O‘zbekiston tumanida “Giyohvandlikka qarshi dolzarb oyligi” doirasidagi kompleks targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
Viloyatimizda “Giyohvandlikka qarshi dolzarb oyligi” idoralararo kompleks targ‘ibot tadbirlari boshlandi.
Tanazzulga boshlovchi mazkur illatga qarshi kurashish, uni aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida oldini olish masalalariga qaratilgan turkum targ‘ibot tadbirlari O‘zbekiston tumanida ham bo‘lib o‘tmoqda.
Ana shu dolzarb mavzuga bag‘ishlangan tadbirlardan biri bugun tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida tashkillandi. Unda tuman hokimining o‘rinbosari Muslimbek Ahmedov, tuman Ichki ishlar bo‘limi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi mutasaddilari, viloyat OITSga qarshi kurash markazi shifokor-mutaxassislari, imom-xatiblar, ustoz-pedagoglar va ma’naviyat targ‘ibotchilari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasiga, salomatligiga berilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar to‘g‘risida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi. Qayd etildiki, ushbu illatning yoshlar orasida ommalashishi, ayniqsa, xavflidir - birdaniga jamiyatning ham hozirgi kuni, ham kelajagi yo‘qolib, parchalanadi.
Yoshlarni giyohvandlik va og‘ufurushlikdan hamda turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish eng dolzarb vazifa ekani alohida ta’kidlanib, bu illatga qarshi kurashishda hamkor tashkilotlarning o‘zaro hamjihatlik va jipslikda ish olib borishi o‘ta muhim ahamiyat kasb etishi haqida to‘xtalindi.
Ming afsuski, bugun yoshlar orasida yangi turdagi sintetik giyohvandlik vositalari va “yengil narkotik” sifatidagi dori-darmonlar ham ommalashib borayotganligi haqida ham so‘z yuritildi. Natijada esa inson salomatligi bilan bir qatorda, turmush tarziga, kelajagiga, yaqinlariga salbiy ta’siri va bundan himoyalanish bo‘yicha hamkorlikdagi vazifalar taklifi kiritildi.
Mutaxassislar giyohvandlik, tamaki va alkogol moddalar girdobiga tushgan yoshlarning organizmidagi salbiy o‘zgarishlar, ularning umumiy sog‘lig‘iga, jumladan naslga, miya va yurak, qon-tomir faoliyatiga, ruhiyatiga, shu bilan birga, ongi va tafakkuriga salbiy ta’sir o‘tkazishi haqida tahliliy ma’lumotlar va faktlar asosida tushuntirishlar berdi.
Asr vabosiga aylangan mazkur illatni zamondoshlarimiz, ayniqsa yoshlar o‘rtasida tarqalishini oldini olish yuzasidan qo‘shimcha zaruriy chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Tadbir davomida mavzu yuzasidan videorolik ham namoyish etildi. Targ‘ibot tadbirlari tumanda keng miqyosda davom etadi.
🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook

Telegram
Farg‘onа ma'naviy hayoti
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
#Fargʻona_tumani
#Giyohvandlikka_yoʻq_deymiz
2024-yil 3-oktyabr kuni 55-sonli umumiy oʻrta taoʼlim maktabi majlislar zalida 1-30-oktyabr kunlari oʻtkaziladigan giyohvandlikka qarshi kurashish " Dolzarb oylik" doirasida "Giyohvandlikka qarshi kurashamiz" mavzusida umumtaʼlim maktablarining maʼnaviy- maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari,bogʻcha mudirlari,tashkilot rahbarlari ishtirokida oʻquv seminari tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi oʻrinbosari, tuman IIB boshligʻi birinchi oʻrinbosari, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi, tibbiyot boʻlimi narkolog shifokori, milliy gvardiya, tuman bosh imom xatibi oʻzlarining maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.
Tadbirda giyohvandlikka oid videoroliklar namoyish etildi.

Giyohvandlikka qarshi kurashish dolzarb oyligi
Buvayda tuman hokimligida majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 6 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-73-son farmoni bilan tasdiqlangan Milliy strategiyadagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida seminar o‘tkazildi.
Seminarda tuman hokimligi, prokuratura, IIB, DSI, MMTB hamda jamoachilik bilan ish olib boruvchi tashkilotlar mas’ullari ishtirok etishdi
Seminarda qatnashgan mas’ullar giyohvandlik vositalarining inson salomatligiga ta’siri va oqibatlari, tumanimizda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga chek qo‘yish, aholida ularni iste’mol qilishga qarshi “immunitet”ni shakllantirish bo‘yicha tushunchalar berishdi