Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.1K subscribers
22.2K photos
1.08K videos
8 files
1.95K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#premyera

📌26 iyul kuni Beshariq tumanidagi "Madaniyat" uyining konsertlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan suratga olingan "Bahodir Yalangto‘sh" tarixiy filmining premyerasi o‘tkazildi.

🖇Unda tuman mutasaddi vakillari, film ijodiy guruhi, jurnalist va blogerlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

🎬 “Baxodir Yalangto‘sh” badiiy filmi premyerasisidan so‘ng film ijodkorlari tomoshabinlar bilan muloqot qilib, filmda targ‘ib etilayotgan g‘oyalar, yurtimizda aholining ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishda amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘zlab, filmni sur’atga olishdagi qiziq jarayonlarni tomoshabinlar bilan bo‘lishdilar.

📽Filmda tarixiy muhit, xonlik davri, ulkan saroylar, yirik qo‘shinlar, aqlli uzoqni ko‘ra oladigan xonlar va boshqa amaldorlar aksi juda aniq ochib berilgan.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Fargʻona
#Toshloq_tumani
#Premyera

📌 Toshloq tumani Xonariq mahallasi "Madaniyat markazining konsertlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan suratga olingan "Bahodir Yalangto‘sh" tarixiy filmining premyerasi  o‘tkazildi.

🖇Unda tuman mutasaddi vakillari, film ijodiy guruhi, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Fargona_24

Oltiariq tumanida Biz bir bo'lsak yagona xalqmiz-birlashsak Vatanmiz! shiori ostida ma'naviyat festivali o'tkazildi

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
30 iyul – "Xalqlar do‘stligi" kuni

Do‘stga sadoqat, birdamlik kabi ezgu tuyg‘ular xalqimiz orasida qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Mamlakatimizda ham 30 iyul – "Xalqlar do‘stligi" kuni sifatida keng nishonlanadi.

Sana munosabati bilan bugun  O'zbekiston tuman Tibbiyot birlashmasida ham "O'zbekiston umumiy uyimiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida so‘z olganlar ushbu sanani nishonlashdan asosiy  maqsad insonlar, xalqlar, davlatlar – umuman olganda jamiyatning turli qatlamlari hamda tuzilmalari o‘rtasida hamjihatlik, bag‘rikenglik, millatlararo totuvlikni mustahkamlash va do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirishdan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tishdi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook