Farg‘onа ma'naviy hayoti
754 subscribers
22.8K photos
1.21K videos
9 files
2.17K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Quva tuman

"Oydin so'qmoqlar elchisi" nomli kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Farg'ona viloyati Quva tuman 13-bolalar musiqa va sanʼat maktabida Ismoilxo'ja Ataxo`jayev xotirasiga bag'ishlab “Ziyo so‘nmas –Ziyokor o‘lmas” shiori ostida ma'naviy va ma'rifiy tadbir bo`lib o`tdi.

Taqdimot tadbirida Ma'naviyat va ma'rifat markazi Farg`ona viloyat bo’limi rahbari Nishonov Diyorbek Abdulazizovich, Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo’limi Targ’ibotchilar guruhi rahbari To’ychiyev Shavkat Qazaqboyevich, Quva tumani hokimining davlat tili masalalari bo`yicha maslahatchisi Botirova Mahmudaxon Hamidovna, O‘zbekiston xalq shoiri yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari Iqbol Mirzo, Prafesser Turg'unoyxon Egamberdiyeva, tuman Madaniyat bo‘limi hodimlari, keng jamoatchilik vakillari, targ`ibotchilar ishtirok etishdi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#qoʻqon_shahar
#maʼrifat_ulashib

“Maʼrifat ulashib” dasturi doirasida Temiryoʻlchilar madaniyat saroyida tashkil etilgan uchrashuv tom maʼnoda adabiyot bayramiga aylandi.

Tadbirni institut prorektori Isroiljon Oxunov ochib berdi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari Nurillo Oston, Yahyo Togʻa, “Qoʻqon sadosi” gazetasi bosh muharriri Athamjon Mirsaidovlar soʻzga chiqib, talabalarga oʻz hayot va ijod yoʻllari haqida hikoya qildi, sheʼrlaridan namunalar oʻqidi. Shu oʻrinda iqtidorli talabalar ham oʻzlari qoralagan sheʼrlarni taqdim etdilar.

“Maʼrifat ulashib” karvoni sarbonlari — oʻzlarining dunyoqarashi, bosib oʻtgan hayot yoʻli, erishgan yutuqlari va chuqur maʼnoga ega boʻlgan ijod naʼmunalari bilan Qoʻqon davlat pedagogika instituti yoshlari qalbida oʻchmas iz qoldira oldi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Margilon_shahar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-sentyabrdagi "Buyuk qomusiy olim Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligini keng nishonlash tog‘risida"gi PQ-323-son qarori ijrosi yuzasidan Marg‘ilon shahar 10-umumta‘lim maktabida 48982- Harbiy qism bilan hamkorlikda "Mirzo Ulug‘bek merosi-abadiy merosdir" mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
“Men ham harbiy bo’laman” va “Yangi O’zbekiston fidoyisi” kitoblarining taqdimoti bo’lib o’tdi.

Farg’ona tumani Shohimardon MFY “Shohimardon Pulmonologiya” sihatgohi faollar zalida “Men ham harbiy bo’laman” va “Yangi O’zbekiston fidoyisi” kitoblarining taqdimoti bo’lib o’tdi.

Tadbirda Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo’limi rahbari v.v.b Diyorbek Nishonov, shahar-tuman bo’linma rahbarlari, Ma’naviyat targ’ibotchilari hamda Shohimardon MFY aholi vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat targ’ibotchilar guruhi rahbari Shavkatjon To’ychiyev mazkur kitoblarning yaratilish tarixi, ahamiyati, unda jamlangan ma’lumotlar haqida fikr-mulohazalar bildirdi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook