FEATURE.UZ
916 subscribers
300 photos
18 videos
1 file
329 links
Texnologiya, marketing, AT va fichalar haqida
Download Telegram
Har bitta ish did bilan qilingani yaxshi.

Kanalim uchun logotip tayyor bo‘ldi. Menga juda yoqdi. Vaqt ajratib, mana shu logotipni taqdim etgan Bekzod aka va Jamshid aka Eshnazarovlarga o‘zimning minnatdorchiligimni bildiraman.

Kelajakda katta bir loyiha boshlab qolsam ham shu logotip bilan birga qolaman😎

O‘z ishining ustasi, kuchli dizayner Jamshid akani Telegram-kanaliga obuna bo‘lishni maslahat beraman — @grapheta.

@featureuz
​​Instagram'ning Lite versiyasi endi ishlamaydi😳

Instagramning lite versiyasi endi ishlamasligiga hech qanaqa sabablar yo'q.

Facebook, Instagramning Lite versiyasini yopishga qaror qildi va endi foydalanuvchilarni asosiy dasturga yo'naltirmoqda. Ushbu qarorning sabablari noma'lum, kompaniya jim.

Instagram Lite'ga ega bo'lganlar ilovaning to'liq versiyasiga yangilash tavsiya etiladi. Ilova allaqachon Google Play'dan o'chirildi.

#news, #instagram
@featureuz
​​Video va gif'lardan orqa fonni olish uchun onlayn sahifa haqida

Unscreen.com — video va gif'lardan orqa fonni olish uchun onlayn bepul xizmat hisoblanib, videodan kishini ajratib oladi. Ajratib olingan video orqa foniga istalgan rasm yoki animatsiyalar joylashtirish mumkin bo'ladi.

Fonni olib tashlash uchun saytdan «Upload Clip» ni bosib, video yoki gif yuklashingiz kifoya. Sayt hozirda bepul xizmat ko'rsatmoqda.

Unscreen xizmati quyida formatlarni qo'llab - quvvatlaydi: mp4, gif, webm, ogg.


#sayt
@featureuz
​​Siz Telegram'da bilishingiz kerak bo'lgan imkoniyatlar🤟

• Xabarlarni sezdirmay o‘qish

— Telegram'ning mobil ko‘rinishida suhbatdoshingizga bildirmay, u yuborgan xabarni o‘qish mumkin. Xabarni olganingiz zahoti uni ochmang va smartfonda «parvoz» rejimini yoqing. Keyin esa xabarni oching, uni o‘qib, Telegram’ni yoping. Keyin esa «parvoz» rejimini o‘chirish va ilovani yana ishga tushirish mumkin. Agar hammasini to‘g‘ri bajargan bo‘lsangiz, suhbatdoshingiz uning xabarini o‘qiganingizni ko‘rmaydi.
— 2-usul: Suhbatdoshingiz «shaxsiy xabar»i ustiga bir necha soniya bosib turing va siz yozilgan yozuvlarni sezdirmay o'qiy olasiz.

• Audioxabar yuborish paytida tugmani bosmasdan yozish

Messenjerning mobil shaklida tanlangan chatda audioxabar yozish uchun mikrofon belgisini bosish kerak boladi. Mikrofon ustiga bosgandan keyin barmoqni olmay, uni yuqoriga tortilsa, yozish avtomatik rejimda davom etadi. Bu uzun audioxabarlarni yozishda juda qulay.

Telegramni o'zida turib, GIF-animatsiyalar tayyorlash va yuborish

Telegram’ning mobil shaklida videoni yuborish funksiyasi bor. Agar videoni tayyorlash jarayonida kesish menyusidagi mikrofon belgisiga bosib ovoz o‘chirilsa, videoyozuv chatga GIF shaklida yuboriladi.

#telegram
@featureuz
​​Telegram yangi interaktiv emoji — 🏀 ni qo'shdi.

Basketbol mahoratini sinash uchun
🏀 ni chatga yuboring. To'pni urish/o'tkazib yuborishning to'rtta varianti mavjud.


#emoji, #telegram, #news
@featureuz
Hello bro 🤟 Hi, Google. Google'dan aqlli qidirish 🤫.

Oddiy savollarga javob topa olmaysiz, google'da bor. Google'dan aqlli qidirishlar:

• Siz hisob-kitoblarda yaxshi emassizmi? unda, «Calculator» — deb qidiruv bering, ishingiz hal.
• O'lchov birliklaridan, boshqa bir o'lchov birligiga o'tishga qiynalasizmi? Unda, misol uchun: «1 km to meters» — raqamlar va birliklarni o'zgartirgan holda qidiruv bering, hammasi hal.
• Hattoki, quyosh chiqish va botish vaqtlarini ham bilishingiz mumkin. «Sunrise in Tashkent» yoki «Восход солнца в Ташкент» — deb so'rov bering.
• Fayllarni qidiring. Sizga, masalan PDF — fayl kerakmi unda "filetype:"operatoridan foydalaning. Misol uchun: "filetype:pdf Human Rights".
• Birorta so'zni izohi kerak bo'lsa, lug'atdan foydalanishga erinsangiz,  "define:" — operatoridan foydalaning. Masalan, define:feature

Har qanday ma'lumotlarni google tag'odan olishingiz mumkin. Yana uyalmay botga murojaat qilganlarga kulgim keladi, google tag'o turganda. O'sha kuni komentariyaga kimdur «win» tugmasini ham, qaysi tugmaligini so'rabdi🤦‍♂. «Win» — windows logotipi tushirilgan tugmacha. Google aytdi :))

#google
@featureuz
​​Internet firibgarlari va ulardan himoyalanish haqida 😬

Internet firibgarlariga siz duch kelganmisiz? Balki, duch kelgandirsiz? Telegram messengeri internet firibgarlari uchun juda qo'l keldi. Nimaga deysizmi? Telegramda ma'lumotlarni tarqatish juda ham oson. Siz esa ishonib qo'yaverasiz.

• Sizga xabar keladi — “Bugun Uzmobile'ni tug'ilgan kuni bu xabarni 7 kishiga tarqating va 7 kunda keyin 7000 mb'ga ega bo'ling” bu so'zlarning tubida nima bor. Qiziqib ko'rdim! Bir kuni menga ham shunaqa xabar keldi — qarasam shu xabar, pastiga youtube'dagi videoning havolasi qo'yilgan, maqsad video ko'p ko'rilishi va obunachi ko'payishi.
• Shubhali havolalar orqali o'tmang. “Siz 10 mln so'm yutib oldingiz, quyidagi havola orqali o'tib sovrinni qabul qilib olishingiz mumkin” bu so'zlar qanchalik haqiqatga yaqin, o'ylab ko'ring. Shubhali havolalardan yiroq bo'ling!
• Google hisob va h.k hisoblaringizni o'zaro bog'lamang!
Hisoblaringiz o'zaro bog'langan bo'lsa, bir hisobni buzgan kishi, ikkinchi hisobga osongina o'tishiga imkoniyat yaratib berasiz.
• Parol tanlashda e'tiborliroq bo'ling!
Ishonchliroq parol o'ylab toping.
Barcha hisob va h.k lar uchun bir xil parol tanlamaganingiz ma'qul.
Parolingizni buzish qanchalik oson. Parolingiz kuchlimi, kuchsiz?
Quyidagi havola orqali tekshirishingiz mumkin — https://password.kaspersky.com/ru/
Ha aytgancha yana bir muhim gap qolib ketdi. Agar gmail pochtangizga kimdir kirib olgan bo'lsa, parolni «srazu» o'zgartiring va u inson hisobingizni tark etadi.

Xullas, bu gaplar hali boshlanishi 🤷. Keyinchalik bu maqolani davom ettirishim mumkin. Sizning fikrlaringiz ham men uchun muhim. Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.

#firibgarlar, #fake
@featureuz
Agar sizga sifatli, chiroyli va zamonaviy rasmlar kerak bo'lsa, mana shu saytni maslahat beraman — freepik.com

Ikonkalar va h.k rasmlar jamlangan foydali sayt.

@featureuz
Endi YouTube'dagi videolarning 720p sifati HD emas

Sifat standartlari bo'yicha videolar — SD, HD, Full HD, 2K, 4K ga bo'linadi. 720p video ham HD formatga mos kelar edi. Bu 1280 x 720 piksel to'liq o'lchamdagi videolar.

Ammo, 720p video portal uchun sifat endi HD deb hisoblanmaydi. YouTube 720p sifatidagi “HD” yorlig'ini olib tashladi. Hozirgi vaqtda bu vaqtinchalik yoki abadiymi noma'lum.

Kompaniya ma'lumot uzatish tezligini oshirishi taxmin qilinmoqda va foydalanuvchilar o'rtacha tezlikda videoni 480p o'rniga 720p'da yuklaydilar.

YouTube vaziyatga izoh bermaydi. Ehtimol, bu koronavirus epidemiyasi bilan bog'liq bo'lishi mumkin.

• Yana bir gap. Bro endi sen instagramdagi ismingni 14 kunda ko'pi bilan 2 marta o'zgartirsang «mojna».

#news, #youtube, #instagram
@featureuz
Yandex tarjimonga kirib "Objective" so'zini ingliz ~ o'zbek tiliga o'girib ko'ring. Kim bu brat deyishingiz aniq😅

Menda shundaymi? Yoki hammada shunaqami?😳

Yandex tajimon
https://translate.yandex.ru/

@featureuz
Hech qiziqib ko'rganmisiz, telegramdagi stikerlar qanday yaratiladi? Siz ham stiker yaratishingiz mumkinmi?

Siz balki stiker yaratishni bilarsiz, balki yo'q. Agar bilmasangiz bu oddiy holat, juda bir katta «global» muammo emas.

@Stickers — telegram stikerlarini yaratish va stikerlar uchun foydalanishga mo'ljallangan rasmiy bot.

Shunchaki botga kirib /newpack komandasini yuborishingiz kifoya. Keyingi bosqichlar, bot yuborgan xabarlarga qarab bajariladi. Xabarlar ingliz tilida. Google translate'dan foydalanish katta yordam beradi. Hammasini yozib o'tirmadim.

Misol uchunhttps://t.iss.one/addstickers/FEATUREUZ

O'zingiz bot'da ishlab ko'ring qiyin emas. To'liq qo'llanma tayyorlash ham shart emasdir. Yoki shartmi?

Ha — 🤟
Yo'q — 😎

#stickers
@featureuz
​​Beeline'dan katta qovun tushirish 🤦

«Beeline Uzbekistan» mobil operatori tomonidan “Gʻolib boʻl va yutib ol!” aksiyasi boʻyicha soxta reklama orqali isteʼmolchilarga notoʻgʻri maʼlumot bergani uchun “ViaMobi” MCHJga nisbatan qarshi ish qoʻzgʻatildi.

Aksiya ishtirokchilari – isteʼmolchilar soʻroviga binoan ularning telefon raqamlariga “Sizning telefon raqamingiz 100 000 000 soʻmlik super yutuqning sohibi sifatida tanlandi! Xizmatga obuna boʻlish narxi kuniga 1999 soʻm” kabi mazmundagi noto‘g‘ri SMS-xabar yuborilgan. UzA ning bergan ma'lumotlariga ko'ra matnni moslashtirish (tarjima qilish) jarayonidagi xato tufayli xabarning maʼnosi oʻzgarib ketgan. Natijada abonentlar mutlaqo xato va men aytib o'tgan, «internet firibgarlari» 🤦 mazmunida yuborilgan notoʻgʻri matnni olishgan. Ushbu reklama aksiyasida 749 ming isteʼmolchi ishtirok etgan boʻlib, joriy yilning mart oyi holatiga umumiy daromad miqdori 1 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Bro men senga — «internet firibgarlari» haqidagi postni nimaga yozdim hayronman😂.

