Farg‘onа ma'naviy hayoti
715 subscribers
23K photos
1.26K videos
10 files
2.23K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
"Ma’naviyat marafoni" tadbirlari doirasida Farg‘ona tumanida Ma’naviyat va ma’rifat maskani ochildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Ma’sudjon Sulaymonov mamlakatimizdagi islohotlar jarayonida kuchli ma’naviyat muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Bu yerda kutubxona, ijodkorlar xonasi, maqom, raqs, hunarmandchilik kabi to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Maskanda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, turli tanlovlar, ijodiy uchrashuvlar, kitob taqdimotlarini yuqori saviyada o‘tkazish imkoni mavjud.

Ishtirokchilar  Ma’naviyat va ma’rifat maskanida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

@fargonamanaviyhayoti
👍3
#Quva_tumani
#Maʼnaviyat_marafoni

"Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida Quva tumanida korxona, tashkilot va muassasalarida  “Ma’naviyat marafoni”ga start berildi.

"Ma'naviyat marafoni" doirasida ta'lim muassasalarida  Shu jumladan 19-bolalar musiqa va san''at maktabida  "Maqom kechasi" bo'lib o'tdi.

@fargonamanaviyhayoti
Forwarded from Buvayda tuman hokimligi| rasmiy kanali (Asadbek Shokirov)
#Buvayda_tumani
#Maʼnaviyat_marafoni

"Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!”

shiori ostida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Buvayda tuman bo'linmasi, Buvayda tuman Axborot-kutubxona markazi, Buvayda tuman Maktabgacha va maktab bo'limi hamkorlikda  “Ma’naviyat marafoni” doirasida "Kitob mening taqdirimda" loyihasi o’tkazildi. Tuman Axborot kutubxona markazida bo'lib o'tgan loyihada umumiy o'rta ta'lim maktablari ijodkor o'quvchilarining kitob taqdimotlari o'tkazildi.

Buvayda tuman hokimligi
Axborot xizmati⤵️
https://t.iss.one/+KAbEvOZiupA5N2Yy