FEATURE.UZ
916 subscribers
300 photos
18 videos
1 file
329 links
Texnologiya, marketing, AT va fichalar haqida
Download Telegram
«NASA»ning ikki astronavti «Space X» kompaniyasining «Falcon 9» raketasi uchiga o'rnatilgan «Dragon» kapsulasida xalqaro fazo stansiyasiga uchishi va ob-havo noqulayligi sababli parvoz bekor qilingani haqida yozgan edim.

Ikkinchi urinish bugun, ya’ni ertaga o‘tar kechasi, Toshkent vaqti bilan soat 00:22 da bo'lib o'tadi.

Ushbu hodisani onlayn tarzda kuzatishingiz mumkin:
https://youtu.be/21X5lGlDOfg

@featureuz
​​Bu imkoniyat sizga yaxshi yordam beradi, bro 🤟. Qoʻlda yozilgan mavhum generator.

Agar siz yozuvlarni qoʻlda yozishdan charchagan boʻlsangiz, unda bu sayt siz uchun buni amalga oshirishda koʻmaklashadi!

https://handwrittner.ru/ — saytidan roʻyxatdan oʻtib, matn kirgizish va “Создать конспект” ni bosish orqali qoʻlda yozilgan yozuvni yuklab olishingiz mumkin.

• Har hafta sayt 30 ta bepul varaqlarni taqdim etadi. Xullas saytning imkoniyatlari juda keng, o‘zingiz foydalanib ko‘ring!

P.S: Domlo, endi konspekt soʻrasangiz word'da yozib, saytdan foydalangan holda “konspekt qildim” deb uchirvoramanda :)). Sessiyani 5 ga yopsam boʻldi 😅

Sayt — https://handwrittner.ru

#konspekt, #generator, #site
@featureuz
​​Servislardan bolalar uchun foydali xizmatlar — «Bolalar uchun»

• Siz farzandingizning tarmoqdagi keraksiz resurslarga kirishini cheklab, «ikids.uz» resursidagi ongni rivojlantiruvchi va ko‘ngilochar kontent dengizini taqdim etasiz — Ucell

— Eslatib o‘taman, Ucell kichkintoy abonentlari uchun ta’limiy onlayn resurslarga cheksiz va bepul kirish imkonini ham taqdim etgan edi — ucell.uz/tqz

• «bolahuquqlari.uz» portali 14 yoshgacha boʻlgan bolalar hamda ota-onalarga moʻljallangan boʻlib, maʼlumotlar bolalar yoshiga mos ravishda, ular uchun tushunarli tarzda bayon qilingan.

— Yorqin va eʼtiborni tortuvchi ranglar, rasmlar va suratlar orqali bolalar uchun qiziqarli dizayn yaratilgan.

— Bolajonlar oʻz uylaridan turib koʻngilochar-interaktiv oʻyinlar, mantiqiy topshiriqlar, testlar orqali huquqiy bilimlarini yanada oshirishlari mumkin.
1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan @featureuz barcha bolajonlarni qutlaydi!

#service
@featureuz
O‘zbekistonda COVID-19 pandemiya vaqtida «Internet tezligi» ko‘tarilibdi 🥺

2020 yil 1-iyun holatiga ko‘ra “Ookla” kompaniyasi Speedtest.net servisi “COVID-19” Internet global sur'atiga ta'sirini e'lon qildi.

Buning natijalarga ko‘ra, O‘zbekistonda Internet tezligi 6 foizga (Fixed Speed Change), mobil Internet tezligi esa 18 foizga (Mobile Speed Change) ko‘tarilgan deb yozmoqda mitc.

Nima deb o‘ylaysiz, sezilarli darajada «internet tezligi» yaxshilandimi? «Internet tezligi» nechadir foizga ko‘tarilganini sezdingizmi?

