Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.1K subscribers
22.2K photos
1.08K videos
8 files
1.95K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
Aynida damda Bo'stonliqdagi “Yoshlar oromgohi"da “Ma’rifiy targ‘ibot ishlari samarasi va ta’sirchanligini yanada oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar” mavzusidagi o‘quv-seminari davom etmoqda.

Seminarning bugungi qismida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov, tarix fanlari doktori, professor Abduhalil Mavrulov, Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri Mansur Bekmurodov, pedagogika fanlari doktori, professor Muhammadjon Quronov "Targ'ibot va tashviqot tushunchalari mazmun-mohiyati hamda uning taʻsirchanligini oshirishning dolzarb masalalari", "Sotsiologik so'rovnomalar o'tkazish, natijalarini olish va tahlil qilish texnologiyalari", "Milliy qadriyatlar, maʻnaviyat va maʻrifat tushunchalari mazmun-mohiyati, bu borada bugungi dolzarb vazifalar" kabi mavzularda ma'ruza qilishdi. Mazkur seminar 21-iyulga qadar davom etadi.

Bizni kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Farg‘ona tumani
# Kitob ma’naviyat ko‘zgusi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “2023-yil yozgi bolalar sog‘lomlashtirish oromgoxlarida yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar” rejasiga muvofiq “Vodil bolalar” sanatoriyasida “Eng munosib tuxfa”, “Kitob ma’naviyat ko‘zgusi” nomli kitobxonlik viktorinalari tashkil etdi. Mazkur tadbirda faol ishtirok etgan topqir, zukko, kitobxon bolajonlarga Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbirni tashkil etishdan maqsad, bolalarni kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, aqlni charxlash, kitobxonlikni keng targ‘ib etishdir.
Ijtimoiy maʻnaviy muhitni sog'lomlashtirishda zamonaviy targ'ibot texnologiyalari" "Targ'ibotchining notiqlik mahorati va targ'ibot jarayonida o'zini tuta bilish qobiliyatini shakllantirish" mavzularida interfaol dasturlar o'tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Qahramon Quranboyev, filologiya fanlari nomzodi, professor Rahimboy Jumaniyozov, Ijtimoiy-maʻnaviy tadqiqotlar instituti direktori o'rinbosari Qahhorova Muniralar ishtirok etdi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi xodimlari uchun o'quv-seminarlar.

@hududtv