Farg‘onа ma'naviy hayoti
776 subscribers
22.8K photos
1.2K videos
9 files
2.16K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz shiori ostida “Ma’naviyat festivali”

🔰Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra joylarda “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida bayram tadbirlari tashkillanmoqda.

🔰O'zbekiston tumanida mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uch avlod uchrashuvlari, ochiq muloqot va suhbatlar, milliy kino kunlari, sayillar, madaniyat va sport tadbirlari o‘tkazilmoqda.

🔰“Dahanaqaqir” mahalla fuqarolar yig‘inida tuman hokimligi, ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda  tomonidan eng ulug‘, eng aziz ayyom – mustaqillik bayramiga bag‘ishlab tashkillangan madaniy-ma’rifiy tadbirda mazkur mahallada yashovchi aholi uchun ko'tarinkilik bag'ishladi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
"Ayol qadriyat davomchisi"

🔰Marg'ilon shahar "Ijodkorlar bog'i"da Oila va xotin-qizlar bo'limi hamda Ma'naviyat va marifat bo'linmasi hamkorligida "Ayol qadriyatlar davomchisi" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbirni viloyat hokimi o'rinbosari Komila Kavlonovna, shahar hokimi SHukurilloxon Nisbatxonovlar kirish so'zi bilan ochib, jamiyatimizda ayollarning tutgan o'rni va mavqeyi, ular chin ma'noda milliy qadriyatlarimiz davomchisi ekanliklarini e'tirof etib o'tishdi.

🔰Tadbir davomida kamalak ranglarida tovlanuvchi atlas va adras ko'ylaklar egnida yal-yal lobaru-dilbar qizlar milliy liboslar namoyishida milliyligimiz, urf-odat va qadriyatlarimizni yana bir karra nomoyon etdilar. Shahar Madaniyat markazining hushovoz xonandalari ijrosidagi dilrabo kuy va qo'shiqlar barchani birdek raqsga chorladi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook