Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.9K subscribers
22.4K photos
1.11K videos
8 files
2K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
MA’RIFAT ULASHIB

Rishton tumani Madaniyat uyida, Farg‘ona davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari ishtirokida "Ma’rifat ulashib" loyihasi o‘tkazildi.

Tadbir kuy-qo‘shiqlar va mushoira bilan davom etdi.
“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida faol qatnashib, g‘olib chiqqan 27-IDUM jamoasiga tashakkurnomalar, kitoblar to‘plami topshirildi.

Tadbir so‘ngida respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Rishton tuman bo‘limi rahbari Diloromxon Dadaboyeva so‘z olib, bugungi uchrashuv har bir ishtirokchi qalbida o‘chmas iz qoldirishini ta’kidladi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Beshariqda «Uch avlod uchrashuvi» o‘tkazildi

⚡️So‘ngi yillarda go‘zal an’anaga aylangan tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etgan «Uch avlod uchrashuvi» tadbirining navbatdagi soni tuman hokimligi tashabbusi bilan "Malika" tantalar saroyida tashkil etildi.

Dastavval, tadbirda tuman hokimi Rasuljon Jo‘rayev so‘z olib tumanimizda ta’lim yo‘nalishida fidoiylik ko‘rsatgan zahmatkash ustozlarni alohida e’tirof etdi.

Shuningdek, bunday uchrashuvlar yoshlarimizga keksa avlod vakillarining hayot va mehnat faoliyati davrida to‘plagan boy tajribasi haqida yaqindan tanishib, o‘ziga xos hayotiy xulosalar chiqarishishlari uchun juda katta imkoniyat yaratishini aytib o‘tdi.

Uchrashuvda so‘z olgan nuroniylar yig‘ilgan yoshlarga o‘z hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘z dil so‘zlarini bildirib o‘tishdi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM