Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.97K subscribers
22.4K photos
1.1K videos
8 files
1.99K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Ayolga_ehtirom💐

8-mart "Xotin-qizlar" bayrami munosabati bilan 3-10 mart kunlari Respublikamizda "Xotin-qizlarni e'zozlash" haftaligi ótkazilmoqda. Jumladan Qóqon shahar Axborot-kutubxona markazi rahbari R.Xusanov va Ma'naviyat bólimi boshliği I Fayzullayev jamoadagi barcha ayollarni mazkur bayram bilan tabriklab oila xotirjamligini, ish faoliyatlarida katta yutuqlarga erishishlarini tilab esdalik sovğalari bilan tabriklashdi.

@fargonamanaviyhayoti
ZULFIYA- VAFO VA SADOQAT KUYCHISI

Zulfiya Isroilova – taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi. Yorqin rassom, oddiy inson qalbini o‘tkir his qilgan – mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol. Zulfiya she’riyatining nufuzi – bizning dabdabali murakkab davrimizning haqqoniy ifodasi, o‘ziga xosligi, zamondoshlarimizning qalbi va harakatlarining yorqin tasviridadir.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O’zbekiston tumani bo’linmasi tashabbusi bilan tumandagi 35-umumiy o’rta ta’lim maktabida joriy yilning 4-mart kuni “Zulfiya – vafo va sadoqat kuychisi” nomli badiiy musiqiy tadbir o’tkazildi.

Oliy toifali Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Lolaxon Akramova Zulfiyaxonim hayoti va ijodi to’g’risida ochiq dars, zakovat koordinatori tomonidan Zakovat intellektual o’yini va faollar zalida shoira Zulfiyaxonim Isroilova hayoti va ijodiga bag’ishlab “Zulfiya – vafo va sadoqat kuychisi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

@fargonamanaviyhayoti
#Qoʼshtepa_tumani_hokimligi
#oila_va_hotin_qizlar_boʼlimi
#hush_kelding_bahor

Qoʻshtepa tumanidagi mahallalarda bahorgi tadbirlar oʻtkazilmoqda

Bahor… Naqadar yoqimli, qalblarga iliqlik, koʻngillarga orzu-umid bagʻishlovchi soʻz bu. Fasllar nomlari orasida eng nafis, eng goʻzal, talaffuz etilishida ham oʻzgacha maʼno borday goʻyo. Nazarimizda inson ona tabiat bilan yaqinligini aynan shu damda yaqqol his etadi.
Har yili bahor fasli kelishi bilan yurtimizda Navroʻz taomi hisoblanuvchi sumalak tayyorlanadi.

Bahorning ilk kunlaridayoq, sumalakning xushboʻy hidi esa tevarak atrofni zabd etadi. Odamlar samimiyat bilan bir birlarini tabriklashadi. Bunday tarovat faqat Oʻzbekistonimizga xos.

Ayni kunlarda Qoʻshtepa tumanidagi mahallalarda bahorgi tadbirlar boʻlib oʻtmoqda. Shunday tadbirlardan biri Yoʻldoshobod mahallasida istiqomat qiluvchi opa-singillarimiz ishtirokida oʻtkazildi. Mahalla ayollari milliy anʼana va qadriyatlarimizni davom ettirib, doshqozonda sumalak qaynatishdi. Tadbirda mahalla ayollari bilan birga tuman hokimligining masʼul xodimlari hamda mahallalardagi xotin-qizlar faollari ham ishtirok etishdi.

@fargonamanaviyhayoti