FEATURE.UZ
917 subscribers
300 photos
18 videos
1 file
329 links
Texnologiya, marketing, AT va fichalar haqida
Download Telegram
​​Bir tomonda blogerlarni qopga solib, olib ketyapti, yana bir tomonda fuqarolar chet eldan kelgan telefonlarini ro‘yxatdan o‘tkazolmayapti, chunki, ularning passport ma’lumotlaridan shu maqsadda oldin foydalanilgan.

Zamon keskinlik bilan juda tez rivojlanyapti, do‘stlar😁

@featureuz
​​«Talaba» ta’rif rejasi UMS tomonidan ishlab chiqilibdi. Oyiga 15000 so‘m abonent to‘lovi evaziga 1000 megabayt, tungi vaqt uchun yana shuncha trafik, barcha yo‘nalishlar uchun chiquvchi 500 daqiqa va 500 SMS taqdim etilar ekan.

Hurmatli talabalar, faqat Telegramga kiringlar, video, rasm va boshqalarni yuklamanglar, megabayt tugab qolish xavfi bor.

Oyiga 1000 megabayt berilishini eshitib, hisobimda qancha trafik borligini tekshirish yodimga tushib qoldi😁👇

@featureuz
Ha, aytgancha. Biz tomonlarda «4G»dan ko‘ra, «3G» tez ishlaydi. Ayrim paytlari «E».

@featureuz
​​ALT + BACKSPACE

Agar, siz word dasturida ishlayotgan paytingiz, tasodifan matnning bir qismini o‘chirib tashlagan bo‘lsangiz, xavotir olmang, sodda yechim bor:

Bu kombinatsiya sizga hammasini
o‘z joyiga qaytarishga yordam
beradi — Alt + Backspace.

@featureuz
Telegram-akkauntlarni to‘g‘ri boshqara biling. Amerika nomerga ochilgan akkauntlar, ikki bosqichli himoyalangan bo‘lsa, o‘zidan-o‘zi yo‘q bo‘lib qolmasligi kerak.

Mendagi Amerika nomerga ochilgan akkauntlar ikki bosqichli himoyalangan, hozircha ishlab turibdi. 2ndLine dasturi orqali olingan.

Asosiy akkauntdagi turishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarni, Amerika nomerga ochilgan akkauntga ishonib topshirmaslikni maslahat beraman, har ehtimolga qarshi ishonchli turgani yaxshi.

* Telegram Sozlamalari→Maxfiylik va Xavfsizlik→ikki bosqichli autentifikatsiya.

@featureuz
Telegramga oid yangiliklar joylab boradigan bir necha nufuzli kanallarda 4-sentyabr kuni «Telegram pornografik kanallarning 60 foizini oʻchirib tashladi», — degan maʼnodagi yangilik tarqaldi. Bunga uz.tgstat.com aniqlik kirgizdi: Aslida esa bunday emas. Telegram haqiqatdan ham shu mavzudagi bir necha kanallarni oʻchirib tashladi, lekin ularning soni ayni damda taxminan 120 tani tashkil qiladi, ularning deyarli barchasi — ruscha kanallar.

Kanallar oʻchirilishining sababi nimada ekanligi va nima uchun aynan shu kanallar «qoʻlga tushib» qolgani nomaʼlum.
«Kattalar uchun» kategoriyasidagi kanallarning soni Telegramda anchagina koʻp (qariyb 25 mingta), ammo ularning 0,5 foizigina oʻchirildi.

- oʻchirilgan kanallar ichidagi eng yirigida 425 ming obunachi bor edi;
- ularning 25 tasi 100 mingdan ziyod obunachiga ega edi;
- ularning 45 tasini 10 dan 100 mingacha obunachi kuzatib borar edi.

Oʻchirilgan kanallardagi obunachilarning umumiy (unikal EMAS) soni 7 milliondan ziyodni tashkil qildi.

@featureuz
KeePass Password Safe

https://keepass.info

Parollarni kompyuterda xavfsiz saqlash uchun bepul va ishonchli dasturlardan biri bu — KeePass Password Safe. U yordamida barcha parollarni ishonchli va xavfsiz saqlash mumkin.

@featureuz
Google Chrome — tizimga katta ta‘sir ko‘rsatadigan va ko‘p internet trafikni talab qiladigan reklamalarni bloklashga yordam beradigan yangi funksiyasini Chrome 85 versiyasida sinovdan o‘tkazdi.

Bu funksiya hozircha ayrim bir (cheklangan) foydalanuvchilar uchun mavjud. Sinovdan so‘ng, ommaga taqdim etilishi kutilmoqda. Batafsil ma’lumotni mana bu yerdan o‘qish mumkin.

@featureuz
Ilovalarni almashish xususiyati Google Play'da paydo bo‘ladi. SHAREit dasturi kabi.

Google yaqinda Android foydalanuvchilari uchun yaxshi bir yangilikni e‘lon qildi: tez orada Google Play'da foydalanuvchilarga smartfonlaridan dasturlarni almashish imkoniyatini beradigan muhim xususiyat paydo bo‘ladi.

Internetga ulanmasdan ham ilovalarni almashish mumkin. Ilovalarni uzatishning yagona sharti, qurilmalar yaqin bo‘lishi kerak. Funksiyaning o‘zi SHAREit dasturiga o‘xshaydi, WiFi aloqasi yordamida fayllarni uzatish imkonini beradi.

@featureuz
Ko‘p foydalanadigan saytingizni ish stoliga chiqarib qo‘ying. Vaqtingizni tejaysiz😬

Siz ko‘p foydalanadigan saytlarni brauzerdan kirib, manzilni yozib, saytni ishga tushirish ko‘p vaqtni oladi. Ish stoliga chiqarib qo‘ying ya’ni «Рабочий стол»da «Ярлык» hosil qiling:

Ish stolida turib, sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, «Создать» → «Ярлык» va kerakli, ko‘p foydalaniladigan saytning manzilini kiriting keyin «Далее», yorliqqa nom bering va «Готово» bosiladi.

@featureuz
​​Shrink Me

https://shrinkme.app

Telefonim kamerasida rasmga olsam, rasm smartfonim xotirasiga 20 mb bo‘lib tushdi. Rasm sifatiga gap yo‘q. Bunaqa rasmlardan yana bir nechtasi bilan kichikroq xotirani to‘ldirib qo‘yish mumkin.

Shrink Me degan server bor. Odatda bu kabi server, ilovalarga ishonmasdim, lekin bu ko‘ngildagidek. Shrink Me — rasm sifatini o‘zgartirmasdan hajmini kichiklashtirib beradigan onlayn, bepul va foydali xizmat. Mening sinovimdan o‘tdi😁

@featureuz
Youtubedan videolarni yuqori sifatda yuklamoqchi bo‘lsangiz, @izibot premium – pullik bo‘libdi. Faqat eng oddiy sifatda bepul yuklash mumkin. Bugun bildim🤷

Misol uchun, endi https://get7video.ru saytidan foydalanish mumkin.
Xizmat bepul. Max: 720p.

@featureuz
Smartfonlar bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim lifehacklar

Lifehack 1: Agar smartfoningizdan kino ko‘rmoqchi bo‘lib uni joylashtirishda muammolar bo‘lsa — ko‘zoynakdan foydalaning.

Lifehack 2: Smartfoningiz yoritgichidan lampa sifatida foydalanish mumkin. Buning uchun telefoningiz yoritgichini yoqing va ustiga bir shisha suv qo‘ying. Rasmlar post tagida keltirilgan.

Bundan ham ko‘p, qiziqarli lifehacklarni YouTubedan ko‘rishingiz mumkin.

@featureuz
Kanalga post joylaydigan botda bir foydali funksiya bor. Nazarimda ko‘pchilik bu «fishka»ni bilmasa kerak, e’tibor berishmagan🤷.

Telegram-kanal egasi, bot orqali kanaliga post joylab, post tagiga rasm, video yoki gif biriktirish yodidan ko‘tarilsa, postni o’chirib, uni to‘g‘rilagan holda kanalga qayta joylaydi. Endi bu shart emas!

Buning oddiy yechimi bor: Botga kirib, «Редактировать» bosiladi va kerakli post kanaldan botga «Forward» qilinadi, keyin kerakli narsa postga biriktirilib, «Сохранить изменения» bosiladi, hammasi tayyor🤷.

@featureuz
​​Imkoniyatdan foydalaning!

Bugun 00:00 gacha ro‘yxatdan o‘tmagan yoki bloklangan mobil qurilmalarning IMEI kodlarini bepul ro‘yxatdan o‘tkazishingiz mumkin.

Xitoydan kelgan, bloklangan telefon bor edi. Sim-karta qo‘ygandim ishlab ketdi😁. Faqat sim-kartani telefonga qo‘yishni o‘zi kifoya. 2 ta sim-kartani ham qo‘yib oling🤘

@featureuz
​​​​Windows 7'dan katta boʻlgan barcha versiyalarida foydalanuvchi odatiy parametrlarda har doim ham topib boʻlmaydigan 230 ga yaqin tizim sozlamalariga kirish huquqini beradigan «maxfiy boʻlim» bor.

Ushbu boʻlimga kirish uchun pastda ko‘rsatilgan nomli papkani yaratsangiz, papka tegishli belgini oladi va nom yoʻqoladi.

Ushbu papkada 230 ga yaqin sozlamalar mavjud, ular yordamida, diskni defragmentatsiya qilish, brandmauer holatini tekshirish yoki Windows komponentlarini boshqarish mumkin😉

Papka nomi: GodMode.{ED7BA470-8E54-465E-825C-99712043E01C}

@featureuz
foto: kod.ru

Android uchun sinov tariqasida Telegram 7.1.0 ning beta-versiyasida kanallardagi postlarga ilovadan chiqmasdan, misol uchun Facebookdagi kabi komment qoldirish funksiyasi paydo bo‘ldi. Bu funksiya ishlashi uchun kanalga guruh bog‘langan bo‘lishi kerak.

Reliz ya’ni yakuniy versiyada ham bu funksiya paydo bo‘lish ehtimoli bor💥

@featureuz
​​Telegram-kanal yaratuvchilari endi kanalidagi postlar necha marta va qayerlarga ulashilganligini osongina ko‘rishlari mumkin.

Hozircha beta-versiyada sinovdan o‘tkazilmoqda, relizda ham kutsa bo‘laveradi.

Beta-versiyada sinab ko‘rish uchun: https://t.iss.one/betainfo/329

@featureuz
​​Deyarli har ikki saytdan bittasida sayt sizga bildirishnomalar yuborish uchun ruxsat berishingizni so‘raydi va siz «Rad etish» tugmachasini bosmaguningizcha sizga yoqimsiz menyu ko‘rsatiladi.(rasm)

Chrome brauzerida bildirishnomalarni yoqish so‘rovlarini o‘chirib qo‘yish mumkin:

Chrome sozlamalari→«Maxfiylik va xavfsizlik»→«Sayt sozlamalari»ni tanlang va «Bildirishnomalar» bo‘limida «Saytlar bildirishnoma yuborish uchun ruxsat so‘rashi mumkin» bandini o‘chirib qo‘ying.

Настройки→«Конфиденциальность и безопасность»→«Настройки сайта»→«Уведомления»→«Сайты могут запрашивать разрешения на отправку уведомлений».

Android, iOS va kompyuterda ketma-ketlik bir xil bo‘lmasligi mumkin, lekin mana shu ko‘rinishda sozlash mumkin.

@featureuz
Telegram muammolarga duch kelyapti

Oxirgi yangilanishdan so‘ng va yaqinlashib kelayotgan yangilanishlar munosabati bilan ayrim xatolar bo‘lyapti. Kanalga bot orqali post joylamaslikni maslahat beraman, postlar takrorlanishi mumkin. «Channel» postkriptasi paydo bo‘lyapti. Ko‘rishlar soni bilan ham muammolar bo‘lishi mumkin.

@featureuz