Farg‘onа ma'naviy hayoti
988 subscribers
22.3K photos
1.09K videos
8 files
1.98K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
EL SUYGAN SUYUKLILAR BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

Oltiariq tumani 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabida san’atkorlar va ijod ahli bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist 37-maktab Ma’naviyat targ‘ibotchisi Qilichbek Tojiyev, sevimli shoiri 14-maktab Ma’naviyat targ‘ibotchisi Akramjon Azizov, el suygan san’atkor 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’naviyat targ‘ibotchisi Saidjon Raximov va o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar yig‘ilganlarda katta ta’surot qoldirdi.

Tadbirda ijodkor o‘quvchilarni taqdirlandilar!

@fargonamanaviyhayoti
#Uchkōprik_tumani
#Vatan_taraqqiyotiga_mening_hissam

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Uchkoʻprik tumani bo'linmasi tomonidan "Vatan taraqqiyotiga mening hissam" Respublika tanlovining tuman bosqichi o'tkazildi.

Tanlovda 1) Milliy maqom va milliy estrada, 2) Tasviriy va amaliy san'at va 3) Adabiyot va publististika yo'nalishlarida 15 dan 30 yoshgacha bo'lgan qobiliyatli yoshlar ishtirok etishdi.

Iste'dodli yoshlarning ijodiy ishlari baholandi. Tuman bosqichi g'oliblari viloyat bosqichiga yo'llanma oldilar.

@fargonamanaviyhayoti
Qoʻshtepa tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta'lim maktabida , "Jaholatga qarshi - ma'rifat bilan kurashaylik" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

🔸Tadbirda tuman hokimi maslahatchisi M.Mo‘ydinova, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi rahbari D.Gʻaniyev, Xalq deputatlari Qo'shtepa tuman Kengashi kotibiyat mudiri B.Axmadjonov, Istiqbol mahalla fuqarolar yig‘inlari hodimlari, mahalla faollari ishtirok etdilar.

@fargonamanaviyhayoti
O’zbekiston tumanida  joylashgan  1- son kasb hunar maktabida o’quvchi yoshlar bilan O’zbekiston tumani hokimining o’rinbosari M.Axmedov, tuman hokimining chegara masalalari bo’yicha yordamchisi N.Axmedov,  Din ishlari bo’yicha qo’mitaning O’zbekiston tumani bo’yicha bosh mutaxassisi M.Hamraqulov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi raxbari Sh.Shokirov, tuman hokimining maslahatchisi I.Mamajonovlar bilan birgalikda “JAHOLATGA QARShI MA’RIFAT” mavzusida yig’ilish tashkil etildi. Yig’ilishda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi raxbari Sh.Shokirov ma’ruza qildilar. Ma’ruzada asosan Yoshlar o‘rtasida  diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, yoshlarni  vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,  hozirgi kunda yoshlar orasida uchrab turayotgan turli oqimlarga bilmasdan qo‘shilib ketish holatlari, Vatanimiz ravnaqiga putur yetkazmoqchi bo‘lib turgan diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari haqida gapirildi.

@fargonamanaviyhayoti
“VATAN TARAQQIYOTIGA MENING HISSAM”

Qo‘qon shahar “Turon” madaniyat markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘qon shahar bo‘linmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy ta’lim muassasalari, Madaniyat bo‘limi, Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamkorligida 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o'rtasida  “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” Respublika tanlovining shahar bosqichi o'tkazildi.
Tanlov ishtirokchilari quyidagi:
•  “Tasviriy va amaliy san’at” (“Tasviriy san’at”, “Amaliy san’at”);
•  “Adabiyot va publitsistika” (nazm, nasr va publitsistik materiallar);
•  “Milliy maqom va milliy estrada” yo‘nalishlar bo‘yicha bellashdilar.

@fargonamanaviyhayoti