Farg‘onа ma'naviy hayoti
742 subscribers
22.9K photos
1.23K videos
9 files
2.19K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Oltiariq_tumani

Ayni kunlarda viloyatimiz bo'ylab Anvar Obidjon ijodiyoti kunlari doirasida ijodiy kechalar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, turli tanlovlar oʻtkazilmoqda.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Markazi Oltiariq tumani bo'linmasi tashabbusi bilan "Bolalarga yaxshilik qilishdan ortiq saodat yoʻq" shiori ostida tumandagi 9-umumta'lim maktabida uy ta'limida tahsil olayotgan o'quvchilarga bolalar shoiri Anvar Obidjon ijodiyoti kunlari va "1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan kitoblar jamlanmasi va esdalik sovg'alari topshirildi.

Mazkur aksiyani may oyi yakunigacha davom ettirish rejalashtirilgan.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Rishton_tumani
#Kitob_maʼrifat_chirogʻi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Rishton tuman bo‘linmasi va Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda Nogar MFYda Ergash ota Sanginov nomidagi xalq kutubxonasida "Kitob- ma’rifat o‘chog‘i" shiori ostida ma’naviy ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad yoshlarni kitobxonlikga qiziqishini oshirish va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook