FEATURE.UZ
916 subscribers
300 photos
18 videos
1 file
329 links
Texnologiya, marketing, AT va fichalar haqida
Download Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda tez pul topish, oson boy boʻlishga targʻib qiluvchi eʼlonlar anchagina. Bu kabi hirs oʻyinlarga aslo qurbon boʻlmang! Oson va tekin pishloq faqatgina sichqon qopqonida boʻladi...

Telegram orqali daromad qilishni, tez pul topishni o‘rgataman, vebinar tekin deydiganlarni ham ayrimlari o‘zlari hech qanday natijaga erishmasi sizni aldab, hech narsa o‘rgatmay turib pulingizni olishga harakat qiladi. Xullas bu kabi mayda gaplarni @ramzbek'da yozib turaman. Shunchaki e’tiborli bo‘ling!

@featureuz
Recuva

https://www.ccleaner.com/recuva

Tasodifan o‘chirib yuborilgan yoki yo‘qolib qolgan fayllarni kompyuterda tiklash uchun yaxshi dasturlardan biri Recuva dasturidan foydalanish mumkin ekan.

Foydali 5 ta dastur ham mana shu yerda keltirib o‘tilgan.

@featureuz
Kanal statistikasini ko‘rish uchun, Telegram statistika bo‘limini yaxshi takomillashtirgan. Lekin kanaldagi postlar haqida barcha statistik ma’lumotlarni olish qiyin.

Zo‘r va oson usul — har qanday post statistikasini olish uchun, @tgstat_bot'ga kerakli postning manzilini yuboring (copy post link). Masalan, t.iss.one/featureuz/483.

@featureuz
Instagram, TikTok'dagilar haddidan oshib ketdi, Telegram'dagi ayrim bir kanal egalari ham ayrim bir mavzularda xato qilishyapti, nazarimda.

Internetni bloklash uchun uskunalar sotib olgan Davlatlar ro‘yxatida biz ham bor. Demak to‘g‘ri yo‘lni tanlash kerak, ayrim akkauntlar bloklanishi mumkin.

Kech bo‘lsada: kun.uz/uz/47372986

@featureuz
Cryptee, Encrypted & Private
Photos & Documents

https://crypt.ee/

Crypt — hujjatlar, fayllar va rasmlarni
xavfsiz saqlash uchun bepul xizmat.
Ro‘yxatdan o‘tish anonim. Bepul 100
MB beriladi. Qulay va sodda xizmat.

@featureuz
@ramzbek: Xabaringiz bo‘lsa kerak, biznesni Telegram orqali boshlab, rivojlantirmoqchi bo‘lganlar uchun
yaxshi bir loyiha tashkil qilganman:

https://telegra.ph/biznesni-tg-orqali-boshlamoqchi-bolganlar-uchun-10-16

@featureuz
Endi Instagram blogerlar ham YouTube blogerlarga o‘xshab «Layk va qo‘ng‘iroqcha tugmasini bosib qo‘ying» deyishadi — Instagram bildirishnomalarni ishga tushirdi.

Bu funksiya oldin ham bo‘lgan ekan, faqat
yashirin menyuda. Hozircha bildirishnoma menda ishlamadi, kuzatamiz.

@featureuz
Winbindex

https://m417z.com/winbindex/

Winbindex — Windowsning faqat tizim fayllari uchun qidiruv xizmati: .exe, .dll,
.sys va boshqalar. U nafaqat qanday fayl ekanligini tushuntiribgina qolmay, balki uni rasmiy serverlardan yuklab olishga ham yordam beradi.

@featureuz
Foto: tginfo

Shaxsiy yozishmalardagi xabarlarni
«Pin» — qadash. (
Pin, Закрепить)

Yaqinda boʻlib oʻtadigan Telegramning barcha platformalari uchun yangilanishida foydalanuvchilar xabarlarni shaxsiy xabarlarga «Pin» — qadashlari mumkin bo‘ladi. Bu esa muhim maʼlumotlarni suhbatda saqlashga yordam beradi.

Hozirda bu funksiya messenjerning test serveridagi mijozlarning barqaror versiyalarida ishlaydi.

@featureuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Windows 10 yangilandi va nihoyat so‘nggi yangilanishida «Pusk» menyusining piktogramma va dizaynini o‘zgartirdi.

Agar operatsion tizim o‘zi yangilanishni yuklab olishni va o‘rnatishni taklif qilmagan bo‘lsa, siz rasmiy Microsoft veb-saytining Media Creation Tool nomli maxsus vositadan foydalanishingiz mumkin.

@featureuz
​​TikTok qanday bu darajada tez rivojlanib boryapti? TikTokda qanday kontent qilish samarali bo‘ladi?

