FEATURE.UZ
915 subscribers
300 photos
18 videos
1 file
329 links
Texnologiya, marketing, AT va fichalar haqida
Download Telegram
Avval kanal brendi uchun yaxshiroq nom izladim. Kanalning maqsadi aniq edi — odamlar uchun foydali narsalar haqida yozish. Uzoq o‘ylanishlardan so‘ng yaxshi g‘oya keldi — «FEATUREUZ»!

«feature» — ingliz tilidan olingan so‘z bo‘lib, tarjimasi «xususiyat» degan ma’noni anglatadi.

Kamina Ramzbek ushbu blogning asoschisi, har kuni sizlar uchun eng foydali va sara postlar yozadi!

«FEATUREUZ» — Haqiqiy o‘zbekcha texnoblog!

Siz bu yerda kompyuterdagi ayyorliklaridan tortib, internet «fishka»larini, trenddagi IT yangiliklari va foydali havolalarni topishingiz mumkin.
​​Android va iOS uchun Telegram 6.1 versiyasiga yangilandi
⁠⁠
Stikerlar katalogi
— Yangilangan stiker panelida professional rassomlarning 20000 ta stikeri mavjud.
— Stikerlarni topish uchun qidiruvdan foydalaning yoki stikerlar to'plamini ko'rish uchun pastga siljiting.

Viktorina 2.0
— foydalanuvchilar test savoliga javob bergandan keyin paydo bo'ladigan tushuntirishlarni qo'shish imkoniyati.
— Anketalardagi taymer @QuizBot 'dan foydalangan holda yaratilgan savol-javoblarda, javob berish uchun qancha vaqt qolganligini ko'rsatadi.

• Viktorina yaratuvchilar
— Ta'lim testlarini yaratuvchilar mukofot jamg'armasi 400 000 evro bo'lgan musobaqada qatnashishlari mumkin, ishtirok etish uchun siz @QuizBot 'dan foydalanib, ta'lim mavzularida test yaratishingiz kerak.

• Kanaldagi postlarni doimiy tahrirlash
— Endi kanallar egalari yuborilgan xabarlarni vaqt cheklovisiz tahrirlash imkoniyatiga ega bo'ladilar (ilgari cheklov 48 soat edi)

Faqat Android:

• Yangi biriktirma menyusi
— Animatsiyali piktogrammalar bilan to'liq qayta ishlangan biriktirma menyusidagi har xil turdagi biriktirmalarni tezda almashtiring.

• Telegram kanallarining to'liq statistikasi
— Ma'lumot to'plash bilan bog'liq bo'lmagan statistik blok, endi hamma narsa iOS mijoziga o'xshaydi.

• Yaxshilangan xotira sozlamalari
— messenjer tomonidan ishg'ol qilingan bo'sh joyni boshqa dasturlarga va telefonda mavjud bo'lgan umumiy maydonga nisbatan aniq ko'rsatilishi.

Batafsil: tginfo.me/400-million

Android: Google Play.
IOS: App Store.

#telegramnews
@featureuz
askdoctor.uz — onlayn poliklinika ishga tushirilibdi.

Hozirgi kunda sayt ikkita tilda, o'zbek va rus tillarida ishlamoqda. Sayt dizayn tomondan juda yaxshi ishlangan.

Saytdan foydalanish uchun telefon raqam orqali ro'yxatdan o'tish talab qilinadi. Shifokor bilan aloqa usulini ham tanlash imkoniyati mavjud ekan:

— Chat
— Audio qo'ng'iroq
— Video qo'ng'iroq

Uyda qoling va shifokor maslahatini bepul oling!

Sayt — askdoctor.uz

#site
@featureuz
​​Telegram 6.1 yangilangan versiyasida, yana bir interfaol emoji.

Chatga 🎯 ni yuboring va nishonga tasodifan zarba bering😉

#telegram
@featureuz
Sizning kanalingiz ham tgstat.com saytidan ro'yxatdan o'tganmi?

Agarda ro'yxatdan o'tmagan bo'lsa ro'yxatdan o'tkazishingizni maslahat beraman. Yuqoridagi rasmda nafaqat repost yoki kanalni eslaganlar balki, sizning kanalingizdan ma'lumotlarni manbasiz ko'chirgan (copy) kanallar ham ko'rsatilgan.

Ro'yxatdan o'tish: https://tgstat.com/ru/add_channel


@featureuz
​​google.com sahifasiga o'tib «the wizard of oz» ni kirgizing va rasmda ko'rsatilgan «qizil tufli» ustiga bosing.
Natijani kuzating 😉


@featureuz
​​Anonim faylni yuklash haqida

Anonim faylni yuklash — siz birorta faylni saytga saqlab qo'yib, havolasini olishingiz mumkin.

Misol uchun:
https://anonfiles.com/x7E0W1t3oc/20200423_163347_0000_png


https://anonfiles.com — ushbu sayt sizga anonim ravishda 20 Gb'gacha bo'lgan fayllarni sun'iy tezlik cheklovisiz yuklab olishga imkon beradi.

• Xizmat ro'yxatdan o'tishni talab qilmaydi.
• Bir nechta til orqali foydalanishingiz mumkin.

@featureuz
​​Google'dan «Snake» o'yini sizlar uchun😎

https://snake.googlemaps.com quyidagi havolaga o'tib, manzilni tanlang va o'yin o'ynab maroqlaning😊

❗️Bilarmidingiz?


@featureuz
​​Telegram kanallaridagi xabarlarni tahrirlash uchun cheklov mavjud emas.

Kanal egalari va kerakli huquqqa ega bo'lgan administratorlar telegram kanallaridagi xabarlarni istalgan vaqtda tahrirlashlari mumkin.
(Avval limit 48 soat edi)

#telegram
@featureuz
O'zbekiston respublikasi milliy domeni 25 yoshda!

«.uz» domeni 1995-yilda yaratilgan.

Domen haqida qisqacha ma'lumot berib o'taman.
Domen – bu cheksiz internet ummonidagi serverlardan birida joylashgan qaysidir saytga olib boradigan manzil hisoblanadi.
Misol uchun, feature.uz sayti hostingining sayt joylashgan qismi uchun IP manzili 000.111.222.333 deb hisoblaylik. Mening saytimga kirish uchun foydalanuvchilarning bu IP manzilni yozishlari ularga qiyinchilik tug'dirishi aniq. Shu sababli domen, foydalanuvchilarga qulaylik keltiradi.

@featureuz
​​«@memingbot» haqida.

Endi do'stlaringizga o'zgacha rasmlarga matn yozish orqali javob berishingiz mumkin.

Bu holda sizga @memingbot yordam beradi.

Chatga «@memingbot » dan keyin matn yozing va o'zingizga yoqqan rasmni tanlagan holda chatga yuborishingiz mumkin.

#bot, #telegram
@featureuz
​​Telegram Android'ning so'ngi 6.1.1 yangilanishida «Xotiradan foydalanish» sozlamalari interfeysi o'zgargan.

Endi grafik telefonda turli xil media fayllarni egallagan joyni aniq ko'rsatib beradi.

Joy bo'shatish uchun "Ma'lumotlar va xotira" => "Xotiradan foydalanish" => "Qurilma xotirasi" sozlamalariga o'ting(«Данные и память» => «Использование памяти» => «Память устройства».) Keyin qaysi fayl turlarini o'chirishni tanlang va "Keshni tozalash" («Очистить кэш») ni bosing.

#telegram
@featureuz
​​MobiuzSirdaryo viloyati abonentlari uchun cheksiz qo‘ng‘iroqlar taqdim etiladi.

Sardoba suv ombori muammosi tufayli, may oyi oxiriga qadar sirdaryolik abonentlarga cheksiz va bepul qo'ng'iroq qilish imkoniyati berildi.

Mobiuz mobil operatori sirdaryoliklarga yordam qo‘lini cho‘zgan holda qo‘ng‘iroqlar nol qiymatidagi narxlashga o‘tganligini ma’lum qiladi. Ya’ni Mobiuz'ning har qanday tarif rejasidan foydalanayotgan aholi daqiqalar to‘plami yakunlangandan keyin may oxirigacha O‘zbekiston bo‘yicha cheksiz qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishi mumkin.

#mobiuz
@featureuz
​​Matn.uz android uchun ilovani ham tayyorlabdi.

Oldin yozib o'tilgan matn.uz tizimi 100 000 dan oshiq so‘z bazasiga ega bo'lib yozgan matningizdagi xatoliklarni topib, belgilab beradi va unga boshqa o‘xshash sozlarni ham taklif qiladi.

— Ilova hajmi 6 MB
— Ilovada ham, kirilldan lotinga va lotindan kirillga o‘girish funksiyasi mavjuddir.

https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.uicdevelopment.matnuz

#ilova
@featureuz
​​Vau-u-u...! Telegram'ning yana bir muvaffaqiyati. Ushbu ilova Google Play'dagi 500 million marta o'rnatishni yengib o'tdi.

