FEATURE.UZ
922 subscribers
300 photos
18 videos
1 file
329 links
Texnologiya, marketing, AT va fichalar haqida
Download Telegram
«Repost.uz» go‘yoki @AsanovEldar formatida

U shunday yozgan: Oʻzbekistonda til masalalariga koʻp aralashadigan bir rus tilli sayt bor, “Repost.uz” degan. Odatda til masalasiga havaskorona aralashadi, lekin ozgina shovshuv koʻtarib oladi.

Kecha saytdagilar bir sarlavhada “Virusolog” oʻrniga “virusologinya” soʻzini ishlatganiga koʻzim tushgandi. Shu kuni kechroq esa sayt bosh muharriri Timur Abdullin nega feminitivlardan foydalanilayotgani tushuntirilgan izoh beribdi.

Izoh, kutganimdek, feministik, lingvistik va siyosiy stereotiplarga toʻla. Timur masalaga siyosiy va ijtimoiy nuqtai nazardan yondashgan, hatto ozgina lingvistikaga ham bosh suqqan, ammo bu sohani tushunmasligini koʻrsatib qoʻygan. Oʻzi bugungi dunyoda tilshunoslikka jiddiy qaramaslik, uni yaxshi bilmay turib u haqda fikr bildiraverish (“til – kimyo emas, oson” degan stereotip) – oddiy holat.

Batafsil: t.iss.one/AsanovEldar/1605

Men hamma gaplarga qo‘shilaman va @AsanovEldar gaplarini qo‘llab-quvvatlayman!
​​Kapwing

https://www.kapwing.com

Kapwing — bu rasmlar, GIF va videolar uchun zamonaviy muharrir bo‘lib, ko‘p xususiyat va imkoniyatlarga ega bo‘lgan intuitiv. Bepul onlayn vositalardan foydalaning.

Siz osongina, videoning o‘lchamini o‘zgartirishingiz, kontrastini sozlashingiz, taglavhalarni qo‘shishingiz, audioni o‘chirishingiz yoki qo‘shishingiz mumkin va boshqa ko‘p narsalar.

Bepul versiyada to‘liq xususiyatlar mavjud, ammo ba’zi kichik cheklovlar bor. Xizmatning barcha xususiyatlari bu yerda keltirilmadi. Rasmga qarang:

@featureuz
Avval Twitter, endi YouTube. Nimalar bo‘lyapti😱

Firibgarlar YouTube'dagi bir nechta mashhur akkauntlarni buzib tashladilar, so‘ngra o‘g‘irlangan kanalning obro‘li obunachilaridan Bitcoinni chiqarib olish uchun video-ko‘rsatuvlar o‘tkazdilar. Bu haqida iMore'da o‘qidim.

Esports sharhlovchisi Rod Breslau 3-avgust kuni bir nechta mashhur YouTube kanallari buzilganligini va hisoblari «Elon Musk NASA», «SpaceX NASA» va shunga o‘xshashlarga o‘zgartirilganligini payqadi.

Breslau ta’kidlashicha, bu video xizmat hech qachon hal qilib bo‘lmaydigan doimiy muammo ekan.

@featureuz
Gmail'da sezilarli darajadagi bir kamchilik mavjud — jo‘natuvchi qabul qiluvchini, xatni o‘qigan yoki o‘qimaganligini aniqlay olmaydi.

Buni tuzatish uchun Mailtrack'dan foydalaning (faollashtirish uchun siz faqat Gmail orqali kirishingiz kerak). Endi xabarlar yonida, qabul qiluvchi sizning xabaringizni o‘qiganligini bildiruvchi 2 tasdiq belgisi paydo bo‘ladi😉

Maktub oxirida qabul qiluvchi kengaytmaning ishlashi uchun zarur
bo‘lgan maxsus vidjetni ko‘radi.

@featureuz
Agar eshitmagan bo‘lsangiz: Telegram akkauntingizni «Telegram» yoki «Saved Messages», ya’ni, «Tanlanganlar», «Избранное» deb hech qachon nomlamang. Boshqa Telegram tillarida ham. Akkauntingizdan ayrilib qolishingiz aniq.

Telegram yaqinda yana bir firibgarlikni oldini oldi. Firibgarlar o‘z akkauntlarini «Saved Messages» deb nomlaydi va sizga yozadi, siz o‘qib ulgurmasi yozuvni o‘chirib tashlaydi. Siz maxfiy ma’lumotlaringizni, «tanlanganlar»ga saqlab qo‘ydim deb, firibgarning feyk akkaunti bilan ulashasiz.

Sinab ko‘rdim: ikkita yangi akkaunt ochdim, «Saved Messages» va «Telegram» deb nomladim, ikkita akkauntga ham o‘z profil rasmlarini joyladim, birovga yozib ulgurmasimdan «Deleted account» bo‘ldi.

Asosiy akkauntdan buni takrorlab ko‘rmaslikni maslahat beraman. Akkauntdan ayrilib qolasiz.

@featureuz
* DarkReader

Negadir tunda internetdan foydalanishni o‘zim uchun qulay deb bilaman, chunki, hech kim bezovta qilmaydi. Agar siz ham menga o‘xshab tunni kompyuter qarshisida, internetda o‘tkazsangiz, Chrome brauzeri uchun «tungi mavzu»ni yuklab oling.

Oq fon ko‘zingizni charchatadi, shu
sababli ham Chrome brauzerining
qorong‘i mavzusini o‘rnatib qo‘yishni
maslahat beraman.

@featureuz
Word dasturida saqlanmay yopilgan fayllarni tiklash mumkinmi? 📄

Hujjat shoshilinchda Сохранить tugmasini bosmasdan yopilganida nima qilish kerak? 🤔
Ko‘p ham kuyunmang – faylni tiklash mumkin.

Buning uchun menyu satrining boshida keluvchi Файл bo‘limi tarkibidagi Сведения quyi bo‘limiga o‘tib, shundan so‘ng Управление документом bosiladi. Ochilgan ro‘yxatda Восстановить несохраненные документы bandini tanlaysiz.

Ushbu harakat amalga oshirilganidan keyin dasturda yaqin orada ishga tushirilgan (yaratilgan yoki o‘zgartirilgan) barcha hujjatlarning nusxalarini avtomatik saqlash uchun mo‘ljallangan xizmatchi papka ochiladi😉

@featureuz
* Video Call

Nihoyat, Telegram Android uchun beta 7.0.0 versiyasida «video qo‘ng‘iroqlar» funksiyasini ishga tushirdi.
Bu degani — reliz ya’ni oxirgi yangilanishda ham yaqin kunlar ichida paydo bo‘ladi😍

Betani yuklab olish: t.iss.one/betainfo/270

@featureuz
​​PrtScr klavishini unutamiz va ayyorroq usulga o‘tamiz😎

PrtScr klavishida olingan rasmlar Paint dasturida ishlov berilib, keyinchalik Word dasturi yoki kerakli joyga rasm sifatida qo‘llaniladi. Ushbu jarayon biroz ko‘p vaqt talab etadi, xo‘sh, osonroq yo‘li bormi?
Ha, bir emas ikki yo‘li bor. Windows.

birinchi. Agar butun sohani emas, balki ochilib turgan faol oynani rasm ko‘rinishida saqlash lozim bo‘lsa, Alt + PrtScr klavishlari birgalikda bosiladi.

ikkinchi. Ножницы: Ushbu dasturni ishga tushirish uchun Пуск menyusini ochgan holda, qidiruv satriga Ножницы so‘zi kiritiladi, yoki Win + R klavishlari yordamida Выполнить oynasi ishga tushirilib, unga snippingtool buyrug‘i kiritiladi, OK tugmasi yoki Enter klavishi bosiladi.

Ushbu usulning qulay tarafi: Произвольная форма, прямоугольник, окно, весь экран — kabi imkoniyatlar borligida. Qaysi usul siz uchun qulay bo‘lsa, foydalanishingiz mumkin.

@featureuz
Audiotool

audiotool.com/users/captcha

Bu saytda g‘ayrioddiy narsa bor — avval siz audioni tinglaysiz va keyin, ovoz pastdagi variantlardan qaysiga tegishli ekanini aniqlashingiz kerak bo‘ladi. Shunchaki
sun’iy intellekt🙂


@featureuz
Telegramda uzilishlar

Twitter’dagi Telegram rasmiy akkauntining xabar berishicha, vaqtinchalik muammolar tufayli Telegram-kanallari adminlari kanallardagi postlarning o‘chirilishi bilan bog‘liq muammoga duch kelishi mumkin.

O‘chirilgan postlar yaqin orada tiklanadi — Telegram.

@featureuz
Telegram bugun 7 yoshda — bugungi kun uchun sovg‘a ham bor. Ha, bu o‘sha «video qo‘ng‘iroqlar»🎁

Telegram 7 yoshga to‘lishi munosabati bilan, bizni sovg‘asiz qoldirmadi!

Hoziroq Telegramni yangilab olishingiz mumkin. «Video qo‘ng‘iroqlar» funksiyasi endi Androidda mavjud😍

https://telegram.org/blog/video-calls/uz

@featureuz
Video qo‘ng‘iroqlar (barqaror versiya) nihoyat iOS uchun!

