Farg‘onа ma'naviy hayoti
714 subscribers
23K photos
1.26K videos
10 files
2.24K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#AYOL_QADRI

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyat bo‘limi, Farg‘ona shahar 10-sonli tergov hibsxonasi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Ayol qadri” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Farg‘ona shahar 10-sonli tergov hibsxonasida o’tkazilgan uchrashuv davomida tushkunlikka tushgan, umid chirog‘i so‘nib qolgan ayollarga psixolog tomonidan ruhlantiruvchi treninglar tashkillandi.

Bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyat bo‘limi tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook.
👍2
#Fargʻona
#Furqat_tumani
#Kinokarvon
   
Mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy  muhitni sogʻlomlashtirish, aholiga madaniy xordiq olishlari uchun shart-sharoit yaratish, milliy qadriyatlarimizni yoshlar ongiga singdirish, ularni  qalbida  vatanparvarlik  hissini oshirish maqsadida, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Furqat tuman boʻlinmasi hamda O'zbekiston Mahallalar uyushmasi tuman bo'limi bilan hamkorlikda "Besh-og'a" MFY aholisi uchun "Men terrorist emasman" nomli kinofilm namoyish etildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook.
#Farĝona_viloyati
#Oltiariq_tumani
#Kinokarvon_loyihasi

Ma'naviyat va ma'rifat markazi Oltiariq tuman bo'linmasi tomonidan "Zarhal" MFY guzarida aholi o'rtasida ijtimoiy-ma'naviy muhitni barqarorlashtirish, tinchligimizga nisbatan shukronalik hissini oshirish maqsadida, "Tinchlik qadri" deb nomlangan videofilm namoyish etildi.

Shuningdek, turli ijtimoiy video roliklar hamda yosh san'atkorlarning konsert dasturi yig'ilganlarda katta ta'surot qoldirdi.

"Kinokarvon" loyihasi rejaga muvofiq Oltiariq tumaninig boshqa hududlarda ham davom etadi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook.
#Kinokarvon_loyihasi
#Rishton_tumani

⚡️ Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Rishton tuman bo'linmasi tomonidan  Markaz mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlarni yot g'oyalar ta'siridan asrash va tinchligimizga nisbatan shukronalik hissini oshirish maqsadida, "Vatan ostonasida" deb nomlangan kinofilm namoyish etildi.
  
"Kinokarvon" loyihasi boshqa hududlarda ham davom etmoqda.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook.