Farg‘onа ma'naviy hayoti
1K subscribers
22.3K photos
1.09K videos
8 files
1.97K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Oltiariq_tumani

Enaxon Siddiqovaning yorqin xotirasiga bag‘ishlanib o‘tkazilgan tadbirdan lavhalar.

@fargonamanaviyhayoti
#Xotira_kechasi

Qo‘qon shahar axborot-kutubxona markazida O'zbekiston xalq shoirasi Enaxon Siddiqova xotirasiga bag'ishlab "Umr yaxshilikka safar bo'lsaydi" mavzusida shoirlar ishtirokida xotira kechasi bo'lib o'tdi.

Kechada Qo‘qon shahar Respublika ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi rahbari Islomxon Fayzullaev, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi shoirlardan Tursunoy Hidoyatxon, Qosimova Dilfuzaxon, Sobir Jabborov va Qo‘qon shahar axborot-kutubxona markazi direktori Rustamjon Husanov, kutubxona xodimlari va "Kitobxon klubi" a'zolari kitobxonlari ishtirok etdilar.

Shoira Tursunoy Hidoyat va Jabborov Sobirjon shoiraning bosib o'tgan ijodiy yo'li, yozgan she'riy to'plamlari hamda yurtimiz ravnaqi yo'lida qilgan xizmatlari haqida gapirib bershdi.
Tadbir so‘ngida AKM rahbari tomonidan shoirlarga estalik uchun kitob sovg‘a qilindi.

@fargonamanaviyhayoti
⚡️⚡️⚡️ "Янги Фарғона" газетасининг 2023 йил 6 сентябрь сонида:

 Вилоят ҳокими Хайрулло Бозоров бошчилигидаги делегация Хитойга жўнаб кетди;
 
 Битта экан Фарғонанинг Энахони...

 Биринчи қўнғирок чалинди;
 
 Маҳалла “бешлиги” жипслашса, жиноятчилик жиловланади;
 
 Риштонда учинчи “ҳунармандлар маркази” иш бошлади;
 
 Қатағон қурбонлари унутилмайди;
 
 Сўхлик тадбиркор экспортбоп гуллар етиштиряпти;
 
 “Шеър ёзиб, шеър ўқиб, тўкилсам...”
 
 Ҳаёти – ибрат мактаби;
 
 "Янги нафас" марафони кўтаринки руҳда ўтказилди;
 
 Қувасойнинг боғларидан бол томади;
 
 Яшил оламни асраш – бурчимиз;
 
 Грант танловлари эълон қилинади.
#xotira_aziz

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu yil 18- apreldagi “2023- yilda adabiyot, madaniyat va san’at, ilm-fan sohalari atoqli namoyondalarining tavallud sanalarini munosib nishonlash va ularning faoliyatini keng targ’ib etish to’g’risida"gi 208- sonli farmoyishiga asosan, Bag’dod tumani Axborot kutubxona markazi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi,  madaniyat markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavalludining 69 yilligiga bag'ishlab, "Umr yaxshilikka safar bo‘lsaydi" nomli xotirasi kechasi o’tkazildi.

Tadbir shoira hayoti haqida tayyorlangan videorolik bilan boshlandi. Xotira kechasida  shoiraning hayot va ijod yo’li, amalga oshirgan xayrli ishlari, qoldirgan adabiy merosi haqida batafsil so’z yuritildi.

Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari Islomjon Ahmedov shoira haqida iliq fikrlar bildirib, uning asarlari to‘plamini kutubxona uchun sovg’a tariqasida topshirdi.

@fargonamanaviyhayoti
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg'ona 24, 5-sentabr____Enaxon Siddiqova xotirasini yod etib