The Startup CTO’s Handbook.pdf
2.7 MB
The Startup CTO’s Handbook - CTO qo’llanmasi
Men Super Dispatch’ga CTO sifatida tayinlanganimda juda ko’p narsani ko’p xatolar orqali va komandadagi mendan ko’ra ancha aqlli odamlardan o’rganganman. Ikkalasi ham yaxshi, lekin birinchisini kamroq qilish mumkin.
Tajribali odamlar bilan gaplashish, boshqalarning tajribasini o’rganish, turli tajribalarni qisqa muddat va qisqa ta’sir bilan qilish orqali xatolarni kamaytirsa bo’ladi.
Yaxshi kitoblar ham ko’p, lekin shu kitoblar va boshqa CTO’lardan to’plangan tajribani bitta qo’llanma qilingani boshida menga juda foydali bo’lardi.
Zach Goldberg aynan shunaqa qo’llanma qilgan: The Startup CTO's Handbook. GitHub’da bepul o’qisa bo’ladi, lekin PDF faylini biriktiryapman.
Qo’llanmaning yaxshi tomoni - CTO uchun kerak bo’lgan hamma tomonlarni qamrab olgan: madaniyat, jarayonlar, ishga olish, arxitektura, xavfsizlik va hokazo.
Senior+ injenerlar va menejerlar uchun qattiq tavsiya qilaman. Yuqoridagidek imkoniyatlarga tayyor bo’lish uchun.
@farhodjon

🔥22👍11
Forwarded from Nodizayn
📣 Hiring Alert
Super Dispatch dizayn komandamizga ikki nafar Senior Product Designer qidirmoqdamiz.
Murakkab muammolarni chuqur tahlil qilib, foydalanuvchilar bilan tadqiqotlar olib borib, oddiy va intuitiv dizayn yechimlar ishlab chiqa oladigan, odamlarga nisbatan kuchli empatiyaga ega dizayner qidiryapmiz.
Dizaynerning har bir qarori odamlar ishini soddalashtirishi va biznes samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kerak. Yaxshi komanda bilan ishlash uchun zo’r imkoniyat.
Barcha talablar bilan havola orqali tanishish mumkin:
👉 Senior Product Designer
Repostlar uchun cheksiz minnatdorman!
@nodizayn #superdispatch #hiring

🔥5👍1🎉1
Engineering Ladder
Super Dispatch’da taxminan 20 ta injener bo’lgan paytida professional darajani baholashda ba’zi muammolar paydo bo’ldi:
1. Ishga olishda darajani aniqlash qiyinligi. Odamlarni ishga olayotganda darajani aniq ajratib olishimiz to’g’ridan-to’g’ri byudjet va ishga ta’sir qiladi: junior injenerni senior oyligi bilan olmaslik kerak, albatta.
2. Komandalarda har xil darajalar. Agar injener bir komandada senior, lekin boshqasiga o’tganda middle hisoblansa, bu muammoga olib keladi: sifat talabi har xillashib boradi va bir xil ishni qiladigan odamlar har xil komandalarda turlicha taqdirlanishi mumkin.
3. O’sish uchun aniq ko’rsatma yo’qligi. Bu injenerlar qaysi sifatlarga e’tibor berishi, keyingi darajaga chiqishi uchun aniq ko’rsatmalar olishiga to’sqinlik qiladi.
4. Senior darajasidan keyingi daraja yo’qligi. Senior injenerning keyingi darajasi nima, qanaqa sifatlarni rivojlantirish kerak, kabi savollar tug’ilgan.
Bu muammolarning hammasini Software Engineering Ladder yechadi. O’zbekchada karyera zinapoyasi yoki narvoni, deyish mumkin. Maqola davomida shunchaki “narvon” so’zini ishlataman.
Xullas, biz ham shunaqa narvon qurishga qaror qildik.
Birinchi urinish
Birinchi narvonni qurganimizda u juda texnik tomonga va biror narsani bilish-bilmaslikka ko’p e’tibor bilan chiqdi. Masalan, Python dasturchi qo’shimcha yoki yangi freymvorkni bilishi unga bitta sifat qo’shadi. Yoki, QA injener load testing qilishni bilishi ham uni senior qilishi mumkin.
Texnik tomondan turli usullar va bilimlarni o’rganish yaxshi. Lekin, bilish - qilishmas. Men bir hafta sarflab Flask’ni o’rganib chiqishim meni seniorga aylantirib qo’ymaydi. Har qanday injener qisqa muddat davomida biror yangi texnologiyani o’rganib olishi mumkin. Ammo, bu uni shu texnologiya bo’yicha tajribali mutaxassisga aylantirmaydi.
Bilimdan tashqari injenerlar yaxshi tajribalarni doimiy ishlatishi, ular foydalanuvchi, komanda va kompaniyaga foyda keltirishi ham zarur. Mingta narsani bilib birortasini amalda qo’llamaydigan odam mahsulot quradigan komandalarda foydasiz odamga aylanadi.
Ikkinchi urinish
Velosipedni qaytadan ixtiro qilmaslikni tanladik. The Manager's Path nomli juda yaxshi kitob bor. Muallif - Camille Fournier - Rent the Runway kompaniyasida CTO sifatida ishlab yurganida injenerlar uchun narvon qilgan (haligacha ochiq turibdi). Bizga kitob ham, narvon ham yoqqan va shuni asos sifatida ishlatishga qaror qildik.
Yangi narvon bir nechta sifatlarga e’tibor qaratadi:
- Texnik sifatlar - Dexterity
- Bajarish qobiliyati - Strength
- Ta’sir - Impact
- Kommunikatsiya va liderlik - Charisma.
Endi faqat biror narsani bilishmas, injenerning topshiriq va loyihalarni bajarishi, hissa qo’shishi, yaxshi kommunikatsiyasi va faolligi o’lchanadigan bo’ldi.
Bundan tashqari, bir darajadan ikkinchi darajaga o’tish jarayoni ham o’zgardi. Komanda liderining o’zi shunchaki qaror qabul qilmaydi: nomzod bilan yaqin ishlaydigan, injenerning sifatlarini to’g’ri baholaydigan odamlardan ham fikr olinadigan bo’ldi.
Aynan shu narvon yuqoridagi to’rtta muammoni yechdi:
1. Ishga olishda narvondagi sifatlar asosida savollar beriladi va narvon asosida daraja qo’yiladi.
2. Talablar hamma komandalar uchun standart, darajani baholash jarayoni ham aniqlashdi.
3. Har bir injener o’zining narvonida sifatlarni o’rganish jarayonini belgilab borishi, lideri bilan muhokama qilishi mumkin.
4. Senior II, Staff kabi darajalar qo’shildi.
Xulosa
Albatta, keyinroq narvonni rivojlantirib bordik. Lekin, o’sha paytdagi Super Dispatch uchun aynan ikkinchi narvon juda katta yordam bergan.
Injenerlar soni oshgan, bir nechta komandalar paydo bo’lganda shunaqa narvon joriy qilishni qattiq tavsiya qilaman. Kichik komandalar uchun zarurmas, albatta.
Ikkinchi narvonga eng katta hissani Bekzod (Telegram, LinkedIn) qo’shgan - o’sha paytdagi Director of Engineering. Dizaynerlarimiz uchun esa Nodirxon narvon qilgan.
Quyidagi saytni yaxshi resurs sifatida tavsiya qilaman: progression.fyi - turli (katta) kompaniyalarning karyera freymvorklari (narvonlari).
@farhodjon #superdispatch #eng_ladder

👍31🔥12🤯2😱1
Individual Contributor / Yakka hissakor
Agar qilayotgan ishingiz to’g’ridan-to’g’ri natija keltirsa, tabriklayman, siz “individual contributor” sifatida hissa qo’shyapsiz. O’zbekchasiga: yakka hissakor. Yozayotgan kodingiz, qilayotgan testingiz, yaratayotgan dizayningiz, qurayotgan infratuzilmangiz va hokazolar aynan shu yo’ldan ketayotganingizni bildiradi.
Deyarli hamma narvonlarda bu yo’l alohida ajratilgan. Boshqa yo’l - menejment haqida keyinroq gaplashamiz.
Dasturiy ta’minot injeneri (software engineer) uchun kod yozish - ish va majburiyatlarning bir qismi xolos. Shuning uchun ham, injener koder va programmistdan farq qiladi: injener narvondagi faqat bitta sifat bo’yichamas, hamma sifatlar bo’yicha rivojlanishi kerak.
Darajalar
Juda qisqa qilib darajalar haqida to’xtalsak. E’tibor qilish kerak, darajalarga bo’lgan talablar kompaniyadan-kompaniyaga o’zgaradi; agar kompaniyaning ichida standartlashtirilmagan bo’lsa, turli komandalarda ham farq qilishi mumkin. Masalan, kichikroq kompaniyadagi Senior, deylik, FAANG kompaniyasida xuddi shu darajani ololmasligi ehtimoli katta.
Engineer I
Bu daraja birinchi mustaqilroq ishlaydigan mutaxassislarniki. Xalq tilida “junior” deyiladi. Injener bu darajada kichik va o’rtacha topshiriqlarni boshqa tajribaliroq odamlar yordamida bajara oladi. To’xtamasdan o’rganadi.
Engineer II
Bu dajaradagi injenerlarga yaxshi aniqlangan topshiriqlar beriladi. Injener topshiriq ustida mustaqil ishlaydi, kerak bo’lganda boshqalarni chaqiradi, komanda bilan ishlaydi, kelishuvlar va sifat darajasiga to’liq amal qiladi. Juniordan farqli ravishda, bu darajadagi injenerning “tepasida turish” shart emas.
Senior Engineer I
Bu darajadan boshlab injenerga topshiriqmas, muammolar topshiriladi. Senior I texnik tomondan to’g’ri qarorlar chiqara oladi (dizayn, arxitektura), to’g’ri tanlov qiladi, turli tomonlarning qarashlarini hisobga oladi, komandasidan tashqaridagi odamlar bilan ham ishlaydi. Mahsulot va biznesni yetarlicha chuqur bilish ham lozim.
Senior Engineer II
Yuqoridagi darajaning davomi, lekin qisman texnik stekning katta farqi yo’q. Deylik, Senior II darajasidagi injener asosiy stekining atrofidagi steklarni ham yetarlicha tushunadi. Mahsulot menejerlarining texnik hamkoriga aylanadi: kattaroq muammolarni qanaqa yechish, qanday amalga oshirish, foydalanuvchilarga tezroq va muammolarsiz qiymat olib kelishni ham hisobga oladi.
Staff Engineer
Katta (bir nechta mahsulot yoki komanalar qatnashadigan) loyihalarni boshidan oxirigacha olib boradigan odamlar. Kompaniyaning mahsulotlari va biznesini juda yaxshi tushunadi. Arxitektura va tizim dizayni, loyiha boshqaruvi, monitoring, turli komponentlar qanaqa ishlashi haqida chuqur bilimga ega. Ko’p narsada “go-to-person”ga aylangan.
Principal Engineer
Kompaniyada odamlarni boshqarmaydigan eng zo’r, almashtirish qiyin injener. Har tomonlama chuqur bilimga ega, deyarli CTO darajasida. Texnologiya tomondan strategiyani qura oladi va amalga oshiradi. Juda katta muammolar va biznesga yangi imkoniyatlar ochish bilan shug’ullanadi.
Ko’nikmalar (soft/hard skills)
Narvonning o’zi keng qamrovli: injenerning sifatlarini har tomondan hisobga oladi. Lekin ishga olishda faqat bir tomondan kompromiss qilish kerak bo’lsa, u hard skill bo’ladi. Ochiq fikrlaydigan, komandada yaxshi ishlaydigan, kommunikatsiyasi zo’r, o’sadigan, boshqalarni eshita oladigan odam texnik tomondagi yetishmayotgan bilimlarni tezroq rivojlantirishi mumkin. Ayniqsa, hozir bilimga cheksiz imkoniyat bo’lgan davrda (+sun’iy intellekt). O’zingiz o’sishingizda ham shu sifatlarga juda qattiq e’tibor bering: bular bitta kitob o’qib yoki topshiriq bajarib tuzatadigan sifatlar emas.
Xulosa
Injenerlarning juda katta qismi yakka hissakor sifatida ishlaydi. Har qanday odam uchun “endi nima?” yoki “keyingi qadam qaysi?” savoliga javob bo’lishi juda ijobiy narsa. Yuqoridagi darajalar juda qisqartirilgan. Agar aniqroq talablarni bilmoqchi bo’lsangiz, boshlig’ingiz yoki komandadagi kuchliroq injenerlar bilan gaplashing. Savollar → izohlarda.

🔥6👍2
📣 Hiring alert (October 2025 Edition)
Hozir hamma ham paxta terish bilan band emas, shuning uchun, kuzgi vakansiyalarga nima yetsin?
- Backend Engineer II (Python)
- Director / VP of Engineering
- Senior Product Designer
Odamlarning hayotini va ishini o’zgartirish, professional o’sish, yaxshi komanda bilan ishlash imkoniyati. Tanishlarga yuborganlarga mendan (va Nodirxondan) cheksiz minnatdorlik!
@farhodjon #superdispatch #hiring

🔥9🎉2
Figure robotining 3-versiyasining videosini ko’rishni tavsiya qilaman - yaqin kelajakni ko’rsatadigan videolardan biri.
https://youtu.be/Eu5mYMavctM?si=pkJjx09z0QHV0Rkv
Xullas, yangi robot uy ishlariga ham mo’ljallangan: bozor mahsulotlarini taxlash (hatto tuxumgacha) va uydagi buyumlarni tartibga solish, simsiz quvvat olish uchun platformasi bor, yuvib tozalanadigan kiyimi va hokazo.
Mish-mishlarga qaraganda, narxi 20 ming dollar atrofida bo’ladi. Amerikada oddiyroq mashinaning puli.
Bunaqa videolarni ko’rgandan keyin, kompaniya kimlarni izlayotganiga qarab yaqin 5-10 yil ichida bozorda qaysi mutaxassislar ko’proq kerak bo’lishini ham bilsa bo’ladi. Saytida eng asosiy e’tibor berilgan sohalar: sun’iy intellekt, ishlab chiqarish, hardware/mechanical engineering, test qilish va platforma uchun dasturchilar.
@farhodjon #robotics

YouTube
Introducing Figure 03
Enjoy the videos and music you love, upload original content, and share it all with friends, family, and the world on YouTube.
👍9🔥1
Menimcha, veb interfeys qurish bo’yicha eng foydali qo'llanmani topdim. Ishingizning ozgina qismi ham interfeys qurishga bog’liq bo’lsa, bu qo’llanma juda foydali bo’ladi. Ayniqsa, frontend/veb dasturchilar va dizaynerlar uchun.
Web Interface Guidelines
Vercel o’zi alohida ajralib turadigan kompaniyalardan biri. Yaxshi kontent va mahsulotlar qiladi.

Vercel Design
Web Interface Guidelines
Guidelines for building great interfaces on the web. Covers interactions, animations, layout, content, forms, performance & design.
👍16
📣 Hiring alert - Senior QA Engineer II
Super Dispatch juda tajribali, analitik fikrlaydigan, ingliz tilini juda yaxshi biladigan QA Engineer izlayapti. Bu injener sun’iy intellekt asosida ishlaydigan mahsulotlarning sifatini nazorat qilish, foydalanuvchilarga eng yaxshi tajribani yetkazish bilan shug’ullanadi.
Nomzodlar bu yerda qabul qilinyapti:
https://superdispatch.breezy.hr/p/3fddc0fba578-senior-qa-engineer-ii
* * * * *
Senior QA Engineer II - senior injenerning keyingi darajasi. Dasturchilardan kutiladigan taxminiy talablar bu injenerga ham qo’yiladi. Nisbatan kengroq mas’uliyatni oladi, to’liq avtonom, ishni avtomatlashtirishning yangi usullarini topadi, boshqa jamoalar va odamlar bilan yaxshi kommunikatsiya/munosabat quradi.

🔥5
Google’ning Nano Banana Pro modeli yaqinda bir shov-shuv qilvoldi. Generatsiya qilayotgan rasmlari va “ijodi” yaxshigina yuqori darajada. Peyzaj yoki odamlarni generatsiya qilishidan ko’ra, notabiiy va ijod talab qilinadigan rasmlari ko’proq qiziqtirdi.
Eng yaxshi misollardan birini Pavol Rusnak keltirdi. Quyidagi promptda shahar nomini o’zgartirib Nano Banana Pro’ga berilsa, juda chiroyli detallar bilan izometrik rasm tayyorlab beryapti. Toshkent uchun tayyorlangani - birinchi rasm. Shriftni hisobga olmasa, hamma detallari ajoyib!
Xuddi shu promptni kuni kecha chiqqan GPT Image 1.5 modeliga berib ko’rdim. Natija - ikkinchi rasm. Kirroq, artefaktlar ko’p, binolarning shakllari buzilgan, qora bulut, negadir faqat 2024-yil 24-aprelni ko’rsatyapti.
Xullas, Nano Banan Pro > GPT Images.
Yana bir qilgan tajribamda yuqoridagi promptni ozroq o’zgartirib, Gemini’dan miniatyura generatsiya qilishni so’radim. Natija - uchinchi rasm.
Google’dan yaxshi marketing: X/Twitter’da turli promptlar va misollarni ko’rsatib odamlarni mahsulotdan foydalanish va rasmlarni bo’lishishga undayapti. Natija zo’r: ko’proq odamlar Gemini haqida bilyapti.
Eng yaxshi misollardan birini Pavol Rusnak keltirdi. Quyidagi promptda shahar nomini o’zgartirib Nano Banana Pro’ga berilsa, juda chiroyli detallar bilan izometrik rasm tayyorlab beryapti. Toshkent uchun tayyorlangani - birinchi rasm. Shriftni hisobga olmasa, hamma detallari ajoyib!
CITY=Tashkent,Uzbekistan
Present a clear, 45° top-down isometric miniature 3D cartoon scene of [CITY], featuring its most iconic landmarks and architectural elements. Use soft, refined textures with realistic PBR materials and gentle, lifelike lighting and shadows. Integrate the current weather conditions directly into the city environment to create an immersive atmospheric mood.
Use a clean, minimalistic composition with a soft, solid-colored background.
At the top-center, place the title “[CITY]” in large bold text, a prominent weather icon beneath it, then the date (small text) and temperature (medium text).
All text must be centered with consistent spacing, and may subtly overlap the tops of the buildings.
Square 1080x1080 dimension.Xuddi shu promptni kuni kecha chiqqan GPT Image 1.5 modeliga berib ko’rdim. Natija - ikkinchi rasm. Kirroq, artefaktlar ko’p, binolarning shakllari buzilgan, qora bulut, negadir faqat 2024-yil 24-aprelni ko’rsatyapti.
Xullas, Nano Banan Pro > GPT Images.
Yana bir qilgan tajribamda yuqoridagi promptni ozroq o’zgartirib, Gemini’dan miniatyura generatsiya qilishni so’radim. Natija - uchinchi rasm.
Google’dan yaxshi marketing: X/Twitter’da turli promptlar va misollarni ko’rsatib odamlarni mahsulotdan foydalanish va rasmlarni bo’lishishga undayapti. Natija zo’r: ko’proq odamlar Gemini haqida bilyapti.
🔥13👍1
📣 Hiring alert - Senior QA Automation Engineer
Super Dispatch QA avtomatizatsiyasi bilan shug’ullanadigan tajribali injener izlayapti. Bu injener Platform jamoasining bir qismi sifatida kompaniyaning QA jarayonlarini avtomatlashtirish uchun qurilgan (va quriladigan) platformaning asosi ustida ishlaydi va boshqa QA injenerlar yangi yo’nalishni o’zlashtirishda yordam beradi.
Nomzodlar bu yerda qabul qilinyapti:
https://superdispatch.breezy.hr/p/40e877318444-senior-qa-automation-engineer

👍1🔥1
📣 Hiring alert - Senior Data Scientist
Yana bir vakansiya. Super Dispatch o’zi ishlab chiqqan Machine Learning modellarini rivojlantirish va yangi modellar qurish uchun Senior Data Scientist izlayapti. Asosiy vazifa: AQShdagi avto transport sohasi uchun kuchli modellar chiqarib, mijozlarga eng yaxshi tajribani yetkazish. Analitik fikrlash, rosa ko’p tajriba qilish sifatlari juda muhim.
Nomzodlar bu yerda qabul qilinyapti:
https://superdispatch.breezy.hr/p/46dc9ae30188-senior-data-scientist

👍4
Har yili so’ralishi kerak bo’lgan 40 ta savol
Adashmasam, 2024-yilning rejalarini tuzishimdan avval Steph Ango’ning (Obsidian dasturining asoschisi) har yili odam o’zidan so’rashi kerak bo’lgan 40 ta savolga duch kelgandim. Ikki yildan beri bu savollar o’tayotgan yilni qarab chiqib, xulosalar qilish va odam o’zi bilan juda xolis bo’lishi uchun yaxshi yordam beryapti (ingliz tilida bu jarayon “reflection” deyiladi).
Ingliz tilidagi originali bu yerda: 40 questions to ask yourself every year.
Quyida shu 40 ta savolning o’zbek tilidagi tarjimasi. Umid qilaman, sizlarga ham bu savollar juda foydali bo’ladi.
P.S.: shu tarjimani pull request qilib yuborib ham qo’ydim, tasdiqlangan keyin blogida havola sifatida paydo bo’ladi.

1. Bu yil avval hech qachon qilmagan qaysi ishni qildingiz?
2. Yangi yilga bergan va’dalaringizni bajardingizmi?
3. Biror yaqiningiz farzandli bo‘ldimi?
4. Biror yaqiningiz vafot etdimi?
5. Qaysi shahar, region yoki mamlakatlarga safar qildingiz?
6. Bu yil sizga yetishmagan narsalardan qaysi biri kelgusi yilda bo‘lishini xohlaysiz?
7. Bu yilning qaysi sanalari xotirangizda muhrlanib qoladi va nega?
8. Yil davomidagi eng katta yutug‘ingiz nima bo‘ldi?
9. Eng katta muvaffaqiyatsizlik nima bo‘ldi?
10. Yana qanday qiyinchiliklarga duch keldingiz?
11. Sog‘lig‘ingizda muammolar yoki jarohatlar bo‘ldimi?
12. Sotib olgan eng yaxshi narsangiz nima bo‘ldi?
13. Kimning xulq-atvori yoki harakati tahsinga loyiq bo‘ldi?
14. Kimning xatti-harakati sizni hayratda qoldirdi (salbiy ma’noda) yoki ranjitdi?
15. Pullaringizning asosiy qismi nimaga sarflandi?
16. Nimadan juda-juda hayajonlandingiz?
17. Qaysi qo‘shiq sizga doim shu yilni eslatib turadi?
18. O‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda siz: baxtliroqmisiz yoki g‘amginroq? Boyroqmisiz yoki kambag‘alroq? Sog‘lomroqmisiz yoki aksincha?
19. Nima bilan ko‘proq shug‘ullanishni xohlaysiz?
20. Nimani kamroq qilishni xohlar edingiz?
21. Bayram kunlarini qanday o‘tkazyapsiz?
22. Bu yil kimnidir sevib qoldingizmi?
23. Hozir nafratlanadigan, ammo o‘tgan yili bunday bo‘lmagan biror kimsa bormi?
24. Eng sevimli serialingiz qaysi bo‘ldi?
25. O‘qigan eng yaxshi kitobingiz qaysi?
26. Yil davomida topgan eng katta musiqiy kashfiyotingiz nima bo‘ldi?
27. Sevimli filmingiz qaysi?
28. Sevimli taomingiz?
29. Nimani juda xohladingiz va unga erishdingiz?
30. Nimani xohladingiz-u, lekin erisha olmadingiz?
31. Tug‘ilgan kuningizni qanday nishonladingiz?
32. Nima yilingizni beqiyos darajada qoniqarli qilishi mumkin edi?
33. Bu yilgi shaxsiy kiyinish uslubingizni qanday tasvirlagan bo‘lardingiz?
34. Ruhiy muvozanatingizni saqlashga (yoki taslim bo‘lmaslikka) nima yordam berdi?
35. Qaysi mashhur shaxsga ko‘proq qoyil qoldingiz?
36. Qaysi siyosiy masala sizni ko‘proq tashvishga soldi yoki qiziqtirdi?
37. Kimni sog‘indingiz?
38. Siz tanishgan eng yaxshi yangi inson kim bo‘ldi?
39. Bu yil qanday muhim hayotiy saboq oldingiz?
40. Yilingizni sarlavha qilib beruvchi iqtibos (quote) qaysi?
P.S.: shu tarjimani pull request qilib yuborib ham qo’ydim, tasdiqlangan keyin blogida havola sifatida paydo bo’ladi.
👍10🔥7🤮1
Har 10 yilda so’ralishi kerak bo’lgan 40 ta savol
Xuddi har yili so’ralishi kerak savollardek, lekin bunisi har 10 yillik uchun: ayniqsa, 20-30-40 va hokazo yoshlarga to’lganda juda mos keladi. Bu savollar ancha chuqur va butun hayotiy tajribaga, odamning qadriyatlari va kelajagiga bog’liq.
Savollar oddiy yoki oson emas. Har biriga javob berish yaxshigina qiynashi mumkin. Lekin, lekin, bunaqa savollarni beradigan odam hammaning ham yonidamas yoki ataylab ChatGPT’dan shunaqa savollarni so’rab ololmaymiz.
Originali bu yerda: 40 questions to ask yourself every decade.
O’zbekcha tarjimasi kaminai kamtarindan:
Ham yillik, ham 10 yillik savollarni javoblari bilan biror joyga yozib borishni qattiq tavsiya qilaman. Yil(lar) o’tganda fikrlash va qarashlaringiz qanaqa o’zgarib borishini kuzatish qiziq va foydali bo’ladi.
Yangi yil muborak va yil davomida maqsadlarimizga erishishda kuch va quvvat yetarli bo’lsin hammamizga! Olg’a! 🥳

1. Agar yashashingizga atigi 6 oy qolgan bo‘lsa, nima qilgan bo‘lardingiz?
2. Agar sizda bir milliard dollar bo‘lsa, hayotingizni qanday o‘zgartirardingiz?
3. 10 yil avvalgi o‘zingizga qanday maslahat bergan bo‘lardingiz?
4. 10 yildan keyin ham nimalar o‘zgarmay qolishini xohlaysiz?
5. 10 yildan keyin nimalar butunlay boshqacha bo‘lishidan umidvorsiz?
6. Sizningcha, mukammal baxt haqidagi tasavvur qanday?
7. Qachon va qayerda o‘zingizni eng baxtli his qilgansiz?
8. Har tong o‘rindan turishingizga nima turtki (motivatsiya) beradi?
9. Siz uchun xorlikning (azob-uqubat, kulfat) eng quyi (tub) nuqtasi nima?
10. Sizning eng ko‘zga ko‘ringan xislatingiz qaysi?
11. Eng katta qo‘rquvingiz nima?
12. O‘zingizdagi qaysi xususiyatni eng ko‘p qoralaysiz?
13. Boshqalardagi qaysi xususiyatni aslo qabul qila olmaysiz?
14. Qaysi vaziyatlarda yolg‘on gapirishingiz mumkin?
15. Sizning eng katta isrofgarchiligingiz nima?
16. Sizningcha, qaysi fazilat haddan tashqari yuqori baholangan?
17. Tashqi ko‘rinishingizda sizga eng yoqmaydigan narsa nima?
18. Agar o‘zingizda birgina narsani o‘zgartira olsangiz, u nima bo‘lardi?
19. Qaysi iqtidor yoki iste’dodga ega bo‘lishni juda xohlardingiz?
20. Odamlar siz haqingizda ko‘pincha nimani noto‘g‘ri tushunishadi?
21. Erkak kishida qaysi fazilatni yuqori baholaysiz?
22. Ayol kishida qaysi fazilatni yuqori baholaysiz?
23. Do‘stlaringizda nimani juda qadrlaysiz?
24. Hayotingizdagi eng katta yutug‘ingiz qaysi deb hisoblaysiz?
25. Agar dunyodagi barcha insonlarga bittagina sovg‘a bera olsangiz, u nima bo‘lardi?
26. Sizningcha, hayotingizdagi eng katta vaqt isrofi nima bo‘lgan?
27. Qanday ishni siz uchun og‘riqli bo‘lsa-da, lekin uni qilish arziydi deb hisoblaysiz?
28. Dunyoning qayerida yashashni juda xohlaysiz?
29. Sizning eng qimmatli boyligingiz nima?
30. Eng yaqin do‘stingiz kim?
31. Hayotingizdagi eng buyuk muhabbat kim yoki nima?
32. Hozir yashayotgan insonlar orasida kimga ko‘proq qoyil qolasiz (hurmat qilasiz)?
33. Badiiy asarlardagi sevimli qahramoningiz kim?
34. Qaysi tarixiy shaxsni o‘zingizga eng yaqin deb bilasiz?
35. Eng katta armoningiz nima?
36. Qanday vafot etishni xohlardingiz?
37. Hayotdagi shioringiz qanday?
38. Siz olgan eng yaxshi iltifot (maqtov) qaysi bo‘lgan?
39. Siz bilan sodir bo‘lgan eng omadli voqea nima?
40. Nima sizga umid bag‘ishlaydi?
Ham yillik, ham 10 yillik savollarni javoblari bilan biror joyga yozib borishni qattiq tavsiya qilaman. Yil(lar) o’tganda fikrlash va qarashlaringiz qanaqa o’zgarib borishini kuzatish qiziq va foydali bo’ladi.
Yangi yil muborak va yil davomida maqsadlarimizga erishishda kuch va quvvat yetarli bo’lsin hammamizga! Olg’a! 🥳
🔥11👍7😱1🤮1
Yangi zamon kelganining yana bir tasdig’i: 2025-yilning dekabr oyida StackOverflow’da atigi 3862 ta savol qoldirilibdi. Bir yil oldin, 2024-yilning dekabrida 18 029 ta savol so’ralgan.
Bunaqa kam savollar sayt asos solinganidan bir oy keyin, 2008-yilning avgustida bo’lgan ekan: 3749 ta. Eng ommalashgan paytida bir oyda 207 493 (!) ta savol so’ralgan; bu 2014-yilning mart oyi.
Xulosa: LLM’lar, ayniqsa, koding agentlari dasturchilarga yetarlicha yordam beryapti.
Manba: https://data.stackexchange.com/stackoverflow/query/1926661#resultSets

🔥12👍2