@featureuz
«​—» va «-» chiziq va chiziqchaning farqi nimada? Klaviaturada kombinatsiyalar orqali qo‘llanilishi qanday? 😬

Bro, oldingi yozgan postimga qaragan boʻlsang, “...“ bilan “...” — qoʻshtirnoqlarning farqi haqida yozgan edim. Tire — «—» va defis — «-» bu ikki belgidan foydalanish haqida. Wikipediyadan oʻqidim.

Tirepunktuatsiya, defisorfografiya.

Tire alohida soʻzlar orasida qoʻllaniladi, defis esa soʻzning ichida.

Tire probel bilan yoziladi, defisni yozishda esa undan oldin va keyin boʻsh joy tashlanmaydi.

Kombinatsiyalar orqali:

«—» — Tire (Alt+0151)
«–» — Qisqa tire (Alt+0150)
«-» — Defis

Bro, yozgan postlarimga haqqoniy baho ber, aldab qo‘yma :))

@featureuz
Telegram'da navbatdagi yangilanish va yangi imkoniyatlar.

Telegram'ning so‘ngi yangilanishi sizga video tahrirlagich, animatsiyali rasmlar, yaxshiroq GIFlar, har qanday ommaviy axborot vositalariga animatsion stikerlar qo‘yish, fotosuratlar va videolarni chizishda kattalashtirish va boshqa imkoniyatlarni beradi.

https://telegram.org/blog/video-editor-gifs/uz

#telegramnews, #newversion
@featureuz
Apple va Google smartfonlarning ilovasi uchun uzoq vaqt kutilgan texnologiyani ishlab chiqibdi.

Apple va Google koronavirusga qarshi kurash texnologiyasini ishlab chiqdilar.

Dastur taʼminoti Bluetooth simsiz texnologiyasidan foydalanadi va oddiy prinsip asosida ishlaydi. Dasturni Android va iOS operatsion tizimlarida tadbiq etish rejalashtirilmoqda.

https://telegra.ph/featureuz-06-05

@featureuz
​​Bruno Simon


Google qidiruv tizimining imkoniyatlari bilan tanishtirib kelyapman. Google qidiruv tizimidan foydalanib, o‘yin o‘ynash haqida ham bir necha marta aytib o‘tdim.

Hozir aytmoqchi bo‘lgan o‘yin oldingilaridan ko‘ra sifatliroq. O‘ynab ko‘ring — bruno-simon.com. Olqishlar bo‘lsin!
Mashina haydashni biladiganlar o‘ynasin! :))


#google, #site, #game
@featureuz
Aytishlaricha, 7-iyun kuni Toshkent vaqti bilan tungi 01:05 atrofida Telegram messenjerida muammolar ro‘y berdi.

Asosan Yevropa va Yaqin Sharqning ba’zi foydalanuvchilari so‘nggi bir soat ichida messenjerga ulanishda muammolarga duch keldi. Ayniqsa Rossiya va Yevropadagi foydalanuvchilar.

Telegram'dagi nosozliklarning sababi haqida messenjer vakillari hech qanday rasmiy ma‘lumot berishgani yo‘q.

Eslatib o‘taman, Telegramda so‘ngi marta 2019-yil noyabr oyining oxirida global nosozlik yuz bergan edi.

@featureuz
Grafik dizayn bilan shug‘ullanuvchi fransiyalik dizaynerning Instagram'dagi sahifasida, go‘yoki, u dunyoni bir butun yaxlitlikda tasvirlashga intilgandek!
Bular, katta mehnatning mahsulidir! 🙂

@featureuz
​​Sen nimadir chizasan, u senga shunga o‘xshash tavsiyalar keltiradi😎

Xullas, men foydali va siz umuman eshitmagan ma‘lumotlar berishdan charchamayman :))
Sen nimadir chizasan, u senga chizgan narsalaringa o‘xshash tavsiyalar beradi. Ishonmaysanmi? Unda sinab ko‘r va baho ber!

https://autodraw.com — havola orqali o‘tib, o‘zingiz yoqtirgan narsani rasmini chizing va u sizga chizgan rasmingizga o‘xshash tavsiyalar keltiradi va siz undan foydalanishingiz mumkin.

@featureuz
Agar fleshkani kompyuterdan toʻgʻridan-toʻgʻri uzib olsangiz — bu xato!

Buni bilishingiz mumkin, lekin amal qilmaysiz. Bitta ehtiyotsizlik sizni USB-fleshkangizni, qolaversa barcha maʼlumotlaringizni boshiga yetishi mumkin. Bu holat takrorlanaversa, boshida xuddi hech narsa qilmagandek, keyin esa fleshka yaroqsiz!

Siz fleshkani kompyuter yoki telefonga qanday ulagan boʻlsangiz shunday uzib olish — bu xato. Fleshka kompyuterga ulangandan keyin, u kompyuterning bir qismiga aylanadi. Agar siz uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzib olsangiz, xuddi siz kompyuterni bir qismini uzib olgandek boʻladi. Faqat Microsoft fleshkani to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqarib olishni tasdiqlagan, har holda ehtiyot
bo‘lganimiz yaxshi.

Toʻgʻri yoʻl bu — “извлечь” va keyin fleshkani ajratib olishdir!😉

@featureuz
​​Ayrim saytlarga kirishda eʼtiborliroq boʻling!

Hozirgi kunni axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilolmaymiz. Shunday ekan, siz koʻpgina ijtimoiy tarmoqlar va saytlardan foydalanishingiz tabiiy hol. Siz biror bir saytdan foydalanganingizda «https» va «http» — kabilarga koʻzingiz tushadi. Bank kartalari, Pul mablagʻlari, shaxsiy maʼlumotlar va shunga oʻxshash maʼlumotlaringizni himoyalash uchun «http» saytlardan umuman foydalanmang!
«https» saytlardan foydalanish tavsiya qilinadi. Nimaga bu gaplarni aytyapman?
«https» — kredit kartalar, sizning maʼlumotlaringiz yaʼni foydalanuvchi maʼlumotlari va hamma maxfiy maʼlumotlaringiz kodlangan tarzda bo‘ladi va uni hakerlar buzishi qiyin.

Saytlarga kirguncha sayt nomi toʻgʻri yozilganiga eʼtibor bering. Moshenniklar mashxur saytlarni nomlariga oʻxshash nomlarni tanlashadi va sizni ishonchingizga kirmoqchi boʻlishadi, masalan:

Qiwi toʻlov tizimining rasmiy web-sayti: https://qiwi.ru
Moshenniklar yaratgan Qiwi soxta web-sayti: https://qiwirus.ru

Bu yerdan koʻrinib turibdi-ki, moshenniklarning sayti «http» protokoli bilan boshlangan! Hozirda bu server ish faoliyatini toʻxtatgan!

«Internet firigarlari» haqidagi maqolani oʻqish — https://t.iss.one/featureuz/375

Reaksiyalar orqali baho bering va fikrlaringizni yozib qoldiring!

@featureuz
«Siz mana shuncha pul mablagʻini yutib oldingiz» — mana bu havola orqali oʻtib, qabul qilib olishingiz mumkin 😬

Bu tahdidlar, menga kelgan maʼlumotlarga koʻra, bizning ayrim blogerlarimizga nisbatan boʻlgan edi.

Xavfsizlik nuqtai nazaridan, begona havololar orqali oʻtmaslik kerakligi haqida oldin ham aytib oʻtganman. Agar sizga ham shu va shunga oʻxshash xabarlar kelsa — notanish havolalar orqali oʻtmaslikni tavsiya qilaman!

Begona havolalarni yaʼni manzillarni tekshirish uchun maʼlumot:

Tahdidlarni oʻrganish portali — bu sayt orqali, shubhali koʻringan havolalar va fayllar haqida maʼlumot olishingiz mumkin boʻladi.

Saythttps://virusdesk.kaspersky.ru

#site, #foydali
@featureuz
Har holda t.iss.one/featureuz xavfsiz ekan😁 Sayt — «Good» deb chiqardi :))

@featureuz