O‘rnatish uchun havola: App Store

https://telegram.org/blog/video-calls/uz
Mashhurlarning akkauntlari orqali Instagram-firibgarlik

Instagramda skamerlar faollashdi — ogoh boʻling. Ular aldov sxemasini oʻzgartirishdi: endi sizga goʻyoki ijtimoiy tarmoqning qoʻllab-quvvatlash xizmatidan koʻk tasdiq belgisi bilan belgilangan «Verified | Support» akkauntidan yozishadi va sizga ham shunday tasdiq belgisiga erishishni taklif qiladi.

Faqatgina bir kichik rasmiyatchilik qoladi: maxsus saytga parolni kiritish va Instagram akkauntingizdan ayrilib qolish.

Gurov: Menga bunday xabar qandaydir tarzda buzib kirilgan, tasdiqlangan (ko‘k tasdiq belgisini olgan) Pyotr Rikov, maxsus aktyor (“Оптимисты”, “Кровавая барыня”) akkauntidan keldi.

@featureuz
​​So‘ngi yillarda avtomobil avariyalari ko‘payib ketdi. Shu kabi yo‘l harakati qoidalariga e’tiborsizlik tufayli yuzaga kelgan avtohalokatlarni blogerlar ijtimoiy tarmoqlarda ko‘proq muhokama qilishi kerak. Televideniya orqali ham.

Misol uchun, televideniya yoki bitta bloger tufayli 100 ta odam xulosa chiqarsa, 100 ta shunaqa holat bartaraf etilishi mumkin.

Blogerlar bu kabi voqealarni ko‘proq yoritishini taklif qilaman. Chunki, bugun blogerlar o‘z auditoriyasiga yaxshigina ta’sir kuchiga ega.

@featureuz
Voice Changer

https://voicechanger.io

Ovozni o‘zgartirish uchun yaxshi server ekan. Saytga kirsangiz, ovozni o‘rgartirish uchun bir nechta variantlar ham chiqadi. «Upload audio» tanlanib, kerakli audio qo‘shiladi. Kerak bo‘lsa, foydalanib ko‘rishingiz mumkin.

@featureuz
Instagram o‘chirilgan postlarni saqlash uchun yangi funksiya qo‘shadi.

Aytishlaricha, Instagram yaqinda o‘chirilgan xabarlar va hikoyalar saqlanadigan maxsus bo‘limni ishga tushirar ekan.

30 kun ichida, agar fikringizni o‘zgartirsangiz, ularni qayta tiklashingiz mumkin. Shu vaqt ichida o‘chirilgan postlar tiklanmasa, keyin ular abadiy yo‘qoladi.

@featureuz
Sekundiga 178 terabit — bu Internet tezligining yangi rekordidir

Internetda ma’lumotlarni uzatish tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi — sekundiga 178 terabit. Shu bilan birga, yaqin kelajakda bunday tezlik oddiy foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘lmasligini qo‘shimcha qilish kerak.

https://bit.ly/31golZl

@featureuz
Bu rasm Photoshopda tayyorlanmadi, oddiy bir sayt orqali qilindi.

Sayt faqat Instagram emas, balki — Facebook, WhatsApp, Snapchat, Twitter va boshqalar uchun rasmdagi kabi soxta post yoki xabarlar yaratish uchun yaxshi server.

Hammasi oddiy: Saytni o‘zi boshqaradi — zeoob.com saytiga kirasiz generatorni tanlaysiz, oxirgi bosqichda rasm chiqadi va qalamchani ustiga bosib tahrirlaysiz. Hammasi bajarilgandan so‘ng — «Save your post» tanlanadi va «Download» bosiladi.

Tasavvur qiling, Cristiano Instagram profiliga kanalim logotipini qo‘yib, «FEATUREUZ» kanaliga gap yo‘q deb post qoldirsa😁

@featureuz
Kompyuteringiz yonida boʻlmasangiz ham, uning ekranini bloklash mumkin🤔

Windows 10 tizimida «Динамическая блокировка» funksiyasi yoqilgan boʻlsa, telefon yoki birorta qurilma orqali Bluetooth ishga tushirilib, kompyuterga ulanishingiz mumkin.
Agar Bluetooth orqali ulangan qurilmalar ulangan hududdan chiqib ketsa, kompyuteringiz ekrani avtomatik bloklanadi.
Buning uchun:
1. Пуск'ni bosib, «Параметры»→«Учетные записи»→«Параметры входа» boʻlimiga kiriladi.
2. «Динамическая блокировка» boʻlimida kerakli joyiga belgi qoʻyiladi.

Ekran blokirovkasi, taxminan, Bluetooth bilan ulangan qurilma hududdan (qurilmaga bogʻliq) chiqib ketgandan so‘ng, bir daqiqa ichida ishga tushadi😉

@featureuz