Farg‘onа ma'naviy hayoti
794 subscribers
22.7K photos
1.2K videos
9 files
2.14K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Oʻzbekiston_tumani
#Kitob_taqdimoti

“Men ham harbiy boʻlaman”
kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi

🔰O'zbekiston tumani Barkamol avlod bolalar maktabida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan chop etilgan “Men ham harbiy boʻlaman” kitob-albomining taqdimoti bo'lib o'tdi.

🔰Taqdimotda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O'zbekiston tuman bo‘linmasi xodimlari, Milliy gvardiya xodimlari, ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari va o‘quvchi-yoshlar  ishtirok etdi.

🔰Tadbirda soʻz olganlar mazkur kitobning yaratilish tarixi, ahamiyati, unda jamlangan maʼlumotlar haqida fikr-mulohazalar bildirdilar. Mazkur kitobda tarixiy ajdodlar koʻrsatgan jasoratlari yangi vizual tasavvur ulashishi uchun boy tarixiy maʼlumotlar va suratlar aks ettirilgan.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Quva_tuman

Quva tumani “Mo‘ydin Xasanov” MFYda joylashgan 19-bolalar musiqa va san’at maktabida maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ekstremizm, terrorizm va missionerlikning asl qiyofasini namoyon etuvchi fotoko‘rgazma va targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Furqat_tumani

"JAXOLATGA QARShI MA’RIFAT BILAN KURAShAYLIK"

Furqat tumani Uzunchek mahallasida joylashgan 7-umum ta’lim maktabida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida “Jaxolatga qarshi ma’rifat” shiori ostida yosh avlodni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va har-xil ma’naviy taxdidlardan asrash yuzasidan, ta’lim muassasalarida yoshlar o‘rtasida keng targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida mavzu yuzasidan hayotiy misollar bilan ma’ruza qilinib, rasmiy axborot bilan yolg‘on axborot tarqatuvchi manbalarni farqlash hamda axborot xavfsizligini ta’minlashda ahamiyat beriladigan jihatlar xususida tushuncha va tavsiyalar berildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Margilon_shahar

“Men ham harbiy boʻlaman” kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi.


Marg‘ilon shahar Ixtisoslashtirilgan maktabida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan chop etilgan "Men ham harbiy bo'laman" kitob taqdimoti bo'lib o'tdi.

Tadbirda so'zga chiqqanlar bu kitobning bugungi kundagi ahamiyati, yurtimiz tarixi haqida ishtirokchilarga ma'lumot berib o'tishdi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Quva tuman

"Oydin so'qmoqlar elchisi" nomli kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Farg'ona viloyati Quva tuman 13-bolalar musiqa va sanʼat maktabida Ismoilxo'ja Ataxo`jayev xotirasiga bag'ishlab “Ziyo so‘nmas –Ziyokor o‘lmas” shiori ostida ma'naviy va ma'rifiy tadbir bo`lib o`tdi.

Taqdimot tadbirida Ma'naviyat va ma'rifat markazi Farg`ona viloyat bo’limi rahbari Nishonov Diyorbek Abdulazizovich, Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo’limi Targ’ibotchilar guruhi rahbari To’ychiyev Shavkat Qazaqboyevich, Quva tumani hokimining davlat tili masalalari bo`yicha maslahatchisi Botirova Mahmudaxon Hamidovna, O‘zbekiston xalq shoiri yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari Iqbol Mirzo, Prafesser Turg'unoyxon Egamberdiyeva, tuman Madaniyat bo‘limi hodimlari, keng jamoatchilik vakillari, targ`ibotchilar ishtirok etishdi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook