Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.1K subscribers
22.2K photos
1.08K videos
8 files
1.95K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Furqat_tumani

Bugun Eski hamda Shunqor mahalla fuqarolar yig'inlarida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi “Mahallada duv-duv gap” nomli ma'naviy-ma’rifiy, madaniy-musiqiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Harbiy-vatanparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarida Ma'rifat targ'ibotchilari, madaniyat bo‘limi xodimlari, tuman Ichki ishlar bo'limi xodimlari, hokim yordamchilari, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari qatnashdilar.

Tadbirlar davomida mavzuga oid ma'ruzalar hamda madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan konsert dasturlari tashkil etildi.

@fargonamanaviyhayoti
#Furqat_tumani
#Kitobsevar_millat

Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir!

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Furqat tuman bo‘linmasi, tuman Axborot kutubxona markazi bilan hamkorlikda kitobxonlikni targ‘ib qilish, o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularda mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, ma’naviy tahdidlarga nisbatan sog‘lom immunitetni rivojlantirish maqsadida "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun" shiori sotida "Yurak sadolari" sheriy to‘plamining kitob taqdimoti hamda adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Adabiy-badiiy kechada yosh ijodkorlar o‘zlari tomonidan yozilgan sherlarini tadbir ishtirokchilariga o‘qib eshittirdi.

@fargonamanaviyhayoti
#Furqat_tumani

"Kim ko‘p kitob o‘qiydi!?" tanlovi

📚Kitob - mo‘jiza. U insonning intellektual va ma’naviy yuksalishiga xizmat qiladi. Kitob mutolaasi, kitobxonlik esa hamma zamonlarda ham e’zozlangan. Bugun yurtimizda kitobxonlikka, xususan, yoshlarni kitob mutolaasiga rag‘batlantirish borasida tinimsiz harakat va izlanishlar olib borilmoqda. Joylarda tanlovlar, aksiyalar, uchrashuvlar, targ‘ibot tadbirlari tashkillanmoqda.

📚Furqat tumani markazidan 25 kilometr olisda joylashgan "G‘allakor" mahallasidagi 29-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan "Kim ko‘p kitob o‘qiydi!?" tanlovi maktab o‘quvchilari uchun haqiqiy shodiyonaga aylandi. Ikki hafta oldin o‘quvchilarga o‘qish uchun berilgan kitoblarini astoydil o‘qigan maktab o‘quvchilari hakamlar hay’ati tomonidan saralab olindi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#xotira_va_qadrlash_kuni
#Furqat_tumani

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi

9-may – "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Furqat tumani markazidagi "Xotira maydoni"da o‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirilib, ikkinchi jahon urushida qurbon bo‘lgan bobolarimiz xotirasini yodga olish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda tuman hokimi, sektorlar rahbarlari, “Veteran” birlashmasi a’zolari, tuman Mudofaa bo'limi, Huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlovchi organlar rahbarlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari, ta’lim muassasalari, jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida barcha ishtirokchilar Xotira maydoniga guldastalar qo‘ydilar. Shahid bo‘lgan jangchilar va barcha o‘tganlarning xotirasiga bag‘ishlab, Qur'on oyatlaridan oʻqilib,duolar qilindi.

🌐 Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Furqat_tumani

Kitob va kitobxonlik — inson maʼnaviyati ko‘zgusi

Bugungi kunda yoshlarni kitob o‘qishga qiziqtirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Har xil tanlovlar aholini, ayniqsa yoshlarni rag‘batlantirish bilan birga ularni kitob o‘qishga tobora yaqinlashtirmoqda.

Shu ma’noda Furqat tuman hokimi Jahongir Jumanov yaqin kunlarda o‘zi o‘qigan kitobdan olgan taassurotlarini o‘quvchi-yoshlar bilan o‘rtoqlashdi. O‘quvchi-yoshlar va tuman hokimi o‘rtasida muloqot uyushtirildi.

Tadbir so‘nggida tuman hokimi tomonidan o‘quvchilarga eng qadrli sovg‘a — kitoblar jamlanmasi hadya etildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Furqat_tumani
#Jaholatga_qarshi_marifat

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Furqat tuman bo‘linmasi, Milliy gvardiya hamda Diniy qo‘mitaning tuman bo‘limi bilan hamkorlikda Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida tumandagi 28-umumta’lim maktabida “Jaholatga qarshi marifat” targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida soha mutaxassislari so‘zga chiqib, jahonda ro‘y berayotgan notinchliklar, jaholat so‘zini maʼnosi to‘g‘risida gapirib bizning yurtimizda eng katta boylik bu tinchlik ekanligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Bugun maʼrifatga eʼtibor qaratish har qachongidan ham muhim masala ekanligi, maʼnaviyat eng taʼsirchan va qudratli qurolimiz bo‘lishi, bunda yoshlarimizning odob-ahloqi, yurish-turishi, taʼlim-tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratilishi lozimligi taʼkidlandi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Furqat_tumani
#Kitob_maʼrifat_chirogʻi

Kitob — insonning eng yaqin do'sti va maslahatchisi, aql qayrog'i va bilim manbaidir.

📚 Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo'lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo'tabar va muqaddas deb hisoblalaydi.

📚 Shuning uchun kitobga bo'lgan muhabbat, uni qadrlash, o'qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Insonning madaniyati uning kitobida aks etadi.

📚 Yangi MFY da joylashgan “Turon odob-ilm” xususiy maktabida “Kitob - ma'rifat chirog'i” nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda tuman hokimi o'rinbosari A.A'zamov ishtirok etib yoshlar bilan hayotimizda kitobning o'rni xususida suhbatlashdi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Furqat_tumani
#Onalarga_ehtirom

Onalarni qadrlash, ularni ulug‘lash, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ongu shuurida ota-onaga hurmat, farzandlik burchini ado etish, ehtirom ko‘rsatish kabi fazilatlarni shakllantirish kabi g‘oyalarni o‘zida mujassam etgan, Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tashabbusi bilan to‘rt yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan "Onalarga ehtirom" festivali Furqat tumanida ham keng nishonlanmoqda.

Bugun Furqat tumani “Bekobod” mahallasida joylashgan “Abduqahhor ota” dam olish maskanida tumandagi barcha mahalla Yoshlar yetakchilarining onalariga ehtirom ko‘rsatildi.

Tadbir davomida tuman hokimi ishtirokida onaxonlarga esdalik sovg‘alari va gullar hadya etildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Furqat_tumani
#Zakovat

📚Furqat tumani Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 8-umumum ta’lim maktabida O‘quvchilarimizni bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazish maqsadida "Zakovat" o‘yinlarining navbatdagi soni bo'lib o'tdi.

✏️Zakovat" o‘yinida o'qish uchun tavsiya etilgan kitoblar Xudoyberdi To'xtaboyevning "Shirin qovunlar mamlakati" romani va Farhod Musajonning "Bo'sh kelma , Aliqulov" qissalari tanlab olindi.

Ushbu "Zakovat" o‘yinida
6-A sinfning "Liderlar",
6-B sinfning "Adabiyotshunoslar",
6-D sinfning "Navoiy izdoshlari",
7-A sinfning " Turon"
7-B sinfning " Book lovers" jamoalari o'zaro bellashdilar.

Zakovat" o‘yinida 3 ta shartdan iborat bo'lib,
1: og'zaki savol-javob
2: krossvord yechish
3: sardorlar bellashuvi.

❇️Bahs-munozaralarga boy bo'lgan ushbu tanlovda "Book lovers" hamda "Adabiyotshunoslar" jamoalari durrang natija bilan g'oliblikni qo'lga kiritdi.

G'olib jamoalar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Furqat_tumani
#Jaholatga_qarshi_marifat

Jaholat nafaqat diniy shaklda, balki dunyoviy, dahriylik ko‘rinishida ham namoyon bo‘ladi. Bunday illatlarga qarshi ma’rifat asosida kurash olib borish, ma’naviyat masalasi O‘zbekistonlik barcha sog‘lom fikrli kishilarning vijdon ishiga aylanishini davr taqozo etmoqda.

Bugun Ingichka mahalla fuqorolar yig‘inida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq holatlarni oldini olish maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi ostida “Ma’rifatli jamiyat-jaholatni qoralaydi”, “Ekstremizm va terrorizm-jaholatga yetaklovchi illat” mavzularida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook