Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.22K subscribers
22.2K photos
1.08K videos
8 files
1.95K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz shiori ostida “Ma’naviyat festivali”

🔰Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra joylarda “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida bayram tadbirlari tashkillanmoqda.

🔰O'zbekiston tumanida mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uch avlod uchrashuvlari, ochiq muloqot va suhbatlar, milliy kino kunlari, sayillar, madaniyat va sport tadbirlari o‘tkazilmoqda.

🔰“Obod” mahalla fuqarolar yig‘inida tuman hokimligi, ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda  tomonidan eng ulug‘, eng aziz ayyom – mustaqillik bayramiga bag‘ishlab tashkillangan madaniy-ma’rifiy tadbirda mazkur mahallada yashovchi aholi uchun ko'tarinkilik bag'ishladi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Beshariq tumani Madaniyat markazida "Bir bo‘lsak yagona xalqimiz, birlashsak Vatanmiz!" shiori ostida ma'naviy va ma'rifiy, musiqiy madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida 300 nafardan ziyod aholi vakillari ishtirok etdi.

Tuman Ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan yig‘ilganlar uchun bayram oldi tabriklar bildirib o‘tildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
“Qo‘sha-qarish saodati”

Qo‘qon shahrida oilaviy ajrimlarning oldini olish, oila muqaddasligini targ‘ib qilish maqsadida Qo‘qon universitetida 40, 50, 60 yildan ortiq vaqt birga baxtli hayot kechirgan nuroniy otaxon va onaxonlar ishtirokida “Qo‘sha-qarish saodati” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda yosh oilalar, muammoli va ajrim yoqasidagi oilalar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Shahardagi “Isfaraguzar” MFYdan 60 yil birga ahil yashagan o‘qituvchilar- Maxmudovlar, “Aziztepa” MFYdan 53 yil birga ahil yashagan harbiylar-Rajabovlar oilasi, “Baqachorsu” MFYdan 51 yil birga ahil yashagan shifokorlar-Sotvoldiyevlar oilasi bilan uchrashuvlar tashkillanib, ularning hayotiy tajribalari, pand-nasixatlaridan baxramand bo‘lindi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook