FEATURE.UZ
912 subscribers
300 photos
18 videos
1 file
329 links
Texnologiya, marketing, AT va fichalar haqida
Download Telegram
​​Telegram Desktop. Matnni formatlash uchun yorliqlar:

Ctrl + B - qalin;
Ctrl + I - kursiv;
Ctrl + Shift + M - bir vaqtning o'zida;
Ctrl + K - giperhavola yaratish;
Ctrl + U - pastki chiziqcha;
Ctrl + Shift + X - kesib o'tdi;
Ctrl + Shift + N - formatlashni bekor qilish.

@featureuz
​​Bilasizmi? Tgstat statistikalariga qaraganda bugungi kunda telegram foydalanuvchilarining 67% ini erkaklar,
33 % ini ayollar tashkil qilar ekan.
Bizda qanday?


#telegram
@featureuz
🔥Redmi Note 8 Pro hanuzgacha global bozorda eng kuchli, o'rta byudjetli smartfon.

@featureuz
🔥Honor brendi rahbari 15 - aprel kuni taqdim etiladigan, Honor 30 Pro flagman smartfonining rasmiy namoyishini e'lon qildi.

Smartfon 6,57 dyuymli OLED ekran, Kirin 990 protsessor, 8/12 Gb tezkor xotira, 256 Gb flesh-xotira va 3900 mA / soat batareyaga ega bo'ladi.


@featureuz
​​Rasmda yuzni almashtirish.

Sayt neyrotarmoqlar yordamida shaxsiy rasmlar, memlar, buyuk shaxslarning rasmlari, o‘yin qahramonlari va hattoki haykallarning yuzlarini almashtiradi.

Servis rasmni shunchaki Copy/Paste qilmaydi, balki personajning dastlabki emotsiyalarini saqlagan holda, realistik almashtirishni amalga oshiradi:

1. reflect.tech saytiga o‘ting.
2. "Start swapping" tugmasini bosing.
3. Bazaviy rasmni yuklang yoki taklif etilgan variantlardan yoqqanini tanlang.
4. Almashtirish uchun yuz keltirilgan rasmni qo‘shing.

Slayder yordamida asl va qayta ishlangan rasm o‘rtasidagi farqni solishtirib ko‘rish mumkin. Agar natija sizni qoniqtirsa, "Download" tugmasini bosasiz.

@featureuz
​​Telefonga ulangan WiFi parolini aniqlash.(Redmi telefonida sinab ko'rdim)

Telefoningiz WiFi ga ulangan, lekin WiFi paroli qanday ekanligini bilmaysiz?

Siz bu holatga tushmagan bo'lishingiz mumkin, lekin mana shunday holat ham bo'ladi. Masalan do'stingiz sizga parolni bilib qolmasligingiz uchun, parolni o'zi terib, sizga WiFi ni ulab berdi, lekin siz parolni bilmaysiz va boshqa qurilmani wifi ga bog'lash imkoniyati bo'lmaydi.

Bu usul sizga yordam beradi:

1. Bog'langan WiFi ustiga bosamiz va QR kod paydo bo'ladi.

2. QR kodni screnshot qilib Scaner (bu ilova redmi telefonlarida bor) ilovasi orqali skanerdan o'tkazamiz va bizga rasmda ko'rsatilgandek, WiFi kodi oshkor bo'ladi.

#foydali
@featureuz
​​Ekranni kalibrlash

monteon.ru bu sayt sizning telefoningiz va kompyuteringiz ekranini sinab ko'rish uchun onlayn xizmat. Sinovni o'tkazish uchun saytga o'ting va "Начать" (Ishga tushirish) tugmasini bosing.

Xizmat ekranni umumiy qabul qilingan bir qator parametrlarni tekshirishga imkon beradi:

— Цветопередача (Rang berish)
— Битые пиксели (O'lik piksellar)
— Плавность градиентов (Silliq gradyanlar)
— Мерцание (Miltillash)
— Резкость (Aniqlik)
— Контрастность (Kontrast)
— Яркость (Yorqinlik)
— Отсечение изображения (Rasmni qirqish)
— Формат 16:9 (16:9 format)

To'g'ri test natijalarini olish uchun monitorni qorong'i yoki to'liq ekran holatida tekshiring. Buning uchun saytning pastki o'ng qismidagi tegishli belgini bosing. Sinov ekranlarini almashtirish uchun siz klaviatura o'qlaridan foydalanishingiz mumkin.

@featureuz
​​Rasmdagi orqa fonni olib tashlash va ajoyib fon qo'yish.

Bu vazifani bajaradigan anchagina ilova va saytlar bor. Lekin bu sayt rasmni to'g'ri va aniq kesib, fondan ajratib oladi va sizga yoqadigan fon qo'yish imkoniyatiga ega.

Sayt – www.remove.bg onlayn xizmatidan foydalanishingiz mumkin

Shunchaki yoqtirgan fotosuratingizni yuklang va natijada png formatida shaffof fon bilan rasmni oling.

Xizmat sun'iy aqlga asoslangan. Fotosuratlarni qayta ishlash tezligi 5 sekundgacha. Ayni paytda sayt kamida bir kishi ishtirok etadigan fotosuratlar bilan ishlaydi.

#site
@featureuz
​​🔥Google'da "Tic Tac Toe" o'yini

Google doimiy ravishda bizni xursand qiladigan yoki bir muncha vaqt band qilib qo'yadigan o'yinlar bilan bizni lol qoldiradi.

1. www.google.com qidiruv satriga
"Tic Tac Toe" so'zini kirgizing
2. Qiyinchilik darajasini belgilang
3. Belgini tanlang va o'yindan zavqlaning

O'yinni o'ynab o'zingizni sinab ko'ring. Shuningdek, do'stingiz bilan ham o'ynashingiz mumkin.

P.S."Qiyin" darajasiga qo'yib yutish qiyin ekan, yutolmadim😉, durang o'ynadim. Balki siz "Qiyin" darajasiga qo'yib yutarsiz🙂.

@featureuz
​​YouTube'dan ajoyib va oson usulda videoni yuklab olish.

YouTube'dan video yuklashning bir nechta usullari bor. O'zi umuman olib qaraganda, men sizlarga hamma narsani ham oson usulda bajarish haqida ma'lumot berib kelmoqdaman. Agarda sizga yozgan postlarim yoqsa 👍, yoqmasa 👎 bilan haqqoniy baholab borsangiz bo'lgani.

www.savefrom.net saytiga kirib yuklamoqchi bo'lgan videoni havolasini (kerakli havola nusxalab olingan bo'ladi) kirgizamiz

— Ochilgan sahifada siz, mos keladigan video formatini va yuklab olish sifatini tanlab yuklab olishingiz mumkin.

To'g'ri, bu ishni amalga oshiradigan bir nechta telegram botlari, saytlar va ilovalar bor. Lekin :))

Bu sayt instagram, youtube va boshqalar uchun ham ishlaydi

P.S. Kanali bor obunachilar diqqatiga:
Kanalimdan ma'lumot olganingizda manba qo'yishni unutmang!


@featureuz
​​Telegram messengerida rasman o'zbek tili ishga tushdi.

Telegram messengeri foydalanuvchilari endi telegramni o'zbek tilida boshqarishlari mumkin. (Plus messenger va telegramning boshqa versiyalarida o'zbek tili mavjud edi. Endi telegramda ham o'zbek tili mavjud)

O'zbek tili: https://t.iss.one/setlanguage/uz

Hozirgi kunda o‘zbek tili rasmiy ravishda Android va iOS tizimlarida. Tez orada Telegram Desktop ham bu imkoniyatga ega bo‘ladi.

#telegram
@featureuz
🎁"O'zbektelekom" AK "O'zMobayl" filiali tug'ilgan kuni munosabati bilan sovg'alar tuhfa qiladi!

⚡️Uzmobile'dan Aksiya!

UzMobile — Hurmatli abonentlar 5 yil davomida biz bilan birga bo'lganingizdan, yaqinlaringiz, do'stlaringiz bilan bo'lgan aloqangizni bizga ishonganingiz uchun har biringizga alohida tashakkur bildiramiz!

Bunda siz o'zingizga kerakli bittasidan 30 kun davomida BEPUL foydalanishingiz mumkin!

• 500 MB 30 kunga *500*1*1#
• 500 Daq 30 kunga *500*2*1#
• 500 SMS 30 kunga *500*3*1#

Aksiya 2020 yilning 15 - aprelidan 19 - apreliga qadar amal qiladi.
👉 Batafsil ma'lumot

Agarda USSD so'rovi yuborgan paytingiz "Tarmoqda xato yoki MMI kod notoʻgʻri" degan yozuv chiqsa 1099 bilan bog'laning.

#uztelecom
@featureuz
​​Google'dan ajoyib bir xususiyat — «EGRI» qidirish.

Google o'zining qiziqarli xususiyatlari bilan bizni lol qoldirib kelgan.

www.google.com sahifasiga o'tib "askew" so'ziga qidiruv bering.(Askew - ing: egri). Natijada, sahifa o'nga egiladi.

#google
@featureuz
🔥iPhone SE taqdim qilindi. U ko'rinish tomondan iPhone 8 ga o'xshaydi.

Uning Retina displeyi 4,7 dyuym bo'lib, 12 megapikselli kamera, Touch ID barmoq izlari skaneri va "Uy" tugmasiga ega. Yangi SE'ga iPhone 11 Pro smartfonidagi kabi A13 Bionic protsessori o'rnatilgan. Smartfon 2 ta sim kartali bo'lib, 64, 128 va 256 gigabayt xotiraga ega uch xil turda.
Narxi esa 529 - 722$.

@featureuz
​​Texnik va Internetga ulanish haqida ma'lumotlarni qanday topish mumkin?

https://yandex.ru/internet sizga ulanishning IP-manzilini, provayder nomini va manzil haqida ma'lumotni topishga yordam beradi.

Quyidagi ma'lumotlar ko'rsatiladi:

— IPv4 manzil.
— IPv6 manzili.
— Brauzer.
— Ekran o'lchamlari.
— Mintaqa.

Texnik ma'lumotlar sahifani past qismida joylashgan.

Ma'lumotni clipboardga saqlash uchun "Nusxalash" tugmasini bosing.

@featureuz
​​Telegramda siz bilmaydigan elementar holatlar.

1. Siz do'stingizga rasm yuborib, u rasmni o'chib ketishi uchun vaqt belgilashingiz mumkin. (Siz yuborgan chatda rasm ochib ko'rilgandan keyin, belgilagan vaqtingizga qarab o'chirib yuboriladi).

2. Siz do'stingiz bilan umumiy nechta xabar yozishganingizni bilish uchun, siz chatdagi qidiruv joyiga "+" ni yozib qidiruv bering. Shunda siz chatda umumiy nechta xabar yozilganini ko'rasiz.

3. Sizga ovozli xabar keldi, siz ko'chadasiz, quloqchin yo'q. Eng oson usuli, siz xuddi birov bilan gaplashayotganingiz kabi telefoningizni so'zlashuv dinamigini qulog'ingizga tuting, shunda sizga ovozli xabar aniq va hech kim eshitmaydigan bo'lib keladi.

@featureuz
​​Internet saytlari qanday qilib pul topadi?

• Ba'zilar, internet saytlari biz sotib olayotgan trafiklardan bir qismi evaziga sayt egalariga berib, pul ishlashadi deb o'ylashadi, aslida hammasi boshqacha. Biz sotib olayotgan trafiklarning bir qismi aloqa kanallarining ijarasiga, qolgan qismi esa aloqa kompaniyalarga ketadi.

• Aslini olib qaraganda internet saytlar esa trafiklardan hech qanday foyda ko'rishmaydi, ular faqatgina reklama orqali foyda ko'rishadi, boshqa hech qanaqasiga pul topa olishmaydi.

• Misol uchun aytadigan bo'lsak siz telefon yoki kompyuteringizdan internet saytlariga kirgan paytingizda reklamaga ko'zingiz tushadi va o'sha reklamadan tushadigan daromadni internet saytlarining egalari olishadi.

@featureuz
​​YouTube'dan videoning audiosini qanday yuklab olish mumkin?

Bunday vazifani bajarish uchun siz "YtMp3" xizmatidan foydalanishingiz mumkin. Bu sayt bepul va ro'yxatdan o'tishni talab qilmaydi:

1. Videoning havolasini nusxalab oling.
2. https://ytmp3.cc/en13/ saytini oching va havolini kirgizing.
3. "Konvertatsiya qilish" ("Convert") tugmasini bosing.
4. MP3 faylini "Yuklab olish" ("Download") tugmasini bosib yuklab oling.

Bu vazifani bajaradigan bir nechta ilovalar bor, lekin bu sayt oson va qulay. Telefon va kompyuter uchun ham foydalanish juda qulay.

#foydali
@featureuz
​​Google siz haqingizda nimalarni bilishi haqida hech o'ylab ko'rganmisiz?

Biz brauzer va xaritalardan foydalanamiz, elektron pochta xabarlarini yozamiz, internetda xaridlar qilamiz - bularning barchasi bizning hayotimizning bir qismiga aylandi. Ammo biz xizmatlaridan foydalanadigan internet kompaniyalari, biz haqimizda nimalarni biladi?

1. Joylashuvlar tarixi: https://maps.google.com/locationhistory
2. Qidiruv tarixi: https://history.google.com
3. Hisob qaydnomangizda foydalanayotgan qurilmalar ro'yxati: https://security.google.com/settings/security/activity
4. Google'dagi hisobingizga kirish huquqiga ega bo'lgan barcha ilovalar va kengaytmalar: https://security.google.com/settings/security/permissions
5. Hisob qaydnomangiz haqidagi barcha ma'lumotlar: https://www.google.com/takeout
6. Telefoningizni toping: https://myaccount.google.com/find-your-phone
7. YouTube tarixi (ko'rishlar, qidirish, sharhlar): https://www.youtube.com/feed/history

@featureuz
​​Google'dan yana bir siz bilmagan ajoyib narsa.

Siz hisob-kitoblarni shunchaki google'dan ham amalga oshirishingiz mumkin. Kalkulyator endi google'da.
Google.com sahifasiga o'ting va qidiruv joyiga "what is the loneliest number" ni qidiruvga bering va kalkulyatordan google'da foydalaning.

@featureuz
#UydaQoling hamda onlayn-rejimda ta’lim olishda davom eting. Ucell sizlarga g‘amxo‘rlik qilib quyidagi ko‘rsatilgan Davlat test markaziga tegishli yana 4 ta’limiy saytlarga narxlanmaydigan kirish imkoniyatini taqdim etmoqda:
👉🏼 dtm.uz
👉🏼 5fan.dtm.uz
👉🏼 onlinetest.dtm.uz
👉🏼 nsfla.dtm.uz

Shu bilan birga Ucell taqtim etgan imkoniyatlarni ham eslatib o'tmoqchiman:

— "A'lo kayfiyat" va "COSMO 28" tariflari uchun hamyonbop narxda yanada ko'proq internet!
👉 1 GB - atigi 8 000 so'mga!

Aksiya 2020-yil 1-iyulgacha amal qiladi. Xarid qilishga ulguring
Batafsil: www.ucell.uz/ubd

— "Active" va "Special" tariflarida hamyonbop narxda yangi internet-to'plamlar
👉 3 GB atigi 15 000 so'mga!

Xarid qilishga ulguring, aksiya 2020-yil 1-iyulgacha amal qiladi
Batafsil: www.ucell.uz/ubd .

#ucell
@featureuz