FEATURE.UZ
917 subscribers
300 photos
18 videos
1 file
329 links
Texnologiya, marketing, AT va fichalar haqida
Download Telegram
Insoniyat tarixida birinchi bor astronavtlar xususiy kompaniya tomonidan uchirilmoqda.

«NASA»ning ikki astronavti «Space X» kompaniyasining «Falcon 9» raketasi uchiga o'rnatilgan «Dragon» kapsulasida xalqaro fazo stansiyasiga uchadi.

Toshkent vaqti bilan 01:33 da butun dunyo nigohlari AQSH tomon qaratiladi.

Ushbu hodisa ayni damda jonli efirda namoyish etilmoqda, tomosha qiling: https://youtu.be/Aymrnzianf0

@featureuz
​​Norvegiyadagi xavfsizlik bo‘yicha tadqiqot guruhi – Promon, juda ko‘p sonli Android qurilmalarida mavjud bo‘lgan o‘ta muhim nosozlikni aniqladi.

Ta'kidlanishicha, bu kamchilik boshqa zararli ilovalar «yaxshi ilova» niqobi ostida yashirinishi va xakerlarga foydalanuvchilarni yolg‘on axborotlar bilan aldash imkonini beradi. CVE-2020-0096 raqamli nosozlik — “Stranghogg 2.0” deb nomlandi. “Stranghogg 2.0” so‘nggi versiya – Android 10'dan tashqari barcha Android tizimlarda mavjud deb xabar bermoqda iXBT sayti.

O‘tgan yilning may oyida “Google” butun dunyo bo‘ylab 2,5 milliardga yaqin Android qurilmalari faol ekanini e’lon qilgandi. 2020-yil aprel oyiga kelib, foydalanuvchilarning atigi 16 foizi Android 10 tizimini o‘rnatganini hisobga olsak, kamida bir milliard qurilmalar xavf ostida.

@featureuz
Google'dan qochib qutulolmaysan :))

@featureuz
​​Pac-man


Pac-man — Googleʼni oʻzida turib oʻyin oʻynash imkoni bor. Google qidiruv tizimiga “Pac-man” deb kirgizish orqali eng sodda qiziqarli oʻyinni oʻynashingiz mumkin.

Hech qanday ilovasiz bolalikni eslatuvchi ajoyib oʻyinni oʻynab maroqlaning!

Google imkoniyatlari juda keng. Albatta bu siz uchun qiziq. Shu va shunga o‘xshash ma‘lumotlarni ham kanalga yozib boraman 🤟

O‘yinni katta ekranda o‘ynashni maslahat beraman.

#game, #google
@featureuz
​​Animal Sounds


Bir yoʻla buni ham aytib keta qolay. Google qidiruv tizimiga “animal sounds” ga soʻrov yuborish orqali, ayrim bir jonzotlarning qanday tovush chiqarishini bilib olishingiz mumkin boʻladi.

Googleʼning bu imkoniyati koʻproq bolalar uchun qoʻl keladi. Bu shunchaki googleʼning bir imkoniyati.
Shunchaki qiziqish 🤟

Bir sinab koʻring, umuman siz eshitmagan tovushlarni eshitasiz :))

#google
@featureuz
«NASA»ning ikki astronavti «Space X» kompaniyasining «Falcon 9» raketasi uchiga o'rnatilgan «Dragon» kapsulasida xalqaro fazo stansiyasiga uchishi va ob-havo noqulayligi sababli parvoz bekor qilingani haqida yozgan edim.

Ikkinchi urinish bugun, ya’ni ertaga o‘tar kechasi, Toshkent vaqti bilan soat 00:22 da bo'lib o'tadi.

Ushbu hodisani onlayn tarzda kuzatishingiz mumkin:
https://youtu.be/21X5lGlDOfg

@featureuz
​​Bu imkoniyat sizga yaxshi yordam beradi, bro 🤟. Qoʻlda yozilgan mavhum generator.

Agar siz yozuvlarni qoʻlda yozishdan charchagan boʻlsangiz, unda bu sayt siz uchun buni amalga oshirishda koʻmaklashadi!

https://handwrittner.ru/ — saytidan roʻyxatdan oʻtib, matn kirgizish va “Создать конспект” ni bosish orqali qoʻlda yozilgan yozuvni yuklab olishingiz mumkin.

• Har hafta sayt 30 ta bepul varaqlarni taqdim etadi. Xullas saytning imkoniyatlari juda keng, o‘zingiz foydalanib ko‘ring!

P.S: Domlo, endi konspekt soʻrasangiz word'da yozib, saytdan foydalangan holda “konspekt qildim” deb uchirvoramanda :)). Sessiyani 5 ga yopsam boʻldi 😅

Sayt — https://handwrittner.ru

#konspekt, #generator, #site
@featureuz
​​Servislardan bolalar uchun foydali xizmatlar — «Bolalar uchun»

• Siz farzandingizning tarmoqdagi keraksiz resurslarga kirishini cheklab, «ikids.uz» resursidagi ongni rivojlantiruvchi va ko‘ngilochar kontent dengizini taqdim etasiz — Ucell

— Eslatib o‘taman, Ucell kichkintoy abonentlari uchun ta’limiy onlayn resurslarga cheksiz va bepul kirish imkonini ham taqdim etgan edi — ucell.uz/tqz

• «bolahuquqlari.uz» portali 14 yoshgacha boʻlgan bolalar hamda ota-onalarga moʻljallangan boʻlib, maʼlumotlar bolalar yoshiga mos ravishda, ular uchun tushunarli tarzda bayon qilingan.

— Yorqin va eʼtiborni tortuvchi ranglar, rasmlar va suratlar orqali bolalar uchun qiziqarli dizayn yaratilgan.

— Bolajonlar oʻz uylaridan turib koʻngilochar-interaktiv oʻyinlar, mantiqiy topshiriqlar, testlar orqali huquqiy bilimlarini yanada oshirishlari mumkin.
1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan @featureuz barcha bolajonlarni qutlaydi!

#service
@featureuz
O‘zbekistonda COVID-19 pandemiya vaqtida «Internet tezligi» ko‘tarilibdi 🥺

2020 yil 1-iyun holatiga ko‘ra “Ookla” kompaniyasi Speedtest.net servisi “COVID-19” Internet global sur'atiga ta'sirini e'lon qildi.

Buning natijalarga ko‘ra, O‘zbekistonda Internet tezligi 6 foizga (Fixed Speed Change), mobil Internet tezligi esa 18 foizga (Mobile Speed Change) ko‘tarilgan deb yozmoqda mitc.

Nima deb o‘ylaysiz, sezilarli darajada «internet tezligi» yaxshilandimi? «Internet tezligi» nechadir foizga ko‘tarilganini sezdingizmi?

@featureuz
«​—» va «-» chiziq va chiziqchaning farqi nimada? Klaviaturada kombinatsiyalar orqali qo‘llanilishi qanday? 😬

Bro, oldingi yozgan postimga qaragan boʻlsang, “...“ bilan “...” — qoʻshtirnoqlarning farqi haqida yozgan edim. Tire — «—» va defis — «-» bu ikki belgidan foydalanish haqida. Wikipediyadan oʻqidim.

Tirepunktuatsiya, defisorfografiya.

Tire alohida soʻzlar orasida qoʻllaniladi, defis esa soʻzning ichida.

Tire probel bilan yoziladi, defisni yozishda esa undan oldin va keyin boʻsh joy tashlanmaydi.

Kombinatsiyalar orqali:

«—» — Tire (Alt+0151)
«–» — Qisqa tire (Alt+0150)
«-» — Defis

Bro, yozgan postlarimga haqqoniy baho ber, aldab qo‘yma :))

@featureuz
Telegram'da navbatdagi yangilanish va yangi imkoniyatlar.

Telegram'ning so‘ngi yangilanishi sizga video tahrirlagich, animatsiyali rasmlar, yaxshiroq GIFlar, har qanday ommaviy axborot vositalariga animatsion stikerlar qo‘yish, fotosuratlar va videolarni chizishda kattalashtirish va boshqa imkoniyatlarni beradi.

https://telegram.org/blog/video-editor-gifs/uz

#telegramnews, #newversion
@featureuz
Apple va Google smartfonlarning ilovasi uchun uzoq vaqt kutilgan texnologiyani ishlab chiqibdi.

Apple va Google koronavirusga qarshi kurash texnologiyasini ishlab chiqdilar.

Dastur taʼminoti Bluetooth simsiz texnologiyasidan foydalanadi va oddiy prinsip asosida ishlaydi. Dasturni Android va iOS operatsion tizimlarida tadbiq etish rejalashtirilmoqda.

https://telegra.ph/featureuz-06-05

@featureuz
​​Bruno Simon


Google qidiruv tizimining imkoniyatlari bilan tanishtirib kelyapman. Google qidiruv tizimidan foydalanib, o‘yin o‘ynash haqida ham bir necha marta aytib o‘tdim.

Hozir aytmoqchi bo‘lgan o‘yin oldingilaridan ko‘ra sifatliroq. O‘ynab ko‘ring — bruno-simon.com. Olqishlar bo‘lsin!
Mashina haydashni biladiganlar o‘ynasin! :))


#google, #site, #game
@featureuz
Aytishlaricha, 7-iyun kuni Toshkent vaqti bilan tungi 01:05 atrofida Telegram messenjerida muammolar ro‘y berdi.

Asosan Yevropa va Yaqin Sharqning ba’zi foydalanuvchilari so‘nggi bir soat ichida messenjerga ulanishda muammolarga duch keldi. Ayniqsa Rossiya va Yevropadagi foydalanuvchilar.

Telegram'dagi nosozliklarning sababi haqida messenjer vakillari hech qanday rasmiy ma‘lumot berishgani yo‘q.

Eslatib o‘taman, Telegramda so‘ngi marta 2019-yil noyabr oyining oxirida global nosozlik yuz bergan edi.

@featureuz
Grafik dizayn bilan shug‘ullanuvchi fransiyalik dizaynerning Instagram'dagi sahifasida, go‘yoki, u dunyoni bir butun yaxlitlikda tasvirlashga intilgandek!
Bular, katta mehnatning mahsulidir! 🙂

@featureuz