FEATURE.UZ
922 subscribers
300 photos
18 videos
1 file
329 links
Texnologiya, marketing, AT va fichalar haqida
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Isobuild

Isobuild — bu bepul izometrik rasmlar generatori.

Saytda foydalangan holda izometrik rasmlar chizish imkoni bor. Buning uchun quyida keltirilgan havola orqali o‘tib «Get started» ni bosish orqali o‘zingizni fantaziyangizni ishga soling!

Natijani saqlash uchun yuklash belgisi ko‘rsatilgan belgini bosib SVG, PNG va JPEG formatlardan birini tanlash kifoya. Kompyuterdan foydalanish tavsiya
qilinadi! #server

Sayt - isoflat.com/explore-isobuild

@featureuz
Ijtimoiy tarmoqlar va har xil saytlarda so‘rovnomalar to‘ldirayotganingizda e‘tiborliroq bo‘ling!

Hozir shunaqa bir holatlar uchrayotgan ekan — koronavirus bor yoki yo‘qligi haqida so‘rovnomalarni to‘ldirib, javob olishingiz kerak bo‘ladi. Buning uchun so‘rovnomada — sizning ism familiyangizdan boshlab, bank kartalaringizgacha so‘rovnomada to‘ldirishingiz so‘ralar ekan.

@featureuz bu holat yuzasidan ogohlikka chorlaydi!

Ogoh bo‘ling! Ogohlik davr talabi. Shaxsiy ma’lumotlaringiz va bank kartalari haqidagi ma’lumotlardan har qanday joyda foydalanmang!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Telegram yangi animatsion emojilarni qo‘shdi: 👏 va 👎

Endi biror bir chatga 👏 yoki 👎 yuborsangiz emojilar katta hajmda va harakatli ravishda yuboriladi!

«Chat sozlamalari» => «Katta hajmdagi kulgichlar» dan animatsiyani o‘chirib qo‘yishingiz mumkinligini eslatib o‘taman.
Gif by «Vash telegram» #telegram #emoji

@featureuz
Instagram ijtimoiy tarmog‘ida yangi funksiya paydo bo‘ldi😍

Instagram o‘z ilovasiga yangi xususiyatni qo‘shdi. Endi Instagram foydalanuvchilari o‘z profilining kommentariyasida qoldirilgan fikrlarni «Pin» qilish ya’ni «qadab qo‘yish» imkoni paydo bo‘ldi. Bu haqida mana bu yerdan o‘qib qoldim.

U yerda yozilishicha izohni surish orqali menyu chiqar ekan. Lekin men hozir o‘z smartfonimda (android) sinab ko‘rdim. Menda — izohni ustiga bir necha soniya bosib turganimda menyu paydo bo‘ldi 🤷.

Ko‘rsatilgan menyuda endi «O‘chirish», «Hisobot» va «Javob berish» tugmachalari va balki «Pin» tugmachalari ham mavjud! #instagram #news

@featureuz
Xabarlarni yuborishda foydali bo‘ladigan ikkita funksiya

Telegram foydalanuvchilari xabarlarni yuborishda foydalanmaydigan va e’tibor bermaydigan ikkita funksiya haqida bilasizmi?

telegra.ph/Xabarlarni-yuborishda-biz-foydalanmaydigan-va-etibor-bermaydigan-funksiyalar-07-08 #telegram #foydali

@featureuz
Masofaviy ishlash tartibidan xabardormisiz?

Masofadan ishlash deganda nima tushuniladi? - Xodimning mehnat shartnomasida koʻrsatilgan majburiyatlarini ish beruvchining joylashgan hududidan tashqarida, doimiy ish joyi, hudud yoki obyektdan tashqarida bajariladigan ish usuli tushuniladi. Batafsil:

https://telegra.ph/Masofaviy-ishlash-tartibidan-xabardormisiz-07-10

@featureuz
​​Doodle Rig!

Doodle Rig — bu sizning chizgan harakatlaringizni oddiy animatsiyasini yaratadigan xizmat. O‘z fantaziyangizni ishga soling va ijod qiling!

Sizdan hech qanday animatsiya yaratadigan dasturlarni bilish va bilimlarga ega bo‘lishingiz talab qilinmaydi.

Eng yaxshi deb bilgan animatsiyangizni aloqa boti'ga yo‘llashingiz mumkin!

Sayt: doodle-rig.glitch.me

#serves #site@featureuz
Ha, shunaqa. U qisqartirilgan havola edi aslida

Qisqa URL manzillarni yaratish va tahlil qilish.
Agar sizda uzun URL bo‘lsa va uni qisqartirmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi xizmatlardan foydalaning:

- https://bitly.com
- https://yerl.org

Qisqa URL manzillarni yaratish va tahlil qilish uchun professional va rivojlangan xizmat. Xizmat bepul, ro‘yxatdan o‘tishni talab qilmaydi va uning interfeysi imkon qadar sodda!

«URL'ni qisqartirish» tugmachasini bosgandan so‘ng, natijada havolasi bo‘lgan blok ko‘rsatiladi. #foydali #server

@featureuz
Xo‘sh, Telegram profilingiz buzib kirildi, nima qilish kerak?

Agar siz mana bu ishlarni bajarishni bilganingizda edi — bu holatgacha kelmagan bo‘lardingiz, agar bilmasangiz unda buni o‘qing! Kimgadir oson, kimgadir esa qiyin bo‘lishi mumkinligi uchun bu qo‘llanma yozildi! Batafsil:

https://telegra.ph/Telegram-akkauntingiz-ogirlandi-birinchi-bolib-nima-qilish-kerak-07-14 #telegram #foydali

@featureuz
Karantin – bu pulsiz qolish uchun asos emas!

Jahon freelance saytlarida 9 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan hamyurtimizning Telegramdagi “Freelance UZB” loyihasi juda katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

U karantin tufayli ishsiz qolgan insonlarga masofaviy ish topishda yordam beribgina qolmay ularni muayyan bir sohani egallab olishlari uchun ham yordam qo‘lini cho‘zmoqda. Qolaversa, u muntazam ravishda nazorat olib borib, masofaviy ishga oid eng zo‘r takliflarni o‘z kanalida joylashtirib bormoqda.

Kanalga ulanishi: @freelance_uzb

#reklama
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ZapBG — rasmlardan fonni tezda olib tashlash uchun yangi xizmat😍

Zapbg.com — bu sayt yangi xizmat bo‘lib rasmlardan orqa fonni sifatli olish uchun yaxshi yordam beradi. Sayt rasmdagi fonni aniq va to‘g‘ri ajratib oladi va siz istagan fonni joylashtirish imkonini beradi. Yangisini hoziroq sinab ko‘ring va baho bering!

Rasmlardan fonni olish uchun remove.bg sayti haqida ham yozib o‘tgan edim. #site #server

Sayt: zapbg.com

@featureuz
​​Family Link — yosh farzandingiz onlayn o‘rganishi, o‘yinlar o‘ynashi va turli xil saytlarga kirishida ularga nisbatan asosiy tartib-qoidalarni belgilashga yordam beradi!

Farzandingiz harakatlarini kuzatish: Qurilma bilan vaqtni foydali o‘tkazish. Farzandingiz yoqtirgan ilovalarida qancha vaqt sarflayotganini kuzatib boring va unga qurilmadan vaqtini foydali o‘tkazishi yuzasidan maslahatlar bering.

Farzandingiz qurilmasini qulflash: Qurilmadan tanaffus qilish vaqti kelganida, masalan, farzandingiz ochiq havoda o‘ynab kelishi, ovqatlanishi yoki siz bilan birgalikda vaqt o‘tkazishi uchun uning qurilmasini masofadan turib qulflashingiz mumkin.

Joylashuvni aniqlash: Farzandingiz yo‘lda bo‘lganida ham uni kuzatishingiz mumkin. Agar u qurilmasini o‘zi bilan olib yursa, uning joylashuvini Family Link orqali aniqlash mumkin. Android uchun. Ma’lumotlar ilovaning rasmiy sahifasidan olindi.

Ilovani yuklab olish: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.google.android.apps.kids.familylink #foydali #ilova

@featureuz
Majbur bo‘lsak, bajaramiz!

Shu paytgacha shunaqa bo‘lib kelgan. Buning yaqqol isboti karantin bo‘ldi. Shu yil OTM'larga va ayrim ta’lim muassasalariga hujjat topshirish onlayn bo‘lyapti. Bunga sabab, karantin va biz majbur bo‘lganimiz. Agar majbur bo‘lmasak, har yilgi ahvol.

Karantin tufayli «internet tezligi» qoniqarli darajada emasligi ko‘p muhokama qilindi. Bechoralar tomni ustiga chiqib o‘tirdi🤦🏻‍♂. Agar yangi o‘quv yilidan yana karantin bo‘lib, hammasi onlayn bo‘ladigan bo‘lsa, internet tezligi ham yaxshilanadi. Chunki majbur bo‘lamiz... Xulosa sizdan. IMHO🤷🏻
IMHO — mening shaxsiy fikrimcha degani!

Misol keltiraman: «Mana bu» yozgan foydali postimga atay layk bosmadi, chunki, u majbur bo‘lmadida, o‘zbekda u😄

@featureuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nihoyat yangilanish navbati Telegramning rasmiy saytiga yetib keldi

Telegram messenjerining rasmiy veb-sayti yangilandi. Messenjerning rasmiy veb-saytining ko‘rinishi yangicha tus oldi, jumladan: oddiy rasmlarning o‘rniga o‘rdak bilan jonlantirilgan stikerlar paydo bo‘ldi.

