Farg‘onа ma'naviy hayoti
1K subscribers
22.3K photos
1.09K videos
8 files
1.97K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
Forwarded from OYINA.UZ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Afg‘onistonning Faryob universiteti professori Muhammad Ashraf Sharifiy “Tolibon”dan o‘zlari ishlab chiqayotgan konstitutsiyaga o‘zbek tilini mamlakatning rasmiy tillaridan biri sifatida kiritishni so‘radi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
#Bayroĝim_iftixorim

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyat bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan "BAYROG‘IM_IFTIXORIM" heshtegi ostida chellenjga start berildi

@fargonamanaviyhayoti
#Yangi_kitob

KАMOLOT SАODАTI

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Minhojiddin Mirzo o‘z qalamiga, o‘z uslubiga ega ijodkor. Kitobga jamlangan maqolalarda xalqaro adabiy aloqalar, bugungi adabiy jarayon mavzusiga keng o‘rin berilgan.

Аyniqsa, ustoz adiblar ijodi haqida yozilgan adabiy mulohazalari sizni befarq qoldirmaydi. Kitobga muallifning oxirgi paytda yozilgan yangi sheʼrlari ham kiritilgan.

Muallif sheʼrlarining o‘ziga xos ohangi, jozibasi, ifoda usuli bor. Tashbihlarning tiniqligi diqqatni jalb etadi. Yangi sheʼrlarning zavqi mutolaa davomida sizga yo‘ldosh bo‘ladi.

Kitob Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida “Аdabiyot” nashriyotida chop etildi.

Masʼul muharrir: Hulkar Hamroeva,
filologiya fanlari doktori (DSs), dotsent
To‘plab, nashrga tayyorlovchi: To‘maris Аʼzam,
filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD)

@fargonamanaviyhayoti
Nurga yetmog'imiz bor...

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi tashabbusi bilan, Farg‘ona shahridagi Tergov hibsxonasida Yozuvchilar uyushmasi a'zosi shoira O'ktamxon Soliyevaning "Nurga yetmog'imiz bor" nomli kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi.

Bunda hibsxonada saqlanayotgan voyaga yetmagan yoshlar hamda xotin-qizlar ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida o'zlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar va shoiraning ibratli hikoyalari va she'rlaridan bahra oldilar.

⚜️Ularga shoiraning yangi kitobi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi homiyligida chop etilgan eng sara kitoblar sovg‘a sifatida taqdim etildi.

@fargonamanaviyhayoti
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona tuman bo‘linmasi hamda oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorlikda “Mahallalarda yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlashning yangicha mexanizmlarini joriy etish, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarning ta’sirchanligi hamda samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi hamda oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2023-yil 29-sentyabr kungi qq/11-sonli qo‘shma qaroridan kelib chiqib,kelgusida amalga oshirish lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda xotin-qizlar faollari bilan mahallalarda milliy qadriyatlarni targ‘ib etish, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, oilalarda ma’naviy-muhit va tarbiyani yaxshilashda olib boriladigan vazifalar to‘g‘risida kelishib olindi.

@fargonamanaviyhayoti