FEATURE.UZ
912 subscribers
300 photos
18 videos
1 file
329 links
Texnologiya, marketing, AT va fichalar haqida
Download Telegram
Channel created
Smartfoningiz tezroq quvvatlanishini istaysizmi?

Smartfoningiz tezroq quvvatlanishini xohlasangiz, zaryadlash paytida «parvoz» ("полет") rejimini yoqib qoʻying. Shunda, qurilma tashqi signallarni qabul qilmaydi va akkumulyator nisbatan tezroq quvvatlanadi😉

@featureuz
Smartfoningizda uchratish mumkin bo‘lgan kameralar turlari:

• Telefoto — masofali obektlarni suratga olish uchun.

• Keng burchakli — standart universal kameralar.

• Super keng burchakli — ko‘proq joy egallaydi, shuning uchun peyzajlarni suratga olish uchun ideal.

• TOF-kameralari — obektgacha bo‘lgan masofani hisoblaydigan optik sensorlar. Ular yordamchi kameralar sifatida ishlatiladi, masalan, yuzni tanish va 3D effektlarini bog‘lash uchun.

#camera
@featureuz
​​www.uz sayti haqida bilasizmi?

www.uz sayti Saytlarning reytingini baholaydigan sayt hisoblanadi.
11.03.2020 holatiga ko'ra TAS-IX bo'yicha birinchi o'rinda Daryo.uz sayti joy egallagan.

@featureuz
​​Telegramdagi keraksiz kontaktlarni o'chirish

Telegram kontaklar ichida keraksiz accountlar ko'pmi? Ularni bittalab o'chirish vaqt talab qilyapdimi?
Quyidagi ketma - ketlik orqali keraksiz telegram kontaktlarni o'chiring .
English:
< Settings > < Privacy and Security >
< Delete Synced Contacts >
O'zbek:
< Sozlamalar > < Maxfiylik va Xavfsizlik >
< Sinxronlangan kontaktlarni o'chirish >

@featureuz
​​Koronavirusdan himoyalanish uchun smartfonni qanday dezinfeksiyalash kerak?

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, koronavirus naq to‘qqiz kungacha telefon korpusida jon saqlab qolishi mumkin ekan! Endi o‘ylab ko‘ring – shaxsan siz keyingi 9 kun mobaynida qayerlarda smartfonni olib yurdingiz, necha martalab jamoat joylarida uni cho‘ntakdan chiqardingiz...

Demak, ekspertlar antibakterial salfetka bilan smartfonni quyidagicha dezinfeksiya qilishni maslahat berishmoqda:

— Salfetkani yoyib, birinchi navbatda telefonning ekranini bir tekisda arting.

— Endi salfetkaning hozirgina ekranni tozalagan tomonini ichkarida qoldirib buklang va smartfoningizning orqa panelini hamda qirralarini yaxshilab tozalang.

— Ishlatilgan salfetkani tashlab, yangisini oling va yuqoridagi usulni qaytadan takrorlang.

@featureuz
Ucell abonentlari uchun Navro'z arafasida bayramona taklif

“Navro‘z 2020” xizmatidan foydalanib, atigi 2020 so‘mga 3 kunga 2020 MB, O‘zbekiston bo‘yicha 2020 daqiqa va 2020 SMS oling!

“Navro‘z 2020” xizmatini 2020-yil 13-martdan 31-martgacha faollashtirish mumkin.

“Navro‘z 2020” xizmatini *620# raqamiga USSD - so'rov yuborish orqali faollashtirishingiz mumkin.

Batafsil: ucell.uz/s4v

@featureuz
​​Uzmobile abonentlar uchun “Qo'llab yubor” o’zaro trafik ko’chirish xizmatini yaratdi

Faollashtirish: *122*99XXXXXXX * trafik# (Faqat Uzmobile abonentiga)

• Bir martalik o‘tkazmaning narxi 500 so‘m (xizmat narxi trafikni o‘tkazuvchisi tomonidan to‘lanadi).

• Maksimum:
— qabul qiluvchi uchun kuniga — 1 000 MB
— o‘tkazuvchi uchun kuniga — 1 000 MB

• Internet-trafikni quyidagi sotib olingan Internet-to‘plamlardan o‘tkazish mumkin:
— 30 kunlik Internet-to’plamlar;
— avtomat uzaytiriladigan 30 kunlik Internet-to‘plamlar (Internet-non-stop xizmati doirasidagi Internet-to‘plamlar).

• Amal qilish muddati — 7 kun.

Batafsil: https://bit.ly/2W5Aiih

@featureuz
​​Telegramda band bo‘lgan usernameni olish mumkinmi?

Agar sizga kerak bo‘lgan username Telegramda egallanib olingan bo‘lsa, siz quyidagi tizimlarning kamida ikkitasida aynan shunday usernameni ishlatsangiz, bot sizga Telegramda ham ushbu usernameni olishda yordam bera oladi:

- Facebook,
- Twitter,
- Instagram.


Shu bilan birga, sizning profillaringiz faol bo‘lishi kerak, shunchaki Telegramda usernameni olish uchun yaratilgan bo‘lishi kerak emas.

Agar siz yuqoridagi shartlarni bajargan bo'lsangiz @username_bot rasmiy botiga murojaat qilib uning ko‘rsatmalariga rioya qiling.

#Telegram, #username@featureuz
Feedback (Fikr - mulohaza) botini yaratish

Kanalimiz obunachilari tomonidan kelib tushgan savollarga ko'ra ushbu post yozildi.

1. Mulohaza boti @Livegrambot yordamida yaratiladi. Botdan 1) /start 2)
/addbot tugmasini bosamiz.

2. Keyin, @BotFather ni ochamiz va start tugmasi orqali ishga tushiramiz. Menyudan /newbot buyrug'i kirgiziladi. So'ngra botga 1) Botning nomi , 2) Botning username(misol uchun: texnologiyatvbot)`larni yuboramiz. Bizga HTTP API kod beriladi(misol uchun: 1249725229:AAFYbt8pFXS_Iclqvlut2IQc3qVooMaWn60).

3. Berilgan kodni nusxalab @Livegrambot ga yuboramiz.

4. Feedback boti yaratildi. Endi sizda faqat yaratgan botingiz sozlamalarini to'g'irlash qoldi. Buning uchun @BotFather dan
/mybots buyrug'i tanlanadi va Edit bot bosiladi.

Name:
Description:
About:
Botpic:
Commands:

Quyidagilardan qo'shilmaganlarni qo'shishingiz mumkin.

#bot
@featureuz
Ijtimoiy tarmoqlardagi bir rasmga ko‘zim tushdi va bu rasmni sizlarga ham ulashmoqchiman😊

Poraxo‘rning yuzi bo‘lmaydi😁

@featureuz
Ucelldan yangi – «#UydaQoling» xizmati bilan aloqada qoling!

Ucell abonentlarga istalgan holatda aloqada qolishlari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishda davom etmoqda.

Faqat 27.03.2020 – 31.03.2020 davrida
Mutlaqo bepul 100 MB, 1000 SMS, tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun 1000 daqiqa oling!

Xizmatga ulanish *464# USSD-so‘rovi vositasida amalga oshiriladi.

Batafsil: www.ucell.uz/u5d

#ucell
@featureuz
​​Huawei kompaniyasi o'zining ovozli yordamchisini taqdim etdi.

Huawei ovozli yordamchisini taqdim etdi. Huawei bu yordamchini Celia nomi bilan atadi. Birinchi bo'lib bu yordamchi Huawei P40 smartfoniga o'rnatildi. Celia 3 ta tilda ishlay oladi: ingliz, fransuz va ispan.

Bizga quyidagi mashhur ovozli yordamchilar ma'lum:
• Samsung: Bixby
• Google: Google Assistant
• Yandex: Alisa
• Amazon: Alexa
• Apple: Siri

@featureuz
​​Nihoyat Telegram'dan biz kutgan yangilanish.

Telegramning beta - versiyasidagi yangilanishdan habaringiz bor. Nihoyat Telegramning 6.0.0 versiyasini yuklab oling va biz kutgan ajoyib yangilanishlar guvohiga aylaning.

• Chatlar soni ko'p bo'lsa, ularni papakalarga ajratishingiz
• O'z papkangizni sozlashingiz yoki standart tavsiyalardan foydalanishingiz
• Eng qizig'i, omadingizni sinab ko'rish va tasodifiy hosil bo'lgan raqam olish uchun biror bir chatga 🎲 yuborib omadingizni sinab ko'ring
• Qo'shimcha animatsion emotsiyalar: 🦠, 🤒, 😷, 🤕, 🤧, 🤢, 🧼 , 🚑
• Kanal administratorlari oʻz kanallarining statistikasini koʻrishlari mumkin.

https://play.google.com/store/apps/details?id=org.telegram.messenger&hl=uz

@featureuz