Telegram messenjeri asta-sekin dunyodagi eng mashhur ilovalardan biriga aylanib bormoqda. «App Store» ma'lumotlariga ko'ra, faqat Android'ga Telegram messenjeri 500 million martadan ko'proq o'rnatildi. Telegram foydalanuvchilari soniga kelsak, bir necha hafta oldin ishlab chiquvchilar 400 million kishiga yetgan ushbu ko'rsatkich haqida aytib o'tdi.

O'zimizni telegramdan qolmasin:))
Yaqinda «video qo'ng'iroq»larni amalga oshirish ham ishga tushadi🤩


#telegram
@featureuz
Beeline bilan Uzmobile'dan esa ko'proq megabaytlar taqdim etilsa yaxshi bo'lar edi.

«Biz birgamiz!» – Sirdaryo viloyatidagi abonentlar uchun xizmat — Ucell

Bir necha kun oldin Mobiuz cheksiz daqiqalarni taqdim etgan edi.

Sirdaryo viloyatidagi abonentlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida Ucell bepul asosda «Biz birgamiz!» xizmatini taqdim etadi.

— Xizmat 30 kun amal qiladi
— Tarmoq ichidagi chiquvchi 1000 daqiqa
— O‘zbekiston bo‘yicha 1000 SMS
— 100 MB internet-trafik.
— Faollashtirish: *464#

Xizmatni 2020-yil 4-maydan 10-mayga qadar faollashtirshingiz mumkin.

#ucell
@featureuz
​​Ijtimoiy tarmoqlardan video yuklab olish uchun bot

@izibot — Instagram, YouTube, VK, Facebook'dan video yuklab olishingiz mumkin bo'lgan bot. Bot bilan ishlash uchun:

"/ start" buyrug'ini botga yuboring.
— Video havolasini yuboring.
— Yuklab olish uchun formatlar (video yoki audio) taqdim etadi.

Siz kerakli o'lchamlarni tanlashingiz mumkin. Fayl hajmi haqida ham ma'lumot mavjud.

#bot , #telegram
@featureuz
Windows'da ekranni kerakli qismini rasmga olish.

Ekranning aynan qandaydir qismini skrinshot qilish nima uchun kerak? To'liq rasmga olib, keyin ishlov berish uchun, kerakli joyni kesib olsam bo'lmaydimi? Bo'ladi😬. Lekin, siz «featureuz» kanalining obunachisiz siz bu vazifani osongina kombinatsiyalar orqali qilishingiz mumkin. «Print Screen» tugmachasi bilan buni bajarish qulay emas. Chunki, bu tugmacha ekranning to‘liq qismini rasmga oladi.

Siz shunchaki Win + Shift + S tugmachalarini bosib, ekranning kerakli qismini tanlashingiz mumkin. Skrinshot clipboard'ga nusxalanadi va Ctrl + V tugmalaridan foydalanishingiz mumkin.

@featureuz
​​Nimaga administratorlar telegram kanalini «Private» qilib qo'yishadi.

Administratorlar nimaga o'z kanallarini «Private» qilib qo'yishadi?
Bu savolga javob berish uchun avval «Private» bilan «Public» ni farqlay olishimiz kerak.
Misol keltirib tushuntiraman:
• Private — https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFez806fmp4PsdCu6A
• Public — @featureuz
Nimaga?
«Private» — kanalni siz, kanalga obuna bo'lmasdan kuzata olmaysiz
Demak, kanalni «Private» qilishdan maqsad obunachi ko'paytirish
«Public» — kanalga obuna bo'lmasdan turib kanaldagi ma'lumotlarni ko'rib turishingiz mumkin.
Foydalimi? Zararlimi?
Yuqorida yozib o'tganimdan ko'rinib turibdi. «Private» kanalni siz, obuna bo'lmasdan kuzata olmaysiz. Obunachilar kanalni ichiga kirib ko'rmasdan obuna bo'lishiga to'g'ri keladi. Bu esa kanalning ‹aktiv›ligini kamaytirishga xizmat qiladi. Agar kanal «Public» bo'lsa, kanalga qo'shilishni istagan inson kanalni ichiga kirib ko'radi, kanal yoqdi demak o'zlari xohlab «join» bosishadi.

Xulosa qiladigan bo'lsam: Kanalni «Private» qilib qo'ysangiz obunachilar o'zlari xohlamagan va qiziqmagan holda kanalga obuna bo'lishadi. Agar kanalni «Public» qilib qo'ysangiz obunachilar kanalingizni izlab topib kanalingizni ko'rib, bilib turib, kanal yoqqani uchun qo'shilishadi.

#channel, #link, #private
@featureuz