#beeline
@featureuz
Iltimoiy tarmoqlar ijodkorlar va boshqa soha vakillari uchun yaxshi kategoriya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar — jurnalist va blogerlar uchun katta bir imkoniyat, kategoriya bo‘ldi. Chunki, ba‘zida tajribaga ega bo'lgan jurnalistlarga ham elektron va bosma nashlarda “o‘z o‘rinlarini yo‘qotib” qo‘yishlari mumkin bo‘ladi. Ijtimoiy tarmoqlarda har kim o‘z imkoniyat va iqtidoridan kelib chiqqan holda o‘z obunachilariga ega bo‘lishi mumkin. Ayniqsa bugungi kunda bu o‘zining isbotini ko‘rsatdi. Iltimoiy tarmoqlar tezkorligi sababli, hamma o‘zini ijtimoiy tarmoqlarga urdi. Shaxsan o‘zim ham saytlardan yangiliklarni izlashdan ko‘ra telegramni ma‘qul deb bilaman. Ayni damdagi hodisalar haqida shu ondayoq, toʻgʻridan-toʻgʻri xabar berish mumkin. Bu narsalarni yuritish uchun juda katta texnik malaka ham talab etilmaydi, lekin mas’uliyatni talab qiladi.

Barcha soha vakillari uchun ham bu imkoniyat qo‘l keldi. Hozir ijtimoiy tarmoqlarda — bir necha oʻn minglab obunachilariga ega huquqshunoslar, jurnalist va blogerlardan tortib oshpazlar va boshqalarning kanallari faoliyat yuritadi. Bularning barchasini — tanilish va muvaffaqiyat qozonish, o‘z ustida yanada ko'proq ishlash demakdir.

@featureuz
​​Bro, men kecha bir saytdan zo‘r ma‘lumotni o‘qib qoldim... O'sha saytni menga ham ayt!

Siz qaysi saytlarga kirdingiz, nimalar o‘qiding yoki yukladingiz. Farzandingiz internetdan qanaqa ma‘lumotlarni o‘zlashtiryapti.
Biz saytlardan, nimalarga kirdik, qanaqa ma‘lumotlarni qidirdik — google bizni kuzatadi. Hamma foydalanuvchilar nazorat ostida. Siz aytishingiz
mumkin — “bizni kuzatishdan kimga qanday naf?” Shunchaki nazorat va bu siz uchun ham foydalidir.

Bro sen quyidagi havola orqali — internetdan nima ma‘lumot qidirganingdan boshlab, play marketdan qanaqa ilova yuklab olganingacha bo‘lgan barchasini ko‘rishing mumkin.

Historyhttps://history.google.com/history

Qidiruvlar tarixini ko‘rish uchun «google hisob» bo‘lishi shart.

#history
@featureuz
Hayit ayyomingiz muborak boʻlsin, aziz do‘stlar!

Hurmat bilan,
@featureuz
​​Bugun 9-11-sinflar uchun informatika fanidan «Photoshop» mavzusida o'tilayotgan onlayn darsga ko'zim tushdi. Dars jarayoni yaxshi, sifatli. Salbiy baho berolmayman.

Lekin shu mavzuga 9-11-sinflar ichidan birortasi tushunyaptimi? Tushunadi bitta ikkitasi. Chunki, maktablarda informatika fanidan dars o'tadigan «ayrim» o'sha «o'qituvchilar» informatikani «i» harfini ham tushunmaydi. Bu holatga kim qanday baho beradi? Javob beradigan odam bormi? Men tamomlagan maktabda ham «informatika» fanidan dars o'tadigan «o'qituvchi»miz mavzuni kitobdan o'qib berib, faqat bizni qiynab, bizdan mavzuni so'rashni bilar edi xolos, afsus!!!

Hozir axborot texnologiyalari asri bo'la turib, ayrim maktablarda informatika fanidan bilim berish nega qoniqarli darajada emas? Nega ta'lim amaliy tarzda, jahon andozasiga mos holatda tashkil etilmagan? Kim javob beradi?

Ustoz, 2 lik sanoq sistemasida “1 + 1” ning javobi necha bo'ladi?

@featureuz