Animatsiyalar orasida yuklash chegarasining limiti ko‘payishi haqida ko‘rsatmalar mavjud va «Unlimited chats» yo‘qolgan deyiladi «tginfo» axborotida. #telegram #news

Messenjer rasmiy saytining yangilangan holati: telegram.org

@featureuz
Telegramda vaqtni bekor ketkazish haqida

Telegramda har xil foydasiz boʻlgan kanallarda vaqtni bekor ketkazgandan koʻra, ilm olib sohangizni mutaxassisi boʻlishingiz kerak.

Najot Ta’lim - telegram kanali shu shablonga tushadi. U yerda zamonaviy kasblar boʻyicha oʻz bilimlaringizni doimiy oshirib borishingiz mumkin. Oddiy bir misol, hozir hamma joyda shov-shuv boʻlayotgan bepul grafik dizayn kurslarini ham aynan, Najot Taʼlim tayyorlabdi.

Batafsil maʼlumot kanalida turibdi@najottalim

#reklama
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
​​Google endi Gmail konsepsiyasini o‘zgartirmoqda, yangilanish hali hamma uchun ham mavjud emas!

Gmail mobil ilovasida to‘rtta asosiy bo‘lim mavjud — oddiy pochta uchun mail, hamkasblar bilan tezkor xabarlashish uchun chat, Slack uslubidagi guruh suhbatlari uchun rooms va videokonferensiyalar uchun uchrashuv. Shunga o‘xshash bo‘limlar veb-versiyada paydo bo‘ladi, yon panelga faqat Google Docs qo‘shildi. Qanday ko‘rinishga ega — quyidagi videoda.

Gmail'ning global yangilanishi hozirda faqat korporativ foydalanuvchilari uchun mavjud, hamma uchun ham mavjud emas. Yangilanish asta-sekin ishlab chiqariladi, Google hali bu haqida aniq sanani e’lon qilmadi. by «secretd» #gmail #google

@featureuz
​​SCRETCH😎

Endi animatsiyalarni hech qanday qiyinchiliklarsiz siz ham yaratishingiz mumkin!

2019 yilda 12 ta multfilmni yaratish uchun “Oʻzbekkino” Milliy agentligiga 4 milliard 458 million soʻm miqdoridagi byudjet mablagʻi ajratildi. Mana pulimizni qayerga sarflayapmiz.

Scretch — Animatsion multfilmlarni va video o‘yinlarni tayyorlash mumkin bo‘lgan bepul va sodda xizmat. Sayt imkoniyatlari juda keng, 50 dan ortiq animatsiyalar tayyorlash mumkin bo‘ladi! Saytni yaxshi o‘rganib chiqib, professional darajadagi animatsion multfilmlarni yaratish mumkin.

Bunaqa qimmatli ma’lumotlarni hech qayerdan topolmasangiz kerak:)) Agar sizda ham shunaqa qiziqarli ma’lumotlar bo‘lsa bizga yo‘llang!

Multfilmlar uchun ajratilgan mablag‘ milliardlarni so‘zlamoqda. Koroche, @featureuz tekinga animatsion multfilmlar yaratib beradi bratlar😂

#animation #service@featureuz
Bepul 500MB sovg‘a🥳 — Uztelecom

MyUztelecom mobil aloqa abonentlari uchun bonuslarni taqdim etmoqda!

Shu jumladan, faqat 2020 yil 17-iyuldan 31-avgustgacha MyUztelecom ilovasini yuklab oling va hoziroq 3 kunga sovg‘a sifatida 500 MBni bepul qo‘lga kiriting!

📲 Android platformasi uchun: Google Play
🍏 iOS platformasi uchun: App Store

Batafsil: bit.ly/2WBuYTm

#uztelecom #reklama@featureuz
Telegram kanallarida ko‘rishlar soni ko‘rsatgichi bilan muammolar bo‘ldi

Bir necha soatlar ichida kanallardagi xabarlarning ko‘rishlar sonini hisoblashda muammolar bo‘ldi.

kunuz va shu kabi yirik kanallarni kuzatdim. kunuz Telegram kanalida yarim soatdan ko‘proq vaqt ichida ham ko’rishlar soni 80k-ni tashkil qildi.

Hozir muammo bartaraf etildi va ko‘rishlar sonini hisoblash o‘z holatiga qaytdi

@featureuz
Qanday qilib Google siz haqingizda ma’lumot saqlashiga yo‘l qo‘ymasligingiz mumkin?

Google biz haqimizda nimalarni bilishi haqida mana bu yerda qisqacha yozganman.

Endi, Google biz haqimizda kam maʼlumotga ega bo‘lishiga ishonch hosil qilamiz:

- barcha parametrlarni, qidiruvlar tarixini oʻchirish;
- reklamani shaxsiylashtirishni oʻchirish;
- barcha maʼlumotlarni oʻchirish, iloji boʻlsa parametrlarni oʻchiring;
- joylashuv tarixini oʻchirish.

Agar sizda mutlaqo paranoya paydo boʻlsa, Google hisobingizni oʻchirib tashlashingiz mumkin.

@featureuz