Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.96K subscribers
22.4K photos
1.1K videos
8 files
2K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
🔰O‘zbekiston tumanida “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida katta gala-konsert o‘tkazildi

🔹Farg‘ona viloyatida joriy yilning 30 may – 6 iyun kunlari “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

⚡️“Ma’naviyat festivali” doirasida viloyatimizga Toshkent shahridan ilm-fan, madaniyat, san’at, adabiyot va badiiy ijod vakillaridan iborat katta bir guruh tashrif buyurdi.

Bizning manzil:https://t.iss.one/fargonamanaviyhayoti
#marifat_karvoni
#fargona_tumani

Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar ko'tarinki ruhda o'tmoqda

🔰 Farg'ona tumanida bo'lib o'tgan uchrashuv yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo'lgan insonlarning yodida uzoq vaqt qolishi, shubhasiz.

♻️ Poytaxtdan kelgan ziyolilar, el ardog'idagi san'atkorlar, shoir va yozuvchilar aholi bilan dildan suhbatlashmoqda, o'z ijod namunalaridan ularni bahramand etmoqda.

✏️Ayniqsa, O'zbekiston xalq shoiri Mahmud Toirning vatanparvarlik ruhidagi she'rlari ko'pchilikka manzur bo'lmoqda.

"Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zosi, yuridik fanlari doktori, professor Feruza Muhitdinova esa qonunchilikdagi yangiliklar hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida to'xtalib o'tdi.


Bizning manzil:https://t.iss.one/fargonamanaviyhayoti
#marifat_karvoni
#Fargona_tumani

🔰 Farg'ona tumanidagi Hunarmandchilik markazida "Dilkusho", " Beruniy", "Bo'ston"," Tinchlik" mahallalarida istiqomat qilayotgan 300 nafardan ortiq aholi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

✏️ Ma'naviyat fidoyilari, professorlar, san'at namoyondalari ishtirok etgan tadbir katta bayram shodiyonasiga aylanib ketdi.

📚 Nuroniy otaxon-onaxonlar Vatanimizda doimo tinchlik bo'lsin, yoshlar ajdodlariga munosib bo'lib voyaga yetishsin, deya duo qilishdi.

♻️Mutaxasislar esa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini xalqchil tilda tushuntirib berishdi.

📸 Uchrashuv san'atkorlarning chiqishlari bilan davom etdi.

Bizning manzil:https://t.iss.one/fargonamanaviyhayoti