FEATURE.UZ
914 subscribers
300 photos
18 videos
1 file
329 links
Texnologiya, marketing, AT va fichalar haqida
Download Telegram
Bir narsani aniq aytishim mumkinki, o‘zimizning futbolda ham gap koʻp. Ammo, doim ham undagi voqealarni
bilib turishning imkoni yoʻq.

Agarki, futbol muxlislar uchun oʻynalsa, nega endi, ular yangiliklardan oʻz vaqtida boxabar boʻlmasliklari kerak? Diyor Imomxoʻjayev (@diyorimamkhodjaev) do‘stim esa ochiqcha gapirishni afzal biladi. Futbol olamidagi barcha masalani oʻz Telegram kanalida yoritib boradi. Kanal egasi UzReport va Futbol TV telekanallaridagi faoliyati orqali yevrofutbolning ham ichida. Uning fikrlari sizni befarq qoldirmasa kerak.

O‘zim bu kanalni kuzataman, postlardagi tartib va sodda ko‘rinishda yozilishi menga yoqadi. Diyor do‘stimning kanaliga obuna bo‘lishni tavsiya qilaman: @diyorimamkhodjaev
Apple kuz-uchinchi taqdimotini e’lon qildi. Kompaniya yangi Apple Silicon protsessorlarga ega bo‘lgan birinchi MacBook Air va ikki xil dyuymli MacBook Pro namoyishi haqida aytgan. Taqdimot 10-noyabr kuni Moskva vaqti bilan soat 21: 00 da onlayn ko‘rinishda bo‘lib o‘tadi.

@featureuz
Endi, Telegram-kanal ma’murlari 50 obunachidan boshlab kanal statistikasini ko‘rishlari mumkin.

Oldin, minimal 500 obunachidan boshlab ko‘rish mumkin edi.

@featureuz
«Oʻzbekistonda talabalar uchun internet trafigi sarflanmaydigan maxsus platforma ishlab chiqish taklif qilindi» — meningfikrim.uz portalida shu ko‘rinishdagi petitsiya joylashtirildi. Bu haqida mana bu yerda tanishishingiz mumkin.

Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, mening taxminim bo‘yicha shunaqa holatlar kuzatilishi mumkin: internet juda sekin ishlashi yoki trafikni qanchadir tezlikgacha cheklab qo‘yilishi🤷‍♂ — hammasi normal bo‘lsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi!

@featureuz
YouTube endi iPhone 12 uchun 4K HDR ya’ni 2160p formatini qo‘llab-quvvatlar ekan.

@featureuz
⚡️Telegram o‘z ilovasida to‘lov platformasini yaratishi mumkin.

Telegram dizayneri o‘z Instagram sahifasiga joylagan rasmda bu narsani payqagandek bo‘ldim🤷.

2017-yilda uni botlar orqali amalga oshirish rejalashtirilgan edi, endi bu safar dasturning o‘zida alohida va qulay bo‘lim paydo bo‘lishi mumkin.

@featureuz
Bugun 236 mingdan ortiq obunachiga
ega boʻlgan «Reddit» Telegram-kanali uxlatildi.

Firibgar, kanal egasidan Yandex diskidagi «.*zip» *faylini yuklab olishni soʻragan. Firibgarning - ya’ni, reklama beruvchining soʻzlariga koʻra, faylda reklamaning ijodiy materiallari boʻlgan. Bu esa Windows operatsion tizimlaridagi zaiflikdan foydalanadigan virus boʻlib chiqqan.

Bunday holatda akkauntni ikki bosqichli autentifikatsiya paroli ham yordam bermaydi. TGStat'dagi kanal sahifasida voqea toʻgʻrisida ogohlantirishni oʻz ichiga
olgan qora belgi paydo boʻldi.

Batafsil: rus tilida.

@featureuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zoom — «mmhmm» 🤔. Virtual sahifangizni o‘zgartiring!

Mac foydalanuvchilari uchun «mmhmm» xizmati ishga tushibdi. Nomi ham antiqa
ekan😄. Windows uchun ham kutilmoqda.

Xizmat vazifasi: Virtual prezentatsiyalar yaratishga va ularni Zoom yoki Google Meet'ga qo‘shishga imkon berar ekan. Servis bepul. Premium ham bor. Boshqa xususiyatlari videodan va batafsil ma’lumotni rasmiy sahifadan olishingiz mumkin: https://mmhmm.app/feature

@featureuz
Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi TikTok'dan sahifa ochganiga qanday qaraysiz?
Anonymous Poll
23%
Ijobiy
25%
Salbiy
52%
Menga qiziq emas
FEATURE.UZ
Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi TikTok'dan sahifa ochganiga qanday qaraysiz?
TikTok'ga kirib kelgan IIBB'ni normal holat deb baholayman. Nima maqsadda foydalanishini va qanday kontent joylashini kuzatamiz.

Aslini olib qarasak — Instagram ham TikTok'dan qolishmaydi, nega endi aynan TikTok? Nega Instagram emas? TikTok eng rivojlanib borayotgan tarmoq, xohlaymizmi yo‘qmi — bu bizning hayotimizga kirib keldi.

@featureuz
Oramizda Among Us haqida eshitganlar bormi? Demak, Among Us mobil o‘yinlar orasida eng ko‘p yuklab olingan o‘yinlar reytingida yetakchilikni hech kimga bermayapti😐.

Bu o‘yin 2018-yilda chiqarilganligiga qaramasdan 2020-yilga kelib jahon reytingining peshqadamiga aylandi. Quyidagi rasmda buni ko‘rish mumkin.
Uch kishi tomonidan ishlab chiqarilgan bu o‘yinga deyarli e’tibor berilmay qo‘yilgan edi va u mashxurlikka qanday erishdi: rus tilida.
@featureuz
🤔Zoom endi qanday yo‘l tutadi — 400 million foydalanuvchisi va kuchli shifrlash bilan kuchli raqibga ega bo‘lishi mumkin.

Telegramda guruhli videoqo‘ng‘iroqlar paydo bo‘lish ehtimoli yuqori. May oyida Telegram ushbu funksiyani yil oxiriga qadar ishga tushirishi haqida aytgan edi. Twitterdagi Telegramning rasmiy sahifasi bu yangilik haqida aytib o‘tdi.

UPD: Android va IOS uchun beta versiyada paydo bo‘ldi. @featureuz
— Qachon endi bizda ham boshqa rivojlangan mamlakatlardagi kabi internet tezligi yaxshi bo‘ladi? Qachon tomni ustidan tushamiz?

— ... @featureuz
​​Bepul WiFi

Dunyoda hech bir davlat qilmagan ish — Janubiy Koreya dunyo boʻylab birinchi marta barcha jamoat avtobuslarida bepul umummilliy simsiz internet — WiFi tarmogʻini tashkil etibdi.

Aytishlaricha, 14-dekabr kuni mamlakat boʻylab 35,600 avtobusga bepul Wi-Fi ulanish nuqtalari oʻrnatilibdi. Taxminlarga ko‘ra, kelgusi uch yil davomida — har yili 21,4 million dollar miqdorida iqtisodiy foyda olish mumkin ekan.

Maʼlumotlarga koʻra — avtobuslarda bepul WiFi xizmati oʻtgan yilning may oyidan beri 420 million martadan koʻproq foydalanilgan. Bu davrda 14,000 yuqori aniqlikdagi kino maʼlumotlari fayllariga teng boʻlgan 16,000 terabaytdan ortiq maʼlumotlar isteʼmol qilingan.

Bu bilan fuqarolarga maʼlumot olish uchun qulaylik yaratish va aloqa xarajatlarini kamaytirish maqsad deb qo‘yilgan.

Qanday yaxshi?

@featureuz
Pubg Mobile — 2020-yilning eng ko‘p daromad olib kelgan o‘yini deb topildi. Yil boshidan beri bu o‘yin 2,6 milliard dollar ishlab olishga muvaffaq bo‘ldi, bu esa 2019-yilga nisbatan 64,3 foizga ko‘pdir.
Google Yangi Yil arafasida insonlarning kayfiyatini ko‘tarish maqsadida bir xizmatni yaratibdi — Blob Opera.
Telegram 2021-yildan boshlab daromad keltira boshlaydi ya’ni reklamalarni ishga tushiradi. Messenjer asoschisi Durov'ning aytishicha — «Biz buni qadriyatlarimiz va so‘nggi 7 yil ichida bergan va‘dalarimizga muvofiq qilamiz». Bu degani reklamalar haddan tashqari bizni bezor qilmaydi.