TikTok keskinlik bilan rivojlanayotgani va uning asosiy qismini 16-25 yoshdagilar tashkil qilayotgani uchun bu haqida qisqa qilib post yozishga qaror qildim:
TikTokning bu darajada rivojlanishiga sabablar, bular — odamlarning kulguli, bemaza videolarga o‘chligi va bizning erinchoq bo‘lib borayotganimizdir. Informatsion to‘lqin tezlik bilan kirib kelyapti, axborot texnologiyalari rivojlanyapti, odamlar matnlarni o‘qishga erinadi va bitta qisqa video lavha orqali tushunib olishni yoki kulguli videolar orqali zavq olishni xohlashadi.

Bu tarmoqni asosan, odamlar zavq olishi va o‘zimiz shu narsaga o‘ch bo‘lganimiz uchun kulguli va bemaza kontentlar qamrab oldi. Bunaqa kontentlar ko‘paveradi, ko‘paveradi va oxiriga borib odamlar bularni saralay boshlashadi.
TikTokda kontent uchun eng yaxshi va samarali yo‘l bu — aynan qaysidir mavzuda foydali kontent qilishdir, brend. Odamlar bunaqa foydali kontentlarga, aynan, mana shu tarmoqda juda o‘ch. Yana bir siz uchun plus tarafi — bunaqa foydali kontent bilan TikTokda o‘sish, rivojlanish oson va kelajagi bor.

Men TikToker emasman, kuzatuvlarim va izlanishlarimga asoslanib yozdim. Bu gaplar shunchaki — IMHO🤷.

@featureuz
Zoom orqali uzoq vaqt davom etadigan uchrashuvlar uchun - Vimeo tomonidan Google Chrome uchun «Vimeo Record» kengaytmasi chiqarildi, bu sizga suhbat davomida, ekrandan qo‘shimcha dasturlarsiz video xabarlarni yozib olish imkonini
beradi: vc.ru/services/171082

@featureuz
Yangilanishi kutilayotgan Telegram 7.2 versiyadagi eng asosiy yangiliklardan biri bu — shaxsiy chatdagi bir nechta xabarlarni «pin» qilish funksiyasi beta-versiyada sinovdan o‘tkazilyapti. Sinab ko‘rishingiz mumkin: https://t.iss.one/betainfo/385

Yakuniy yangilanishda ham kutsa bo‘laveradi😍

@featureuz
⬛️ Facebook tarmog'ining iOS mobil ilovasida "tungi rejim" (to'q rangdagi dizayn) sinovdan o'tkazilmoqda.

Ishga tushirish uchun:
1. Burchakdagi menyudan sozlamalar bo'limiga kirasiz;
2. «Настройки и конфиденциальность»ni tanlaysiz;
3. «Тёмный режим»ga kirib «Включено»ni bosasiz bo'ldi.

Agar bunday menyular chiqmasa unda AppStore orqali Facebook ilovasini so'nggi versiyasiga yangilab oling.

#facebook | Birinchi raqamli IT-blog
Bir narsani aniq aytishim mumkinki, o‘zimizning futbolda ham gap koʻp. Ammo, doim ham undagi voqealarni
bilib turishning imkoni yoʻq.

Agarki, futbol muxlislar uchun oʻynalsa, nega endi, ular yangiliklardan oʻz vaqtida boxabar boʻlmasliklari kerak? Diyor Imomxoʻjayev (@diyorimamkhodjaev) do‘stim esa ochiqcha gapirishni afzal biladi. Futbol olamidagi barcha masalani oʻz Telegram kanalida yoritib boradi. Kanal egasi UzReport va Futbol TV telekanallaridagi faoliyati orqali yevrofutbolning ham ichida. Uning fikrlari sizni befarq qoldirmasa kerak.

O‘zim bu kanalni kuzataman, postlardagi tartib va sodda ko‘rinishda yozilishi menga yoqadi. Diyor do‘stimning kanaliga obuna bo‘lishni tavsiya qilaman: @diyorimamkhodjaev
Apple kuz-uchinchi taqdimotini e’lon qildi. Kompaniya yangi Apple Silicon protsessorlarga ega bo‘lgan birinchi MacBook Air va ikki xil dyuymli MacBook Pro namoyishi haqida aytgan. Taqdimot 10-noyabr kuni Moskva vaqti bilan soat 21: 00 da onlayn ko‘rinishda bo‘lib o‘tadi.

@featureuz
Endi, Telegram-kanal ma’murlari 50 obunachidan boshlab kanal statistikasini ko‘rishlari mumkin.

Oldin, minimal 500 obunachidan boshlab ko‘rish mumkin edi.

@featureuz