda Davlat soliq qo‘mitasi raisining 1-o‘rinbosari M.Mirzayev ishtirok etib, qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot olib bordi.

Uchrashuvda tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan va ularni qiynayotgan masalalarga mutaxassislardan zarur tushuntirishlar oldilar.

Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etdilar.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#munosabat

Davlat soliq idoralarida asossiz yig‘ilish o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

So‘nggi kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbari tomonidan yarim tunda yig‘ilishlar o‘tkazilayotganligi haqida asossiz, tasdiqlanmagan xabarlar tarqatilmoqda.

Ta’kidlash joizki, davlat soliq idoralari tomonidan hafta davomida amalga oshiriladigan ishlarni aniq qilib rejalashtirib olish uchun dushanba kuni haftada bir marta mehnat qonunchiligi doirasida yig‘ilish o‘tkaziladi. Va, albatta, mazkur yig‘ilishlarda biror xodimning shaxsiyatiga tegish, kamsitish holatlari kuzatilmaydi. Ish vaqtidan tashqari esa bunday yig‘ilishlar o‘tkazilishiga aslo yo‘l qo‘yilmaydi.

Shu munosabat bilan, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bunday asossiz xabarlar tarqatmaslikni so‘raymiz.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#keshbek

Isteʼmolchilar fevral oyida 30 mlrd so‘mga yaqin keshbek to‘pladi

Chek uchun keshbek. 2022-yil 1-yanvardan xarid cheklarini “Soliq” mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslar xarid summasidan 1% keshbekka ega bo‘lmoqda.

Fevral oyida isteʼmolchilar tomonidan 27,9 mlrd so‘m keshbek yig‘ildi va shundan 24-mart holatiga 12,1 mlrd so‘m to‘lab berildi.

❗️Sotuvchilar tomonidan 6826 ta xarid cheki bekor qilinganligi sababli 468,9 mln so‘mlik keshbek to‘lanmaydi.

Qolgan keshbek summalari qachon to‘lanadi?

🔹4,5 mlrd so‘mlik keshbek
15474 ta tadbirkorlik subyekti tomonidan soliq hisobotlari topshirilganidan so‘ng;

🔹0,7 mlrd so‘mlik keshbek 3460 ta tadbirkorlik subyekti tomonidan soliq qarzi to‘langanidan so‘ng;

🔹10 mlrd so‘mlik keshbek shubhali bo‘lgani sababli o‘rganish natijasidan kelib chiqqan holda to‘lab beriladi.

“Soliq” mobil ilovasidagi tasdiqlangan “keshbek” mablag‘lari bank kartasiga qanday o‘tkaziladi?

1% keshbek nega 20-sanadan keyin qaytariladi?

Qaysi cheklarga keshbek qaytarilmaydi?

15 900 ta xarid cheki uchun hisoblangan keshbek summasi bekor qilindi. Sabab...

Keshbek – savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati.

Onlayn-NKM foydalanuvchilariga qanday imtiyozlar taqdim etilgan?

Yana 15 mingdan ortiq isteʼmolchiga keshbek to‘lab berildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#elon

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Bir qator tadbirkorlik subyektlari ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan onlayn nazorat-kassa mashinalari (NKM) va virtual kassalar soliq organlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilmayotganligi yuzasidan xabarlar kelib tushmoqda.

Ushbu murojaatlarning sabablarini tezkor o‘rganib chiqish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida alohida Telegram guruhi yaratildi.

Yangi modeldagi onlayn-NKMlarni Davlat reestriga kiritishda muammoga duch kelgan tadbirkorlardan https://t.iss.one/online_nkm_group havolasi orqali murojaat yuborishlarini so‘raymiz.
______
#объявление

Уважаемые налогоплательщики❗️

Поступают сообщения о том, что ряд субъектов предпринимательства, осуществляющих производство онлайн-ККМ и виртуальных касс, не могут зарегистрировать их в налоговых органах.

Для оперативного изучения причин таких обращений и решения возникающих в этой связи вопросов создана отдельная группа в Telegram.

Предпринимателей, которые столкнулись с проблемой включения новой модели онлайн-ККМ в Государственный реестр, просим оставить своё обращение по ссылке https://t.iss.one/online_nkm_group

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

DSQ rahbariyati ishtirokida farg'onalik tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o'tkazildi.

©️Farg'ona TV

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram