Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.18K subscribers
22.2K photos
1.08K videos
8 files
1.95K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Õzbekiston_tumani
#Seminar
Respublika Mánaviyat va márifat markazi O‘zbekiston tumani bo‘linmasi tashabbusi bilan tumandagi 73 ta mahalla fuqarolar yig’inlaridagi xotin-qizlar faollari ishtirokida mahallalarda ijtimoiy ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish, oilaviy ajrimlarni oldini olish, ayollar o’rtasida jinoyatchilikni oldini olish va xotin-qizlar o’rtasida radikallashuv oldini olish, ularning ma’naviyat va madaniyatini yuksaltirish, ijtimoiy faolliklarini oshirishga qaratilgan seminar o’tkazildi.

@fargonamanaviyhayoti
#Fargona_tumani
Vatanim- vijdonim, g`ururim, orim

Dunyoni faqat ilm bilan zabt etish mumkinligi bugungi kunda hech kimga sir emas. Ilmni chuqur egallashning yoʻli esa bitta – kitob oʻqishdir. “Kitob — bilim manbai”, deymiz. Bu isbot talab qilmas haqiqat. Zero, inson bilimni asosan kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakllanadi. Yoshlarimiz badiiy adabiyotlarni oʻqiganda, ularning dunyoqarashi kengayadi, hayotga munosabati oʻzgaradi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan tuman tarixiy muzeyi hamda Kutubxona markazi Vodil filialida tashkil etilgan tadbir ham kitobxonlarni o`z bag`riga chorladi.Mazkur tadbirda tuman hokimining chegara bo‘yicha yordamchisi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi mutaxassislari, DXX chegara qo‘shinlari 9229-xarbiy qism 6- va 8-qo‘riqlash posti xarbiy xizmatchilari Axborot kutubxona markazi xodimlari ishtirok etdilar.

@fargonamanaviyhayoti
Bugun Boʻstonliqdagi oʻquv-seminarning 4-kuni davom etmoqda.

Ayni paytda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov, tarix fanlari doktor, professor Abduhalil Mavrulov, hamda falsafa fanlari doktor, professor, "Maʼrifat" targʻibotchilar jamiyati aʼzosi Jamila Shermuhammedova "Maʻnaviy-maʻrifiy targ'ibot tadbirlarini tashkil etishda omma bilan ishlashning samarali vositalari", "Milliy qadriyatlar, maʻnaviyat va maʻrifat tushunchalari mazmun-mohiyati, bu borada bugungi dolzarb vazifalar to'g'risida" maʼruzalar qildi.

Bizni kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube